Davlat universiteti «O„zbek xalq og„zaki ijodi»


“Fonus xayol yoki soya qo`g`irchoq teatri



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#496050
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
ozbek xalq ogzaki ijodi

. “Fonus xayol yoki soya qo`g`irchoq teatri.
Bu teatrda tomoshalar 
qo`g`irchoq yoki qo`l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman 
shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan. 
Qo`g`irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfol`kloriy 
hodisadir. Har bir xalqning o`z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. 
Endilikda xalqona qo`g`irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana 
bormoqda. Ular qo`g`irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) 
atrofiga uhshganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator 
festivallari bo`lib o`tdi. Ularda qo`g`irchoq teatrlari taraqqiyotining o`ziga xos 
tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba 
almashtirishga qaratilgan tanlov – ko`riklar ijobiy natijalar bermoqda. SHunday 
festivallardan biri 1969 yilda Toshkentda o`tkazilib, o`zbek qo`g`irchoq teatrini 
rivojlantirishga kuchli ta`sir ko`rsatdi. O`shanda respublikamizda birgina 
qo`g`irchoq teatri poytaxtda faoliyat ko`rsatardi, bugunga kelib Andijon, 
Samarqand, Buxoro va boshqa bir qator viloyatlar markazlarida ham qo`g`irchoq 
teatrlari fvaoliyat ko`rsata boshlagani quvonarli holdir, albatta.
Xullas, xalq qo`g`irchoq teatri kattalar va ayniqsa, bolalarning sevimli teatri 
sifatida professional qo`g`irchoq teatrlariga aylangungacha uzoq tarixiy yo`lni 
bosib o`tdi. 
Qiziqchi va masxarabozlar teatri. 
Xalq teatrida bosh ijodkor masxaraboz, 
qiziqchi va qo’g’irchoqbozlardir. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilik, ham 
tashkilotchilik vazifalarini bajaradi. «Qiziqchi», «masxaraboz» atamalari har joyda 


har xil ma`noda qo’llaniladi. Bu ikki atama orasida bir-biriga yaqinlik bo’lsa-da 
o’ziga xos ma`nolari bor. Nutqi, hajviy xatti-harakatlari bilan odamlarni kuldirib 
yuruvchi, oddiy, sho’x va hazilkash kishilar ko’pincha qiziqchi deb yuritiladi. 
Odamlarni kuldirishni o’zlariga hunar qilib olgan va maxsus kiyinib, yuzlarini 
bo’yab, sayil, to’y-bazm, bayramlarda tomosha ko’rsatib yuruvchi kishilar 
masxaraboz deb atalgan.
Masxaraboz va qiziqchilar orasida o’z san`atini puxta egallagan va uni 
xalqqa manzur qilgan mashhur ustalar bilan bir qatorda, bu ishga onda-sonda 
aralashadigan havaskorlar ham bo’lgan. Mashhur qiziqchi va masxarabozlar sayil 
va to’ylarda o’z kasb-hunarlarini namoyish etganlar. Qiziqchilarning asl nomi 
bilan bir qatorda, ular ijro etgan qahramonlarning kasb-hunarlari ham ilova tarzida 
ularning ismiga qo’shilgan. Qiziqchi va masxarabozlar rol ijro etibgina qolmay, 
xalq teatrida rejissyorlik vazifasini ham bajargan. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish