Xitoy - Xitoy hukumati haprel oyida ishsizlik 6 foizga teng bo‘lganini e’lon qilgan edi. Economist Intelligence Unit va Societe Generale mutaxassislari ushbu ko‘rsatkich 10 foizga yaqin ekanligini taxmin qilishmoqda.
- Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi brokerlik kompaniyasi tahlilchilari tomonidan 24 aprelda e’lon qilingan hisobotda mamlakatdagi ishsizlik 20 foiz atrofida ekani, 70 mln kishi ishini yo‘qotgani aytilgan. Lekin keyinchalik ushbu hisobot kompaniya saytidan olib tashlangan.
- Yanvar va fevral oylarida 2,3 mln kishi ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini olishgan, deyiladi Inson resurlari va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlarida. Shu vaqtning o‘zida, 5 mlnga yaqin ishchilar o‘z ishlaridan ayrilishgan, deya ta’kidlaydi mutaxassis Den Vang.
Do'stlaringiz bilan baham: |