Davlat va huquq nazariyasidan mantiqiy savollarga javoblar



Download 237,06 Kb.
bet39/93
Sana21.02.2022
Hajmi237,06 Kb.
#71819
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
DHN Yakuniy nazariy savollar javobi 2018

Буржуа давлати. Дастлабки буржуа давлатлари (капиталистик давлатлар) бундан 200-300 йил муқаддам Европа ва Шимолий Америкада вужудга келган. Хусусан, улар буюк француз инқилобидан кейин кенг тарқалган. Буржуа жамиятининг хусусияти – расман мустаҳкам­ланган синфий тенгсизликка асосланган ўзидан олдинги ижтимоий-иқтисодий формациялардан фарқли ўлароқ, капиталистик ишлаб чиқариш усули ўз меҳнатини эркин сотувчи ишчиларга эга бўлганлиги учун ҳам анча илғор дейиш мумкин.
Социалистик давлат. Бундай типдаги давлатларни шакллантириш юзасидан ғоялар дастлаб назария сифатида К.Маркс, Ф.Энгельс ва В.Ленин асарларида илгари сурилган. Социалистик давлат, уларнинг фикрича, социалистик инқилоб натижасида вужудга келиши керак, яъни ҳокимиятни қўлга киритиш зўравонлик йўли билан амалга оширилиши лозим. Эски давлат машинаси синдирилиб, проле­тариат (йўқсиллар синфи) диктатурасини ўрнатиш зарурати бунга сабаб қилиб кўрсатилган. Ишчилар синфи бутун халқ манфаатлари йўлида ағдариб ташланган эксплуататор синфлар қаршилигини бостириб бориши, шунингдек, “янги ёрқин келажак”ни бунёд этиш йўлида халқни ўз орқасидан эргаштириши лозим эди. Капиталистлар ҳукмронлигидан озод бўлган халқ ишлаб чиқариш воситаларининг умумийлаштири­лиши шароитларида меҳнат унумдорлигини оширишда мислсиз са­крашни содир этади, фан ва техникани ривожлантиришда буюк ютуқларга эришилади, барча меҳнаткашлар янги ҳаётнинг фаол бунёдкорларига айланадилар ҳамда уларнинг барчаси давлат ишла­рини бошқаришга жалб этилади, деб тахмин қилинган.
Цивилизациявий ёндашув – бу давлатларни ижтимоий-иқтисодий тузуми билан бир қаторда, кўпроқ уларнинг маънавий, ахлоқий ва маданий ривожланиш даражасига қараб типларга ажратишдир (Еллинек, Кельзен, Коркунов, Крюгер, Тойнби).
Инглиз тарихчиси А.Тойнби цивилизацион ёндашувнинг ёрқин намоёндаси бўлиб, у цивилизацияни диний, руҳий, маданий ва бошқа белгиларига кўра бирлигини кўрсатувчи жамиятнинг ёпиқ, локал ҳолати, деб тушун­тирувчи таълимот муаллифи ҳисобланади. Шу белгиларга кўра, у жаҳон тарихида 20 дан ортиқ цивилизацияларни ажратиб кўрсатади. Хусусан, Қадимги Шарқ (Миср, Хитой, Хиндистон), Қадимги Афина, Қадимги Рим, Ўрта аср давлатлари, ҳозирги замон давлатлари шулар жумласидандир.
Давлат ва ҳуқуқ назарияси фанида юқоридаги анъанавий ёндашувлар билан бирга бошқа ноанъанавий мезонлар бўйича ҳам давлатлар муайян типларга ажратилади. Хусусан, уларнинг сиёсий режимига кўра уларни демократик ва нодемократик, ҳудудий жойлашувига кўра Осиё, Европа ёки Африка давлатлари, муайян ташкилотга аъзолигига қараб, Шанхай ҳамкорлиги, МДҲ, Европа Иттифоқи, Ислом конференцияси аъзо бўлган давлатлар кабиларга ҳам таснифлаш мумкин. Шунингдек, давлатларни ижтимоий – иқтисодий ривожланиш даражасига кўра энг ривожланган, ривожланган ва ривожланаётган давлатларга ажратиш ҳам кенг тарқалган.
Davlatning mazmun va mohiyati haqida to‘liq tasavvur hosil etish uchun ularni muayyan turlarga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Davlatlarni muayyan bir tiplarga ajratish ularni batafsil o‘rganishga yordam beradi. Davlat tipologiyasi davlat va huquq nazariyasi fani o‘rganadigan alohida masala hisoblanadi. Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarini ajratishda yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalanadigan ta’limot, bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar asosida turlarga aniqlashda tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasini o‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsion (sinfiy) va sivilizatsion (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish mumkin. Formatsion yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsion yondashuv fanda sinfiy yondashuv ham deb nomlanib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlatlar o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni o‘tishini ularning tabiiy-tarixiy xarakteri ko‘rsatadi. Formatsiyali yondashuv shunisiga ko‘ra tavsiflanadiki, u bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat inqilob orqali o‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukmron sinfning manfaati
uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlik davlati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi.Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsion yondashuv aniq ifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. An’anaga ko‘ra quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan IV—III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misrda, Qadimgi Bobilda Qadimgi Xitoyda, Qadimgi Hindistonda va ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati tizimi
Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatla ida eng to‘liq tarzda rivojlangan. Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo
bo‘lishi yangi eraning V—XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi.
Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yangi davlat tipi – kapitalistik davlatni paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan farq qiladi. Bunda mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan-ochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z ish kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi. Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchilarni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishda yordam beruvchi, ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi. Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar milliy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan
qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi. Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markschalenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z
asarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarg qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyatning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirganlar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq manfaatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni angi hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi. Davlat to‘g‘risida sinfiy nazariyaning quruq xom xayol ekanligini sobiq Ittifoqdek sotsialistik davlatning 70 yilgina yashaganligi yaqqol ko‘rsatadi. Sivilizatsion (ma’rifiy) yondashuv formatsiyali yondashuvni to‘liq rad etmagan holda, davlat ipologiyasini mamlakatlar erishgan taraqqiyot darajasiga bog‘liq ekanligiga asoslanadi. Sivilizatsion tipologiya sinfiy yondashuvdan ancha keng. Ma’rifiy tipologiyada davlat sivilizatsiya mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu yondashuvning ko‘zga ko‘ringan vakili A. Toynbidir. Uning fikricha, sivilizatsiya – jamiyatning milliy, diniy, jug‘rofiy va boshqa belgilarining yaxlitligi bilan ajralib turadigan muayyan holatidir. Unga binoan, davlatlar xronologik, genetik, jug‘rofiy, hududiy, diniy, iqtisodiy asoslar va h.k. mezonlarga ko‘ra tiplarga jratiladi.Davlatlarni hududlarining hajmiga qarab katta, o‘rta va kichik davlatlarga bo‘lish mumkin. Katta hududli davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Xitoy, Hindiston va Meksika kabi davlatlarni misol qilsak, o‘rta hajmli hududdagi davlatlarga O‘zbekiston, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarni olish mumkin. Kichik davlatlar qatoriga Kipr, Daniya, Vatikan kabi davlatlarni ko‘rsatish mumkin. Davlatni izohlashga tarixiy yondashuv asosida davlatlarni qadimiy, o‘rta asr va hozirgi zamon davlat turlariga ajratsa bo‘ladi. Qadimiy davlatlar Yevropada eramizgacha IX – VII asrlarda mavjud bo‘lgan. Markaziy Osiyo hududida ilk davlatlar sifatida dastlab Katta Xorazm, So‘g‘d, Qang‘ va Baqtriya davlatlari paydo bo‘lgan. O‘rta asrlarga O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan va rivojlangan Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Ashtarxoniylar davlatlari misol bo‘la oladi. Hozirga zamon davlat turlari sifatida, ayni vaqtda, rivojlanayotgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.
Tarixiy va madaniy rivojlanishga ko‘ra esa davlatlar dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi (agrar) va sanoat bilan shug‘ullanuvchi (industrial) davlatlarga bo‘linadi. Agrar davlatlarning aksariyati Osiyo hududida joylashgan bo‘lib, ushbu davlatlarning xalqlari turmush tarzi va hayot kechirish manbayi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga moslashgan. Sanoat bilan shug‘ullanuvchi davlatlar sifatida ko‘proq Yaponiya, AQSH va Yevropa mamlakatlarini qayd etish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi sanoatlashgan agrar davlat tipiga kiradi. Ma’rifiylik tavsifiga ko‘ra, davlatlar Sharq va G‘arb tiplarga bo‘linadi. Sharq davlatlari bu Osiy hududida joylashgan davlatlar, G‘arb davlatlariga Yevropa mintaqasi mamlakatlarini ko‘rsatish mumkin.


Download 237,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish