471
2005 yildagi Kanadadagi Xalqaro Moliyaviy Ijrolar tomonidan o`tkazilgan
so`rov, “BMHlarning Bugungi va Ertangi Roli”, shuni aniqladiki Bosh Moliyaviy
Hodimlar moliyaviy analizlarda 93%, moliyaviy risk menejmentida 92.3%,
avvaldan baholash va proyektlash 87.3%, biznes va moliyaviy sistemalarda
82.4%, va moliyaviy va kapital struktura o`zgarishida 79.6% miqdorda to`g`ridan
to`g`ri o`rin tutadi. BMHlarnig qolgan qo`shimcha funksiyalari esa: Operatsion
risk menejmenti 70.4%, strategik planlar yozish 69%, strategic va biznes rejalash
59.9%. Bu so`rovlar natijalari BMHlarnig ma`suliyatini ko`rsatadi.
Qiymat yaratishga xizmat qiladigandagi resurslar - Kompaniya strategiyasi
qiymat yaratishdagi yo`ldir.Ammo qiymat havodan yaratilmaydi. Qiymat
yaratish, yoki iqtisodiy foyda qo`shish, taqqoslash va raqobat ustunligi aniqlashni
talab etadi, va strategiyani rivojlantirish bu foydalarni yaratadi.
Bu foydani to`liqroq tushunish uchun Maykl Porter tomonidan taqdim
etilgan metodikani qo`llash lozim. Porterning 5 qoidasi kompaniyaning
qobiliyatini foyda olishga bog`laydi:
Ta`minotchilarning narxlarni tortishish darajasi yetkazib beruvchilarning
Tovar va servislarni sotib olish darajasiga uzviy bog`liqdir.
Sotib oluvchilarning narxlarni tortishish darajasi kompaniya mahsulot yoki
servislarini sotib oluvchilarning savdo darajasiga uzviy bog`liqdir.
Yangi kirayotganlarning tahlikasi sanoatdagi to`siqlarga bog`liq.
O`rniga qo`ysih tahlikasi alternativ tovar va servislarga uzviy bog`liqdir.
Sanoatdagi mavjud a`zolarning raqobat darajasi ularning soni va hajmiga,
kompaniya strategiyalariga, mahsulotlar orasidagi farqqa va sanoatdagi
savdoning o`sishiga bog`liqdir.
Porterning 5 qoidasi kompaniyaning qiymat yaratishi uchun mo`jizaviy
formulani bermaydi. Balki, bu 5 qoidaning maqsadi kompaniyaning sanoatga
ta`sir etuvchi kuchi va tahlikalari haqidadir.
Porterning qoidalari, umuman olganda, kompaniyaning qanday qilib foyda
olishidagi iqtisodiy nazariyalardir. Garchi Porterning qoidalari dinamik
iqtisodiyotda oson ko`rinse ham, ular kompaniya uchun qiymat qo`shishda
boshlang`ich analiz nuqtasi rolini o`ynaydi. Porterning fikricha kompaniya nisbiy
qiymat, farqlash, va nisbiy narxlar evaziga taqqoslash ustunligiga erishishi
mumkin. Menejment bu qoida va strategiyalarni kompaniyaning iqtisodiy foyda
olishi uchun ishlatishi mumkin.
Menejment hech qachon qiymat yaratishda hisobga olinmaydigan asosiy
iqtisodiyotni nazardan chetda qoldirishi kerak emas.Agar kompaniya ustlikka ega
bo`lsa unda bu holat qiymat yaratish uchun asos bo`lib hizmat qiladi. Agar bu
ustunlik boshqalar ham o`zlashtirishi uchun tez bo`lsa unda bu ustunlik tez orada
yo`lishi mumkin. Kompaniyalarni boshqa yaxshi ijro etayotgan kompaniyalarda
472
metodika olishi o`sha strategiyaning qiymatini yo`qolishiga olib keladi. Shuning
uchun, strategik rejalash strategik obyektivni o`rnatishni, uni rivojlantirishni, va
sekin astalik bilan o`sha maqsadlar tomon harakat qilishni, va strategik obyektivni
qayta baholashni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: