Darsning mazmuni:
So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo
bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Bugungi tarixiy-fol’kloriy jarayon o’ziga xos
taraqqiyot tamoyillariga egaligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz istiqlolga
erishgandan keyin boshlangan keng ko’lamdagi ma`naviy tiklanish jarayoni bilan
uzviy bog’liq holda ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilib, badiiy
sayqal berib kelingan muhtasham fol’klor yodgorliklarining jahonshumul
ahamiyati xususida so’z yuritish, xalq ijodiyotining unutilish arafasiga kelib qolgan
ko’plab janrlarini qayta tiklash, ijrochilik an`analarini rivojlantirishning misli
ko’rilmagan imkoniyatlari yuzaga keldi. Natijada joylarda faoliyat olib borayotgan
fol’klor-etnografik jamoalar soni ko’paydi, nafaqat, Surxondaryo, Qashqadaryo va
Xorazm viloyatida, balki baxshichilik maktablarining jonli an`analari yo’qolib
ketgan deb hisoblangan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham baxshi-
shoirlar etishib chiqa boshladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi
tantanalari keng nishonlanishi va baxshi-shoirlar hamda oqinlarning ko’rik-
tanlovlari an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotganligi ham ko’plab yangi
ijrochilarni
kashf
etish
bilangina cheklanib qolmasdan, «Alpomish»,
«Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «Orzigul», «Oshiq G’arib va SHohsanam» singari
an`anaviy dostonlarning yangi variantlari yuzaga kelishiga yo’l ochdi. Baxshi-
shoirlar hur diyorimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini
tarannum etuvchi termalarni yaratdilar. O’zbek marosim fol’klori, askiyachilik,
qiziqchilik, tomosha san`ati, xalq hunarmandchiligining qadimiy an`analari
tiklandi.
Ayrim janrlar, jumladan, marosim fol’klorining ko’plab namunalari
to’plandi. Masalan, «yo ramazon» qo’shiqlari, nikoh to’yi marosimida ijro
etiladigan fotiha olqishlari, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’
yurtdoshlarimiz to’g’risidagi tarixiy rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar,
qal`alar, ziyoratgohlar, muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog’liq afsonalar,
xalqimizning qadimiy mifologik tasavvurlari hamda miflari yozib olindi. Istiqlol
yillarida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Fol’klor
bo’limi xodimlari tomonidan bir nechta fol’klor ekspeditsiyalari o’tkazildi.
Istiqlol sharofati tufayli O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot
institutining Fol’klor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosini o’zida
mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob`ektlaridan biri maqomi berildi. Fol’klor arxivi
mamlakatimizning etakchi ilmiy fondlaridan biri bo’lib, unda saqlanayotgan
materiallar o’zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning
yaratilishi uchun manba bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin fol’klor asarlarini nashr
etish borasidagi ishlar ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o’sdi.
Ko’pgina dostonlar, xalq kitoblari ilk bor nashr ettirildi. O’zbek xalq ertaklarining
bir nechta to’plamlari dunyo yuzini ko’rdi.
O’zbek fol’klorshunoslari, afsona va rivoyatlardan tuzilgan fol’klor
to’plamlarini chop ettirdilar.
Istiqlol tufayli marosim fol’klorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman
ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, o’zbek fol’klorshunosligi
tarixida birinchi marta navro’z bayrami bilan bog’liq o’zbek fol’klori asarlaridan
tuzilgan «Navro’z» kitobi.
O’zbek fol’klorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari o’zbek fol’klori
materiallarini izchil to’plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov asos solgan ilmiy
ekspeditsiya ishini yanada kengroq qamrovda o’tkazish va uning muntazamligini
ta`minlash; H.Zarifov nomli O’zbek fol’klori arxivi materiallarini to’la ilmiy tavsif
qilish va kataloglashtirishni amalga oshirish; fol’klorshunos olimlar tomonidan
qariyib 80 yil mobaynida to’plangan arxiv materiallari va kelgusidagi ilmiy
ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan fol’klor namunalari asosida «O’zbek
fol’klori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nashrini tayyorlash; fol’klor
asarlarining ilmiy va ommabop nashrlarini tayyorlab chop ettirish; o’zbek fol’klori
janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo fol’kloristikasining
ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy o’quv yurtlari talabalari uchun
xalq og’zaki badiiy ijodiyoti bo’yicha yangi darslik va qo’llanmalar yaratishdan
iboratdir.
Xususan, M.Jo’raev Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari aholisining
tabiat hodisalari va osmon yoritqichlari bilan bog’liq mifologik qarashlarini
to’pladi; M.Jo’raev, U.Sattarov, R.Saidovalar Buxoro va Navoiy viloyatlaridan
toponimik afsonalarni yozib oldilar; M.Jo’raev va M.Pirmatovaning ko’p yillik
izlanishlari natijasida Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm
viloyatlari hamda Qirg’iziston respublikasining O’sh viloyatida istiqomat qiluvchi
o’zbeklarning an`anaviy taqvimiga oid boy fol’klor materiallari yozib olindi.
Fol’klor bo’limining ilmiy xodimlaridan X.Xolova Buxoro viloyatining Qorako’l
va Olot tumanlarida ilmiy izlanish ishlari olib borib, to’y marosim qo’shiqlarini
to’plagan bo’lsa, L.Xudoyqulova Surxon vohasi aholisining bola tug’ilishi bilan
aloqador irim-sirimlari, beshik to’yi, sunnat to’yi va nikoh to’yi marosimi
fol’klorini yozib oldi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng
nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzaev bu dostonning Berdi baxshi,
Po’lkan va ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Saidmurod
Panoh o’g’li variantlarini 1999 yilda alohida kitoblar holida to’la nashr ettirdi.
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik hz berdi. Bunga
erlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat etkazgani ma`lum darajada
sabab bo`lgan. SHu munosabat bilan bir necha mashhur termalar yaratilgan.
Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday
asarlardandir. Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real
aks ettiriladi.
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng
yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq og`zaki ijodi
namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi, ibtidoiy, diniy va
e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish imkoniyatlari tug`ildi. Natijada
ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli nashr etilmagan ―SHoh Mashrab qissasi‖
(1991), ―Ibrohim Adham qissasi‖(1991), ―Hazrati Ali haqida qissalar‖ (1992),
―Abu Muslim jangnomasi‖ (1992) va ―Bobo Ravshan‖ (1992) singari diniy-
axloqiy xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi.
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu munosabat
bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an`anaga aylanib
bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. SHu ommaviy
harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-
odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar
sifatida e`zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda
o`tkaziladigan ―Boysun bahori‖ ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax
viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan ―O`zbek xalq o`yinlari‖ va Termizda
o`tkaziladigan ―Alpomish o`yinlari‖ tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda.
SHunisi quvonchliki, ―Boysun bahori‖ HNESKO qarori bilan xalqaro festival
maqomini oldi va nodir ma`naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining
qahramonlik eposi ―Alpomish‖ yaratilganligining 1000 va xalqimiz mifologik
tafakkurining nodir durdonasi ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilliklari o`zbek
fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida
o`zbek fol`kloriga qiziqishni kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari – o`zbek
fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan
og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy – siyosiy voqealarini kuylash,
xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi hksala borishini ko`rsatishga intilish,
ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o`rin tutadi.
ZARURIY ADABIYOTLAR:
1.
X.Razzoqov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent:
«O’qituvchi», 1980, 210-221 betlar.
2.
T.Mirzaev. «Alpomish» dostonining o’zbek variantlari. Toshkent: «Fan», 1999.
3.
E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. SamDU, 2005.
4.
M.Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. Toshkent: «Fan», 2009.
5.
O’zbek xalq dostonlari. 1-2 tom. Toshkent: «Fan», 1956-1957.
6.
Z.Husainova. Go’ro’g’lining tug’ilishi. Toshkent: «Fan», 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |