Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
EKSKURSIYA – BIOLOGIYANI O‘QITISHNING MUHIM SHAKLI
Азизова Маърифат
Наманган вилояти Уйчи туманидаги
7-сонли умумий урта таълим
мактабининг биология фани укитувчиси
Annotatsiya: ushbu maqolada biologiya darslarida ekskursiyaning o‘rni va ahamiyati
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: ekskursiya, biologiya, sinf, fan, dars, jarayon, talim.
Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan o‘quvchilar guruhi bilan o‘quv dasturiga muvofiq,
o‘qituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun’iy yaratilgan sharoitda ob’ek-
tlarning yashash muhiti va unga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish maqsadida
o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi. Ma’lumki, biologiya o‘quv
fani sifatida o‘quvchilarni tabiat, tabiatning anorganik tarkibiy qismlari, ulardagi o‘zgarishlar
va tirik organizmlarning o‘ziga xos hayotiy jarayonlari, yashash muhitiga moslashishi, ekologik
jamoalar, ularda modda va energiya almashinuvining xususiyatlari bilan tanishtiradi.
O‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarlarni kuzatish, tirik organizmlarning
xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashishi, ular o‘rtasidagi biotik aloqa formalarini o‘rganish,
o‘quvchilarda olamni yaxlit tasavvur qilish, tabiiy jamoalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
aloqadorlik haqidagi bilimlarni shakllantirish, tabiiy muhitda tirik organizmlarning yashash
sharoiti bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etiladi. Ekskursiyaning turlari.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko‘ra bir soatlik, bir kunlik
va ko‘p kunlik bo‘lishi mumkin. Bir soatga mo‘ljallangan ekskursiya – maktab hovlisida yoki
o‘quv tajriba maydonchasida o‘tkaziladi. Bir kunga mo‘ljallangan ekskursiya tabiatga, ishlab
chiqarish korxonalariga, fermer xo‘jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog‘iga, baliqchilik yoki
parrandachilik xo‘jaligiga uyushtiriladigan ekskursiya rejasi maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Ko‘p kunlik ekskursiya o‘quv yilining oxiridagi kompleks
ekskursiya deb, bunga tarix, geografiya, til adabiyot, jismoniy tarbiya yoki harbiy ta’lim fani
o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘tkaziladi. Ko‘p kunlik ekskursiya rejasini pedagogik kengashda
tasdiqlanadi. Ekskursiya biologiyani o‘qitishning muhim shakli bo‘lib, u quyidagi didaktik
maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi: tirik organizmlarning tuzilishi va organlarning
funksiyalaridagi o‘ziga xos xususiyatlarni yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganilishi o‘quvchilar
tomonidan biologik qonuniyatlarni “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlari nuqtai nazaridan
o‘rganishga imkon yaratadi; o‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda samarali tashkil
etilgan ekskursiyalarda o‘quvchilarda biologik ob’ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglash, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish
imkonini beradi; tirik organizmlarning jamoalari, ularning tarkibi, oziq zanjiri, energiya sarfi,
biosferadagi modda va energiya almashinuvini tasavvur qilishga zamin tayyorlaydi; o‘qitishning
asosiy shakli bo‘lgan darsda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni orttirish,
ularni amaliyotga qo‘llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o‘quv va amaliy
mehnat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi; o‘qitish davomida alohida organizmlar
va hodisalar haqida ilk bor shakllangan tushunchalar kengaytiriladi, boshqa tushunchalar bilan
birikib, murakkab tushunchalarning hosil bo‘lishiga olib keladi; tabiat hodisalarini kuzatish
olamning moddiyligi, tabiatdagi o‘zaro bog‘lanish va rivojlanish, tabiiy boyliklarning inson
hayoti va xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, ularni muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtirish orqali
Ona Vatan tabiatiga mehr-muxabbat uyg‘otish, ekologik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya
berish imkoniyati vujudga keladi.
Adabiyotlar:
1. G‘ofurov A. va boshqalar. Biologiya. O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi uchun darslik.
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2018 y.
2. Shaxmurova G.A., Azimov I.T., Raxmatov U.E., Axmadaliyeva B.SH. Biologiyadan
masala va mashqlar yechish (Odam va uning salomatligi) O‘quvuslubiy qo‘llanma. “Adabiyot
uchqunlari” nashriyoti. Toshkent-2017 y.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |