Davlatiy moliya


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi: 

  vaqtincha  mehnat  qobiliyatini  yo’qotish  bilan  bog’liq  kasallikda 

(shikastlanishda); 

  sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 

  kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 

  karantinda; 

  sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda; 

  mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun 

reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 

Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqasini  tayinlash  uchun  faqat 

belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik 

varaqasi)  asos  bo’ladi.  Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  bo’yicha  nafaqa 

mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-

mehnat  ekspertiza  komissiyasi  (TMEK)  tomonidan  nogironlik  belgilangunga 

qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda 

ham beriladi. 

Oliy,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarini,  magistratura, 

aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda 

ishga  yuborilgan  shaxslarga  nafaqa  ular  ishga  chiqishi  lozim  bo’lgan  kundan 

boshlab  beriladi.  Ish  haqi,  sutkalik  va  ko’chish  bo’yicha  xarajatlarni  olish 

huquqiga  ega  bo’lgan  xodimga  ish  joyiga  borayotgan  davrda  boshlangan 

mehnatga qobiliyatsizlik  kunlari uchun  nafaqa to’lanadi.  Xodimning  mehnatga 

qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til davriga to’g’ri kelgan 

hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar 

uchun nafaqa to’lanadi. 

Sanatoriy-kurortda  davolanishda,  agar  asosiy  va  qo’shimcha  ta’til 

xodimning  sanatoriyda  davolanishi  uchun  etarli  bo’lmasa,  nafaqa  beriladi. 

Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo’llanma, 

davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo’shib, ammo xodimning 

yillik  ta’tilini  chiqarib  tashlagan  holda  nafaqa  beriladi.  Asosiy  va  qo’shimcha 

ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa ham nafaqa uni chiqarib 

tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning etmaydigan vaqti uchun 

xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi. 



419 

1941-1945-yillardagi  urush  nogironlariga,  baynalminal  jangchilarga, 

Chernobil  AES  falokati  oqibatlarini  tugatishda  qatnashgan  shaxslarga, 

shuningdek,  sanatoriyga  davolanishni  davom  ettirish  uchun  davolash 

muassasalaridan o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan 

yurakning  aortakoronar  shuntrovkasi  va  anevrizmlari,  oshqozonning  yaralik 

kasalligi,  o’n  ikki  barmoq  ichak  kasalligidan  davolangan  va  o’t  pufagini  olib 

tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan 

og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi. 

O‘n  olti  yoshgacha  bo’lgan  nogiron  bolani  tarbiyalayotgan  ota-onalardan 

biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha 

davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda 

parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. 

Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani 

parvarishlashda  band  bo’lgan  ona  kasal  bo’lib,  bolani  parvarishlashga  qurbi 

etmay  qolgan  hollarda,  parvarish  bilan  band  bo’lgan  ishlayotgan  boshqa  oila 

a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa 

beriladi. 

Oilaning  kasal  bo’lgan  a’zosiga  qarash  bo’yicha  vaqtincha  mehnatga 

layoqatsizlik  varaqasi  bemor  birovning  parvarishiga  muhtoj  bo’lgan,  lekin  7 

kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O‘n to’rt yoshga etmagan bemor 

bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish 

kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 

Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari 

tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini 

olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo’lsa nafaqa berilad i.Sil kasalligi yoki kasb 

kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni 

bajarish  imkoniga  ega  bo’lib,  u  tibbiy-maslahat  komissiyasi  (TMK)  xulosasi 

(bunday komissiyalar bo’lmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash 

muassasasining  bosh  shifokori  tomonidan  tasdiqlangan  xulosasi)  asosida 

vaqtincha boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. 

Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to’lanadigan ishga o’tgan vaqt uchun, 

lekin  ikki  oydan ortiq  bo’lmagan  muddat  davomida  kasallik varaqasi  bo’yicha 

yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan 

oshib  ketmaydigan  miqdorda  nafaqa  to’lanadi.  Bunda  kasb  kasalligi  oqibatida 

boshqa ishga o’tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga 

binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o’rtasidagi farqni korxonadan olish 

huquqiga  ega  bo’lmasa  beriladi.  Basharti,  kasallik  varaqasida  ko’rsatilgan 

muddatda  ish  beruvchi  xodimga  boshqa  ish  topib  berolmagan  bo’lsa,  u  holda 



420 

shuning  oqibatida  bekor  o’tgan  ish  kunlari  uchun  nafaqa  umumiy  asoslarda 

to’lanadi. 

Reabilitatsiya  muassasalarida  bo’lgan  barcha  vaqt  uchun  va  unga  kelib-

ketish  vaqti  uchun  nafaqa  to’lanadi.  Mavsumiy  va  vaqtinchalik  ishlarda  band 

bo’lgan  xodimlarga  mehnatda  mayiblanish  yoki  kasb  kasalligi  oqibatida 

vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik,  homiladorlik  va  tug’ish  bo’yicha  nafaqa 

umumiy  asoslarda,  boshqa  sabablar  oqibatidagi  vaqtincha  mehnatga 

qobiliyatsizlik  bo’yicha  nafaqa  mavsumiy  yoki  vaqtinchalik  ish  to’g’risida 

tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi. 

Ishlayotgan  nogironlarga  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  bo’yicha 

nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-

ket  ikki  oydan  va  kalendar  yilda  uch  oydan  oshmagan  muddatga  beriladi. 

Ishlayotgan  1941-1945-yillardagi  urush  nogironlariga  va  imtiyozlari  jihatdan 

ularga  tenglashtirilgan  boshqa  nogironlarga,  Chernobil  AESdagi  falokat  yoki 

uning  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo’yicha  ishlarni  bajarish  bilan  bog’liq 

sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 

nafaqasi  (mehnatda  mayiblanish  hodisalari  yoki  kasb  kasalligidan  tashqari) 

ketma-ket to’rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. 

Agar  ishlovchi  nogironning  vaqtinchalik  mehnatga  qobiliyatsizligi 

mehnatda  mayiblanish  yoki  kasb  kasalligi  tufayli  yuz  bersa,  nafaqa  u  to’la 

sog’aygunga  yoki  mehnatda  mayiblanish  yoxud  kasb  kasalligi  bilan  bog’liq 

nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi. 

Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa 

shaxs  to’la  sog’aygunga  qadar,  lekin  ko’pi  bilan  10  oyga  beriladi.  Xodim  sil 

kasalligi  bilan  qayta  kasallanganda  yoki  sil  kasalligi  oqibatida  nogiron  deb 

topilganda  nafaqa  ko’pi  bilan  6  oyga  beriladi.  TMEK  ko’rigidan  belgilangan 

muddatda  qayta  o’tmagan  nogironga  nafaqa  mazkur  bandda  belgilangan 

muddatlarga to’lanadi. 

Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  quyidagi  davrlarga  to’g’ri  kelganda 

nafaqa to’lanmaydi: 

  ish haqi saqlanmagan ta’til; 

  bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; 

  ish vaqtincha to’xtatilgan; 

  xodim  ishdan  (lavozimdan)  chetlashtirilib,  ish  haqi  to’lash  to’xtatib 

qo’yilganligi sababli ishlamagan; 

  harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini; 

  ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  o’quv  yurtlarida  tahsil  olish 

munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til. 



421 

Ushbu  davrlarda  boshlanib,  davom  etayotgan  mehnatga  qobiliyatsizlik 

nafaqasi  xodim  ishga  chiqishi  (lavozimga  tiklanishi)  lozim  bo’lgan  kundan 

boshlab beriladi. 

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi: 

  ishdan  yoki  boshqa  vazifalardan  bo’yin  tovlash  maqsadida  o’z 

salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda; 

  giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, 

spirtli  va  giyohvandlik  moddalarini  iste’mol  qilish  natijasida  kasallikka 

chalinganda (jarohatlanganda); 

  jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; 

  sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan 

tashqari); 

  hibsda bo’lgan davrda; 

  sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. 

Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqasi  ish  stajining  davomiyligidan 

qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to’lanadi: 

  ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga; 

  baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 

  qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan 

ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 

  Chernobil  AESdagi  avariya  oqibatlarini  tugatishda  qatnashgan 

xodimlarga; 

  Chernobil  AESdagi  avariya  natijasida  radioaktiv  ifloslanish  zonasidan 

evakuatsiya  qilingan  va  ko’chirilgan,  qon  hosil  qiluvchi  organlar  kasalliklari 

(o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq 

kasalliklarga chalingan xodimlarga; 

  mehnatda  mayiblanish  va  kasb  kasalligi  natijasida  vaqtincha  mehnatga 

qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 

Ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  kasalliklar  (sil  kasalligi,  onkologiya 

kasalliklari,  yangidan  paydo  bo’ladigan  xatarli  o’simtalar,  jinsiy  yo’l  bilan 

o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha 

hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan 

davrining  (umumiy  ish  stajining)  davomiyligiga  bog’liq  ravishda  vaqtincha 

mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

  umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 100 

foizi miqdorida; 

  umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 80 

foizi miqdorida; 



422 

  umumiy  ish  staji  5  yilgacha  bo’lgan  xodimlarga  ish  haqining  60  foizi 

miqdorida. 

Yuqorida ta’kidlangan  xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga  vaqtincha 

mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

  umumiy  ish  staji  8  yil  va  undan  ortiq  bo’lgan  xodimlarga  hamda  21 

yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 

  umumiy  ish  staji  8  yilgacha  bo’lgan  xodimlarga  ish  haqining  60  foizi 

miqdorida. 

Tayinlangan vaqtincha  mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha  nafaqa quyidagi 

miqdorlarda to’lanadi: 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurolli kuchlari  safidagi  muddatli xizmatdan 

bo’shatilgandan  so’ng  bir  oy  ichida  kasal  bo’lib  qolgan  sobiq  harbiy 

xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida; 

  boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida. 

Vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  bo’yicha  nafaqa  barcha  hollarda 

belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan 

ish  haqidan  yuqori  bo’lmasligi  lozim.  Nafaqa  miqdori  vaqtincha  mehnatga 

qobiliyatsizlik  boshlangan  kungacha,  mehnat  daftarchasi  yoki  uning  o’rniga 

berilgan  boshqa  hujjat,  shuningdek  ijtimoiy  ta’minot  bo’limlari  tomonidan 

berilgan  ma’lumotnoma  asosida  hisoblangan  umumiy  ish  stajiga  muvofiq 

aniqlanadi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish