21-rasm. Startegik rejalashtirishning maqsadi
Taqqoslash va raqobat ustunligi - Taqqoslash ustunligi bu – mahsulot va
servislarni yetkazib berishdagi narx jihatdan bir kompaniyaning boshqalari
ustidan ustunligidir. Masalan, Wall-Mart do’konlari o’zining tovarlari tarqatish
sistemasi orqali boshqa raqobatdoshlaridan (masalan, Kmart) dan uzoq yillar
davomida ustunlikka erishib kelgan. Wall-Mart o’zining mintaqaviy tarmoq va
do’konlari va transport sistemasiga investitsiya kiritgan. Yuqori miqdordagi sotib
olishlar va iste’molchilarning o’zgacha munosabati tufayli Wall-Mart mintaqaviy
do’konlar ochish va mahsulotlarni tarqatish sistemasi kompaniya rivojiga qisqa
muddatda katta hissa qo`shdi. Ammo, boshqa raqobatdoshlarni Wal-Martning
ustunligi darajasiga yetishishi uchun bir necha yillar ketgan.
Raqobatdosh ustunligi bu kompaniyaning boshqa kompaniylardan o`zining
bozor strukturasi jihatdan ustunligidir.Masalan, bir kompaniya boshqa
464
kompaniyalarning bir bozorga kirayotgandagi to`siqlari evaziga ustunlikka
erishishi mumkin.
Bu hukumat cheklovlari natijasida yuzaga kelishi mumki. Maslan
mamlakatdagi bak va hukumat tomonidan tashkil etilgan monopoliyalar soni
malakatda chekli miqdorda bo`lishi lozim.
Kompaniyalar o`zlari ham biznesga kirishda o`zlariga patent kabi to`siqlarni
yaratishi ham mumkin. Monsanto kompaniyasi tarkibidagi NutraSweet
kompaniyasi sun`iy shirinlashtirgich, ya`ni aspartameda, eksklyuziv patentga ega
bo`lgan. Garchi, patent 1992-yil 14-dekabrda nihoyasiga yetdi.Sun`iy
shirinlashtirgich ishlab chiqishda aspatamening narxi 70 AQSH dollaridan 20, 35
AQSH dollariga tushdi. NutraSweet patentga egalik qilgan davrda raqobatdosh
ustunlikka erishdi. Ammo patent nihoyasiga yetishi bilan raqobat ustunlik
yo`qoldi va raqobatdoshlar bozorga kirish uchun navbatga to`lishdi. Patentning
qiymati davlat va sanoatga qarab farq qiladi.
Quyi chiziq bu kompaniya biror mahsulotga investitsiya kiritganda va
faqatgina bir ustunlik evaziga ko’proq daromadga erishganda uchraydi.
Boshqacha qilib aytganda, raqobat yoki taqqoslash ustunligi kompaniyani
iqtisodiy foyda ya’ni mahsulotni tan narxidan oshgandagi foydasi, topishi uchun
xizmat qiladi. Shuning uchun dastlab, kompaniya o’zining strategiyalarini ishlab
chiqishdan avval, menejment kompaniya qaysi jihatdan taqqoslash yoki raqobat
ustunligiga ega ekanligini aniqlashi lozim.
Strategiya va daromad qo’shish - Odatda kompaniyalar strategiyani
kompaniyaning mahsulot va servisidagi iste’molchilarga qarab tuzub chiqishadi.
Masalan, menejment eng yaxshi sifatdagi yoki eng arzon narxdagi
mikrokompyuter chiplari ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyasiga
aylanish strategiyasini tuzgan. Demak, menejmentning e’tibori mahsulotning
sifati va narxida. Menejment qiymat qo’shish uchun foyda va risklariga e’tibor
qaratishi lozim. Va menejment investitsiya uchun qaror qabul qilishda
proyektning foydaliligi darajasiga qaraydi. Raqobat yoki taqqoslash ustunligiga
erishish strategiyasi bu aksiyadorni shaxsiy budjetini maksimallashtirish
demakdir.Foydali proyektlar bir kompaniya boshqa kompaniyalar ustida qiyosiy
yoki raqobat ustunligiga ega bo’lganda ko’tariladi.
Masalan faraz qiling biror bir mahsulot kutilganidan ko’ra ko’proq foyda
berdi.Qanday qilib kompaniya biror bir jihozga qiymat kiritishi mumkin.Agar bu
jihozga qiymat kiritish unga qiymat qo’shsa kompaniyaning boshqa
raqobatdoshlari bu jihozni xohlashgan bo’lmasmidi.Albatta agar ular shunday
qiymatni yarata olsa, bunga qiziqib qolgan bo’lishar edi.
Endi faraz qiling kompaniya raqobatdoshlari mahsulotni sotib olishda va
foyda topishda hech qanday to’siqlarga uchrashmadi, unda nima bo’ladi?
465
Kompaniya va uning raqobatdoshlari bu jihoz uchun raqobatlashishadi. Va uning
narxini ko’tarishadi.
Faraz qiling buning o’rniga kompaniya yangi jihozga potenti mavjud va
boshqa raqobatdoshlarini ham bu jihozdan olishlari davom etmoqda. Unda bu
jihoz uchun hech qanday raqobatning o’zi qolmay qoladi.Va kompaniya qiymat
qo’shish orqali foyda ko’rishga erishadi.
Endi qiyosiq ustunlikka erishishga bo’lgan harakatlar xato yo’nalish olishini
tasavvur qilib ko’ring. “Schlitz Brewing” kompaniyasi raqobatdoshlaridan
ustunlikka erishish uchun mahsulot narxini kamaytirdi: u ishchi narxlarini
kamaytirdi. Tan narxini tushirish, mahsulotni narxini boshqa kompaniya
narxlaridan arzonlashishiga olib keldi, ammo sifat buzildi va Schlitz o’zining
bozor ulushiga ega bo’lishini o’rniga uni yo’qotdi. “Schlitz Brewing” taqqoslash
ustunligiga ega bo’lishga harakat qildi, ammo bu strategiya iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish uchun natija bermaganligi sababli oxir-oqibat Schlitzning
aksiya narxlari tushib ketdi.
Qiymat kompaniya faqatgina taqqoslash yoki raqobat ustunligiga ega
bo’lganda yaratilishi mumkin. Agar kompaniya proyektni analiz qilsa va uni
foydali deb topsa, unda dastlabki savol shunday bo’lishi lozim, Bu foydalar
qayerdan kelyabdi?
Strategiya
bu
kompaniya
obyektivga
yetishish
maqsadidagi
yo’nalishdir.Menejment uchun strategik investitsiyalar yangi investitsiyalarni
topish siyosatlarini ham o’z ichiga oladi. Strategik plan shuningdek resurslardan
foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy rejalashtirish investitsiyani qo’lga kiritish uchun kompaniya
resurslaridan oqilona foydalanishdir.Moliyaviy rejalashtirish ko’p jihatdan
muhimdir.Birinchidan moliyaviy rejalashtirish menedjerlarga ma’lum bir
strategiyani effektivligini baholash uchun yordam beradi.Ikkinchidan, moliyaviy
rejalar tuzish orqali menejment bozor sharoitidagi har qanday vaziyatlar uchun
munosib harakat qilish garovidir.
Uchinchidan moliyaviy rejalar yaratish menejmentga investitsiya va
moliyaviy rejalar tuzishdagi salbiy tomonlarini ham ko’rsatib beradi.
Moliyaviy rejalashtirish kompaniyaning investitsiya va moliyaviy rejalarini
o’z ichiga oladi. Qachonki biz kompaniyaning investitsiyaviy rejalarini
bilganimizda, menejment mablag’lar qayerda kerak va qayerdan kelishini
ko’rsatib beradi. Bu budjetni rivojlantirish orqali belgilanadi.Budjet agar
kompaniyaning kassa harajatlari kundalik me’yoridan oshib ketsa nima qilinishi
kerakligi yoki kompaniyaning keyingi o’n yillikdagi rejalarini o’zida aks ettirishi
mumkin.
466
Qisqa muddatdagi budjetlashtirish operatsion budjetlashtirish deyiladi va
uzoq muddatdagi budjetlashtirish ko’pincha uch, to’rt yillik yoki uzoq muddatli
rejalashtirish deb ham ataladi. Lekin uzoq muddatli rejalarga erishish qisqa
muddatda nima qilingaligiga bog’liq bo’lgani uchun bu ikki atama bir-biriga
uzviy bog’liqdir.
Budjetlashtirish jarayoni - Budjetlash jarayoni moliyalashtirish va
strategiyalarga investitsiya kiritishni o’z ichiga oladi, yoki boshqacha qilib
aytganda budjetlashtirish kapital budjetlashtirish va kapital struktura va ishlash
kapitallaridagi qarorlar natijasida hosil bo’ladi. Masalan savdo do’konlarida ish
olib boruvchi biznes kompaniyasini misol qilib olaylik. Kompaniyaning
rivojlanish plani bu iste’molchilarga yaxshi sifat va servis taqdim etishdir.
