Ma 'lumot-axborot hujjatlari
TU SH U N T IR ISH XATI
Xizmat
sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning
ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rah-
bariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) y o ‘llanuvchi
hujjatdir.
Yuqoridagi ta ’rifdan k o‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi
m a’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xusu-
siyatga ega. Keyingi holatda, y a’ni
tushuntirish xati yuqori
tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat
(rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida b o ‘lib, mazkur
hujjatni umuman yoki uning b a’zi o ‘rinlarini qisman izohlab,
tushuntirib beradi.
Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek,
muassasada bo‘lib o ‘tgan voqea-hodisaga, rahbam ing b a ’zi
xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlaming bajarilmay qoli-
shiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tu
shuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara-
may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rah
bar tomonidan imzolanadi.
Ichki,
boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari,
asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer x o‘jaligi a’zosi, ta-
laba) tomonidan, ba’zan b o‘linmalar rahbarlari tomonidan
muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayoni
da xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan b a’zi xatti-harakat-
lar (masalan, ish yoki o ‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja
yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik,
belgilangan tartib-qoi-
dalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ulaming sabablari
izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan
imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yozi-
312
Tushuntirish xati
ladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar)
shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim
haqida muayyan qarorga kelish, unga
nisbatan tegishli inti-
zomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa,
qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o ‘tashi mumkin.
Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan
iborat boMadi:
1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs
ning to ‘liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning
to‘liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar
nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida
rasmiylashtiriladi va ulaming to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida
aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodim
ning to ‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan)
b o ‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, otaismining bosh
harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan
tushuntirish
xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining
joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining
muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qarat-
qich kelishigida rasmiylashtirilgani m a’qul.
4-9-ilovalarda shaxsiy xususiyatdagi
tushuntirish xatlari-
ga bir necha namunalar berildi. Muassasa nomidan yoziladi
gan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi
sababli ularga oid namunalar berilmadi.
313