Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
SINONOMIYA VA VARIANTDOSHLIKNING TUG‘UN IBORALAR
SHAKILLANISHIDA TUTGAN O‘RNI.
Madaminova Lobar.
Xorazm viloyati Hazorasp tumani,
41 – son maktab o‘qituvchisi.
Telefon ++99893 708 56 69.
Annotatsiya: Iboralar odatda bittadan ortiq so‘zdan tuzilib, ulaming ma’nosi odatda tasviriy
usul bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, iboralaming o‘sha tilga hamda ma’nosiga xos bo‘lgan
sinonim va variantdosh iboralarni ham uchratishimiz mumkin.
Kalit so‘zlar: Frazeologiya, omonimiya, polisemiyasi, frazeologizmlar, mikrosistema.
Har qanday tilning lug‘at boyligi faqat yangi so‘zlar yasalishigagina emas, balki iboralar, turg‘un
so‘z birikmalari xisobiga ham son jihatdan, ham sifat jihatdan boyib boradi. Tildagi ana shunday
turg‘un birikmalar dunyosi bilan shug‘ullanuvchi fan “ Frazeologiya ” sohasi xisoblanadi. Fanning
asosi vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan
frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o‘rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi,
antonamiyasi polisemiyasi, va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo‘llanuvchi
so‘zlar va ularga xos ma’nolaming o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlaming
so‘z turkumlari bilan o‘zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash;
frazeologik birliklar tarkibida so‘zlaming yangi ma’nolari hosil bo‘lishini o‘rganish.
Iboralar odatda bittadan ortiq so‘zdan tuzilib, ulaming ma’nosi odatda tasviriy usul bilan
ifodalanadi. Bundan tashqari, iboralaming o‘sha tilga hamda ma’nosiga xos bo‘lgan sinonim va
variantdosh iboralarni ham uchratishimiz mumkin. Vaholanki, o‘zbek hamda ingliz tilida ham
aynan mana shunday iboralar mavjud.
Sinonomiya til birliklari orasidagi semantik mikrosistemalardan biri. Ikki iborani sinonim
deyish uchun ular ayni bir ma’noni anglatishi shart. Busiz sinonomiya haqida gapirib bo‘lmaydi.
Ayni bir ma’nolilikni teng ma’nolilik deb tushinish yaramaydi. xar bir sinonim, shu sinonomiya
uyasi uchun umumiy ma’no o‘zanidan tashqari, o‘ziga xos ma’no qirrasiga ega bo‘ladi.
Odatda sinonomiya bittadan ortiq, ya’ni ikki, uch, to‘rt va ko‘p til birligining o‘zaro ma’no
munosabati asosida tug‘iladi. Sinonim iboralarni bir iboraning variantlaridan ajratish kerak.
Buning uchun iboralarning so‘z-komponentlariga e’tibor qilish kerak. Leksik tarkibida ayni bir
so‘z- komponent qatnashmaydigan iboralaming sinonim ekani shubha tug‘dirmaydi. Masalan,
“ butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha” ma’nosini anglatadigan “ipidan ignasigacha”,
“miridan sirigacha”, “qilidan quyrug‘igacha” iboralari o‘zaro sinonim bo‘lib, ular tarkibida
umumiy so‘z komponent yo‘q.
Yuqorida, o‘zbek hamda ingliz tilida ham aynan mana shunday iboralar mavjud deya ta’kidlab
o‘tganimizdek, quyida bir nechta ingliz tilidagi sinonomik iboralarini gapimizning isboti sifatida
keltirib o‘tamiz:
1) “ When the cows come home” bu ibora og‘zaki nutqqa xos bo‘lib, o‘zbeklardagi “
Do'stlaringiz bilan baham: |