Do’konlarni ta’mirlash investment strategiyasi deb qaraladi.Kompaniya o’zining
rivojlanish rejasini kapital budjetlashtirish asosiga quradi.Ammo rivojlanish
programmasi rivojlanishni ham o’z ichiga oladi.Agar ko’proq mablag’ kerak
bo’lsachi? Qarz? Ulush? Ammo bu vaziyatda ishlash kapitalini ham esdan
chiqarmasligimiz lozim.
Kompaniya yangilanish programmasini olib borayotganda kerakli
darajadagi mablag’larni qisqa va uzoq muddatli rejalar uchun chamalab chiqishi
lozim. Boshlang’ich nuqta bu potensial savdo qaysiki kompaniyani sotib olish va
mahsulotni sotib olish va boshqa hisob kitoblariga bog’liq bo’lgan. Shuningdek,
kompaniya niyat qilgan miqdor kompaniyaning sotib olishlari, savdo
xizmatchilari va reklama potensiallariga ta’sir ko’rsatadi.
Qachonki kompaniya savdo va kerakli tahminlarga ega bo`lganda, keyingi
bosqich kassaning kirim va chiqim harajatlarini hisoblashdadir. Kassa budjeti
tashkil etilganda, dastlabki balans varaqasi va foyda varaqasi ishlab chiqilishi
mumkin.
Budjetlashtirish odatda joriy moliya tizimining so`nggiga qadar 4-6 oy
mobaynida tashkil etilishi mumkin. Ko`p kompaniyalarning bu jarayon uchun o`z
ketma ketlik tizimi mavjud. Budjet jarayoni odatda Bosh Moliyaviy xodim,
rejalashtiruvchi vitsa president yoki, moliya vitsa prezidenti tomonidan
boshqariladi.
Barcha
bo`limlar
dastlab
o`zlarining
hisob
kitoblarini
bajarganlaridan so`ng barcha natijalar qo`shiladi va yakuniy hisobot chiqariladi.
Budjet kompaniya ishlashi kerak bo`lgan, yoki kompaniya uchun zarur
bo`lgan resurslarni aniqlashtirib beradi. Ammo menejment budjetlashtirilgan va
haqiqiy natijalardagi keskin o`zgarishlarni aniqlashtirish jarayonida juda ehtiyot
bo`lmog`i lozim.Masalan, kompaniya yangi mahsulotdan 10 million dollar
miqdorida foyda olish uchun budjetlashtirdi. Lekin haiqiqiy daromad 6 million
dollarni tashkil etdi. Bu menejmentning yomon ishlaganligidanmi? Balki ha,
balkiyo`q: Agra buning sababi iqtisoddagi yomon o`zgarishlar sababli bo`lsa,
467
unda yo`q, agar buning sababi mejementni vaziyatni oldindan hato
chamalaganligida bo`lsa unda ha.
Oldindan prognoz qilish - Oldindan prognoz qilish moliviy rejalashning
muhim qismi. Noto`g`ri prognozlash invertizatsiyadagi kamchiliklarga,
nomuvofiq moliyaviy qarorlarga sabab bo`lshi mumkin.
Masalan 2006 yilda Nintendo kompaniyasi yaratgan Wii konsol o`yinini
olaylik. O`yin o`sha paytlarda o`yin omma orasida mashhurlika erishdi. Ammo
natijada kerakli talablarga javob bera olmadi. Bu o`yinga ishlab
chiqarilayotganidan ko`ra ko`proq talab tushganligi boyis, invertizatsiyada
kamchiliklar kuzatildi.
Nintendo o`zining belgisini yo`qotdi, va Wii ga bo`lgan keskin talablarni
noto`g`ri baholadi. Kompaniya uchun Wii kabi o`yinlarga ega bo`lish yaxshi
natija bo`lishi kerak bo`lgan bir paytda Wii endi ular uchun muammo yaratdi.
Kassa oqimlarini oldindan baholash uchun menejment savdoni avvaldan
ko`ra bilishi lozim, chunki, savdo kelajakdagi iqtisodiy vaziyatga, sanoatga va
bozor sharoitiga qarab o`zgarishi mumkin. Savdo esa, narxlarning tushish
analizlari, bozor so`rovlari, yoki menejmentning fikriga qarab avvaldan
baholanishi mumkin.
Regresyon tahlil qilish - Regresyon tahlil bu savdo va vaqt funksiyasidagi
grafik munosabat va bu grafikni tasvirlovchi eng aniq to`g`ri chiziqdir. Bu chiziq
regresyon chiziq deyiladi. Bunday tahlilning bir yo`li kelajakdagi savdoni avvalgi
savdolarga qarab baholash bo`lishi ham mumkin. Boshqa yo`li esa, savdo va
mahsulotning tan narxinio`zaroqiyoslashdan kelib chiqishi mumkin.
Regresyon tahlil bizga ko`plab o`zgaruvchilar o`rtasidagi o`zaro
bog`lanishlarni ko`rsatishga yordam berishi mumkin, shuningdek menejment bir
qancha e`tiborli bo`lishi kerak bo`lgan vaziyatlar mavjud.
Bozor so`rovlari - Bozor so`rovlari kelajakdagi potensial foydani oshirishda
muhim rol o`ynaydi. Intel misolida oladigan bo`lsak, menejment kompyuter
sanoatiga, asosan noutbuk, telefon, va o`yin sanoatlariga e`tiborini qaratishi
lozim. Har bir bozor uchun menejment Intelning bozor ulushini hisoblash chiqishi
lozim:
Mahsulot rivojlanishi va yangi mahsulotlarni taqdim etish
Umumiy iqtisodiy ahvol va kmpyuter va boshqa qurulmalarning
mikroprossessori uchun zarur xarajatlar
Umumiy
qilib
aytganda,
menejment
so`rovlardan
foydani
maksimallashtirishda va servislarni oshirishda foydalanishi mumkin.
Menejmentni baholash - Bozor so`rolariga qo`shimcha tarzda, kompaniya
menejerlari kelasi savdolar uchun chamalar chiqrishlari mumki.
468
Kompaniyaning menejerlari mahsulot narhini baholashda bozor sharoitini
avvaldan chamalay bilishlari lozim. Ammo bunday uslublarni ham potensial
muammolari mavjud. Masalan menejer yangi mahsulot uchun daromadli
baholash bildirdi. Bu bahlosh kompaniyani ko`proq resurslardan foydalishga
undaydi, masalan ko`proq tan narx, qo`shimcha ishchilar. Agar baholash real
bo`lib chiqsa unda kompaniya foyda olishi ta`biiy, aks holda ortiqcha resurslar va
ishchi kuchlaridan foydalanganligi kompaniya uchun zarar bo`ladi.
Budjetlashtirish - Bu jarayonda biz kassa oqimlari, proyektlashtirilgan foyda
bayonotlarini, va balans varaqalarini ketma-ket qo`yamiz. Garchi moliyaviy
kengash foyda bayonotlari va balans varaqalarini ishlab chiqishi kerak bo`lsada,
kassa oqimlari analizlari eng muhim hisoblanadi.
Ko`p kompaniyalar kreditni kengaytirishadi va qabul qilishadi, shuning
uchun kassa oqimi va sof foyda bir birga aralashib ketmaydi.
Kassa budjeti - Kassa budjeti kassaning kirim va chiqimlari to`g`risidagi
detallashgan bayonotdir. Bu budjet moliyalash va investitsiya kiritsh uchun asos
bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, kassa budjeti asl kassa harajatlari ni
rejalashritirilganidan farqlashga xizmat qiladi.
Avval ta`kidlab o`tganimizdek, kassa budjeti savdo baholashi asosida
boshqariladi. Kassa budjeti, kassa kirimlari va chiqimlarini avvaldan baholash
kompaniyaning kerakli harajatlarni belgilab beradi.
Rasmiy moliyaviy bayonot - Moliyaviy balans varaqasi varaqasi kelajak,
masalan bir oy, chorak yil, yoki bir yil muddat uchun proyektlashtirilgan bayonot
turidir va u aktivlarni, mas`uliyatlarni baholab beradi. Moliyavir foyda bayonoti
masalan bir oy, chorak yil, yoki bir yil muddat uchun proyektlashtirilgan bayonot
turidir va u foyda va chiqimlarni baholab beradi. Birgalikda bu bayontolar
menejment uchun kompaniyaning investitsiya va moliyalashtirish ehtiyojlarini
ko`rsatadi.
Iqtisodiy qo`shilgan qiymat - Vaziyatlarni baholashda yaxshi metodikalarga
erishish uchun ko`plab konsulting firmalar va kompaniyalar kompaniyaning
amaliy ijrolarini tahlil etish metodikasini olg`a surishadi. Bu metodlar ba`zida
ananaviy metodika tizimlaridan foydalanishi ham mumkin. Sinfan olganda bu
metodlar qiymat qo`shilgan metriklar yoki iqtisodiy qo`shilgan qiymat deb
yuritiladi. Buning uchun iqtisod fanida bir qancha qisqartma so`zlar mavjud,
iqtisodiy qo`shilgan qiymat (english EVA), bozor qo`shilgan qiymat (MVA) va
bir qancha boshqalar.
Kompaniya menejmenti qarorlar tan narxdan oshadigan foyda berganda
qiymat yaratadi. Bu foydalar tez muddat ichida yoki uzoqroq muddatda foyda
berishi mumkin.
469
Do'stlaringiz bilan baham: |