Germaniya - Aprel oyida Germaniyada ishsizlar soni 373 ming nafarga oshib, ishsizlik ko‘rsatkichlari 5,8 foizga teng bo‘ldi. Mart oyida bu ko‘rsatkich 5 foiz atrofida edi.
- Ishchilar va ish beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, hukumat Kurzarbeit dasturini ishga tushirdi. Aprel oyi oxiriga kelib ushbu dastur bo‘yicha 10 mln dan ortiq odamlar ko‘mak olishmoqda. Bu mamlakat ishchilarining 20 foizidan sal ko‘proq qismidir.
- Dasturga ko‘ra, ish soatlari kamida 10 foizga qisqaradi, kompaniyalarga oylik maoshlarni to‘lash uchun qisman subsidiyalar beriladi, ishchilar oylik maoshlarining 60−70 foizini olishadi va kompaniyalarga boshqa imtiyozlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |