Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/294
Sana13.02.2023
Hajmi10,95 Mb.
#910747
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   294
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish Amaliy qo\'llanma Aminov M va boshq 2020

Tavsifnoma namunasi
1-ilova
0 ‘zbekiston Milliy universiteti 
Fizika fakultetining
4-bosqich talabasi, 1997-yilda 
tug‘ilgan, o‘zbek,
Nazar Shukurovga
TAVSIFNOMA
Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 2016-yilda Fizika 
fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi.
Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko 
talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlami qunt bilan o‘rganishga 
harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 2017-yilning 
aprel oyida talabalaming Xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’ruza 
bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig‘i bilan 
taqdirlandi.
N.Shukurov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fa- 
kultetning «Yosh fiziklai» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.
U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari 
hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Tavsifnoma Olmazor tumani hokimligiga taqdim qilish uchun 
berildi.
Dekan 
(imzo)
O. Azizov
Kasaba uyushmasi
raisi 
(imzo)
A. Mirvaliyeva
(muhr)
(sana)
303


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
2-ilova
Tavsifiy tavsiyanoma namunasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 
katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari 
nomzodi, 1971-yilda tug‘ilgan, 
o‘zbek, oliy ma’lumotli 
Salim Karimovga
TAVSIFIY TAVSIYANOMA
Salim Karimov 0 ‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent 
davlat universiteti)ning 0 ‘zbek filologiyasi fakultetini tugatib, 
1994-yil oktyabr oyidan boshlab 0 ‘zbekiston Respublikasi Fan­
lar akademiyasining 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 
laborant, 2000-yildan kichik ilmiy xodim, 2005-yildan hozirgi 
paytgacha katta ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda.
Institutdagi faoliyati davomida o‘zbek tilshunosligining mu- 
him va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishga layoqatli 
olim sifatida tanildi.
S.Karimov 1999-yilda « 0 ‘zbek lingvopoetikasining tadrijiy 
taraqqiyoti» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat- 
li himoya qildi. U jumal va to‘plamlarda 64 ta ilmiy va ilmiy-om- 
mabop maqolalar e’lon qildi. Ko‘pgina respublika, respublikala- 
raro va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdi.
U institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida 
faol ishtirok etadi. Institut yosh olimlari kengashining raisi, kasa- 
ba uyushmasi tashkiloti byurosining a’zosi. Jamoa orasida alohi- 
da hurmatga ega.
S.Karimov muntazam ravishda respublika radiosi, matbuoti 
orqali o‘zbek filologiyasi erishgan yutuqlami targ‘ib qilib keladi. 
Ilmiy va jamoat ishlarida faolligi uchun bir necha marta institut 
ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari va tashakkumomalar bi­
lan taqdirlangan.
S.Karimov doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy 
saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi.
304


Tavsifnoma, tavsiyanoma
U har ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehri- 
bon va g‘amxo‘r. Uylangan, ikkita bolasi bor.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0 ‘zbek tili, 
adabiyoti va folklori institutining ma’muriyati, kasaba uyushmasi 
tashkiloti Salim Karimovni « 0 ‘zbek tili va adabiyoti» mutaxas- 
sisligi bo‘yicha AQShda 2 yil muddatga o‘qituvchi sifatida ish- 
lash uchun tavsiya etadi.
Tavsifnoma 
ilmiy 
kengashda tasdiqlangan 
(2018-yil
15-maydagi 10-bayonnoma).
0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi 0 ‘zbek tili,
adabiyoti va folklori instituti direktori 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish