qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston
415
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi. Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy
fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir
nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda
boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi bo’yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga
ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir
muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat
qilishlari mumkin.
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni
tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo’lmagan, bugungi kunda 7 yildan kam
ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega
bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga
etganlarida, ayollarga — 60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Haq to’lanadigan
ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan (alimentlar yoki
stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa
tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga
layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan
boshqa shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi bo’limi
tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda
o’tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo’lmagan va yoshga doir nafaqa so’rab
murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo’lgan qarindoshlarining yoki
boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa
yoshga doir nafaqa so’rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera
olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo’lgan taqdirda ham yoshga
doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar,
ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga tayinlanadi
va to’lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun
tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda)
Pensiya jamg’armasi bo’limlari yo’llanmalari bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK
etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani Pensiya
jamg’armasi bo’limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa
416
manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I
guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik
nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish huquqiga ega
bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli
bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot
etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning
100 foizi;
oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi;
oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi.
Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot
etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga
ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila
a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga
ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda
tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: