Qonuniga asosan tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan
shaxslarga tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga
to’lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to’lanadigan jamoat
belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi
ularga mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran
yoziladi va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat
daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin
mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik
davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish
qidirayotgan shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada
tayyorlashga, malakasini oshirishga yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
417
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun
ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o’rtacha ish haqiga foiz
nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog’ida
o’n olti yoshga to’lmagan bolalari va boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga
nafaqa miqdori o’n foizga oshiriladi.
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga
tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri
uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan
koeffitsientni qo’llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab
chiqishda rayon koeffitsientlarini qo’llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan taqdirda,
ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi
o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan
eng kam ish haqidan oz bo’lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston
Respublikasida tarkib topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda
ishsizlik nafaqasi to’lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan
bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslar ishsizlik
nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik
xizmati organlaridan bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat
qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab chiqariladi.
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish
huquqiga ega bo’lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga
tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida
nafaqa to’lash kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta
boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga mutaxassisligi bo’lgan shaxslar
uchun, shuningdek o’n ikki oy mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n
ikki kalendar haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga
joylashishi uchun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni talab
qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan
miqdorda va boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo’lmagan
shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta
tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida
418
belgilangan eng kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa
to’lash kafolatlanadi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgandan, malaka oshirishni tugatgandan
keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda
ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: