Fransiya - Fransiyada xususiy sektordagi 10,2 mln ishchi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu xususiy sektordagi har ikkinchi ishchi degani.
- Mamlakatning mehnat vaziri Myurel Penikoning aytishicha, mehmonxona, restoranlar hamda qurilish sohasidagi deyarli 90 foiz ishchilar ishsiz qolishgan. 60 foiz kompaniyalar faoliyati to‘xtab qolgan.
- Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan «qisman bandlik» dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ishchilarning oyligi o‘rniga davlat tomonidan belgilangan pul mablag‘i to‘lanadi. U amaldagi ishchi oyligining 84 foiziga teng bo‘ladi. «Barcha vaziyatlarda, barcha ishchilarga soatiga kamida 8,03 yevro to‘lanadi», — deya ta’kidladi Peniko.
Do'stlaringiz bilan baham: |