Davlat va huquq nazariyasining usuli- deganda bu fan o’rganadigan predmetni ilmiy o’rganish yullariga aytiladi. Bu usullar davlat va huquqning mohiyati, vazifalari, funksiyalari va rivojlanishiga ilmiy bilish uchun hizmat qiladi. Bu fan o’z predmetini umumiy va hususiy usullar orkali o’rganadi.
Umumiy usul bu falsafiy (dialektik va tarihiy materializm) qonunyatlariga asosan davlat va huquq masalarini o’rganishdir. Dialektikaning 3-ta asosiy qonuni bo’lib, ular harama - karshiliklar birligi va kurashi qonuni, mikdor o’zgarishlarning sifat o’zgarishlarga o’tishi va inkorni inkor hilish qonuni ososida davlat va huquqning paydo bo’lish va rivojlanishi o’rganiladi.
Falsafiy usulga asosan davlat va huquqni o’rganish- bu ijtimoy hodisa, bular boshqa ijtimoiy hodisalar inson bilan jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy sharoitlari bilan bohlihdir. Bundan tashhari davlat va huquq doimo rivojlanishdadir. Jamiyat taraqqiyotining har bir yanti bosqichga kirishi - davlat va huquqning yangi bosqichidir. Bunda davlat va huquq mohiyatiga ko’ra eski bosqichning ijobiy tamonini sahlab, yangi tajribalarni tuplab ijtimoiy belgilari bilan o’z funktsiyasini bajaradi. Buning isboti uchun bir tamondan quldorlik va feodal davlat va huquqini, ikkinchi tamondan hozirgi kopilastik davlat va huquqni solishtirish mumkin.
Davlat va huquq nazariyasining umumiy usuli bilan bir katorda, uning hususiy ilmiy usullari ham mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi. mantikiy usul, siyosiy usul, tarihiy usul, sotsiologik usul, sistemaliy usul,kiberneka va boshqa usullar.
Mantiqiy usul - davlat va huquq masalalarini mantiq ilmining tafakkur va bilish qonuniyatlarining usul va vositalariga asosan o’rgatadi. Davlat va huquq masalalarini o’rganishda mantiqiy usuldan foydalanish bular haqidagi ilmiy hulosalar chiqarishga imkon beradi.
Qiyosiy usul- bu davlat va huquq hahidagi tushunchalar hodisalar o’zaro solishtirilib, ular o’rtasidagi o’hshashlik va farhlar anihlanadi. Bu usulning fanda va amaliyotda ahamiyati juda kattadir. Masalan davlat va huquqning har bir tipi (quldorlik, feodal, burjuaziya) avvalgisiga nisbatan ijobiydr.
Tarihiy usul- davlat va huquq masalalari tarihiy rivojlanishning turli bosqichlarida o’r2ganiladi. Bunda kishilik jamiyatining turli davrlarida sodir bo’lgan vokealar, hodisalar, tarihiy manbalar qonunlar, alohida ishlar bo’yicha sud kororlari o’rganiladi.
Sotsialogik usul- Davlat va huquq masalalarini o’rganishda alohida dalillar va faktlar asosida o’rganiladi. Bu usul alohida suroklar orkali o’rganishni, anketalar yordamida ma'lumotlar tuplash statistikadan foydalaniladi.
Kibernitik usul- Davlat va huquq sohasida ahborat berishda matematik - statistik usullarni qo’llaigan holda huquqiy statistika va ahboratlarni kompiterlar yordamida kayta ishlashda turli hil tehnika vositalaridan foydalinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |