Metodologik funktsiya. Fudamental fan sifatida davlat va xuquq nazariyasi sohaviy yuridik fanlarga nisbatan metodologik fanktsiyasini bajaradi.
Siyosiy-boshqaruvchilik funktsiyasi. Davlat va xuquq doimo siyosiy harashlar,chuqur siyosiy baxslarning fokusi bo’lib kelgan. Davlat hokimiyati kimning ko’lida bo’lsa, asosan u hamma narsani xal qiladi. Bu funktsiya esa davlat boshqaruvi orhali bajariladi (tatbiq etiladi). Davlat va xuquq nazariyasi davlat siyosatining (ichki va tashki) ilmiy asosini shakllantirishga hamda davlat boshqaruvining ilmiyligini ta'minlashga haratilgan.
Ideologik funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi bu funktsiya orhali ijtimoiy hayotga,kishilarning hulqiga,nafaqat davlat va xuquq orqali, balki to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etib, xuquq sub'ektlarining xuquqiy ongiga va yaxlit butun ijtimoiy hayotni tartibga solishda hoyaviy omil sifatida yo’zaga chiqadi.
Amaliy-tashiliy funktsiya. Davlat va xuquq nazariyasi davlat va xuquqning amal qilishda (funktsionirovat) asosiy ilmiy asos bo’lib xizmat qilgan holda, Davlat qurilishidagi ko’pgina muammolarni yechishga qaratilgan taklif (rekomendattsiya)larni ishlab chiqadi.
Prognostik funktsiya. Davlatchilik va xuquq soxasining keljakdagi axvolini ilmiy ko’zatish,o’organish(prognoz) muhim ahamiyatga ega.Chunki buning natijasida davlat-xuquqning qanday rivojlanishi to’g’risida ilmiy ma'lumotlar beradi(olinadi).
Davlat va xuquq nazariyasining predmetiga an'anaviy ravishda fanning umumiy harakteristikasiga taalluqli bo’lgan barcha masalalar (predmet va metod, ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o’rni), davlat va xuquqning kelib chiqishi o’zgarishi bilan bog’liq masalalar kiradi.
Umumiy xuquq nazariyasiga taalluqli masalalar juda keng bo’lib, bularga:
* ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tizimida xuquq;
* xuquqning printsiplari, shakllari, manbalari, ijtimoiy mohiyati;
* xuquq va ma'naviyat;
* xuquqiy ong va xuquqiy madaniyat;
* xuquq normalari - tushunchasi, belgilari, tuzilishi, turlari;
* xuquqiy va normativ - xuquqiy aktlar (tushunchasi, printsiplari, tuzilishi
turlari);
* xuquq tizimi va qonunchilik tizimi;
* xuquqiy munosabatlar (tushunchasi, tuzilishi, turlari);
* xuquq ijodkorlari; xuquqni tatbiq etish; va x.
Umumiy davlat va xuquq nazariyasiga taalluhli masalalarga quydagilar kiradi - siyosiy tizim xuquqgi tushunchalar; davlat hokimiyati boshqaruv, davlat apparati xuquqgi tushunchalar; - davlat shakllariga harakteristika (boshqaruv shakli,davlat tuzilishi, siyosiy rejim); - davlatning funktsiyalariga va mexanizimiga harakteristika.
Xulosa
Ma'naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini to‘g‘ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka harakat qiladi. Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qonunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham huquq me'yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish katta ahamiyat kasb etadi. Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talablarini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi. Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi - davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tomonini saqlab, yangi tajribalarni to’plab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tomondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kapitalistik davlat va huquqni solishtirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muhaddasdir.T., O’zbekiston, 1996,T .
2.KarimovI.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod,siyosat,mafko’ra. T.O’zbekiston, 1993 .
3. Azizho’jaev A.A. Davlatchilik va ma'naviyat.T. 1997.
4. Saidov A.Tajihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.1 “Adolat” 2001.
5. Teoriya gosudarstva i prava M. 1994.
6. Islomov Z. Davlat va huquq nazariyasi. Ma'ru’zalar matni.T.Universitet.2000 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |