1.Yangi tahrirdagi “Davlat tili to`g`risidagi qonun” qachon qabul qilindi?
1995-yil 21-dekabrda
1990-yil 19-fevralda
1993-yil 2-3-sentabrda
1995-yil 6-7-mayda
2.Bir millatga mansub bo`lib turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatilinadigan millliy til ko`rinishi nima deyiladi?
Sheva
Adabiy til
Lahja
Yangi til ko`rinishi
3.Inak so`zini bildiruvchi so`z aks etgan javobni belgilang?
A. Bizning sigirlarimiz ko`p
sut bermoqda
Bizning uyda katta beshik bor.
E do`stim,bo`rilarni otmasak bo`lmaydi.
Men sizni kimgadir o`xshatibman.
4.Buvi so`zini aks ettiruvchi so`zni belgilang?
Anna
Yoshuli
opoqi
D.secha
5.Lahja asosan necha turga bo`linadi?
3
2
4
5
6.Qarluq lahjasiga oid bo`lmagan xususiyatni belgilang?
Qaratqich kelishigi asosan -ni,-di,-ti tarzida ishlatiladi.
a o`rniga o,o o`rniga a ishlatiladi.
So`z oxiridagi k tovushi y tarzida talaffuz etiladi.
Bu sheva asosan shahar shevalari hisoblanadi.
7.O`zbek atamasi ilk marta kimning qaysi asarida uchraydi?
Rashididdinning “Mo`g`ullar tarixi”
Navoiyning “Muhokamat-ul lug`atayn”
Boburning “Boburnoma”
D. Jomiyning “Bahoriston”
8.O`g`uz guruhiga kiruvchi tillarni belgilang?
ozarbayjon, usmonli turk, turkman
B. `ur, nayman, qipchoq
C. o`zbek, uyg`ur
D.qirg`iz, qozoq, chuvash, yoqut
9.O`kush so`zining qaysi davrga oidligini va ma`nosini toping.
qadimgi turkiy tilga va ko`p degani
eski o`zbek adabiy tiliga va qo`shin degani
eski turkiy tilga va ko`p degani
eski turkiy tilga va urug`, zot degani
10.Qadimgi turkiy til davriga oid to`g`ri ma`lumotni belgilang.
A.Bu davrga oid ko`ch so`zi urug`-zot ma`nosini bildiradi.
B.urxun-enasoy, turk, qisman moniy yozuvlari shu davrga oid.
C.1894-yil Vilgelm Tomson bitiktoshlar sirini ochdi.
D.Bu davrga oid bitiktoshlarni Tomson, Vidzen, Medlshtam, Radlov o`rganishgan.
11.Hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish davrini ko`rsatuvchi davrni belgilang?
O’rta turk davri
Oltoy davri
Qadimgi turk davri
Eng qadimgi turk davri
12.Hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy hisoblangan yozuvlar berilgan javobni aniqlang?
A.barcha javoblar to`g`ri
B.uyg`ur, moniy
C.so`g`d, moniy
D.urxun-enasoy, so`g`d
13.Turkiy tillar qadimda qaysi tillar bilan bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb yuritilgan?
mo`g`ul, tungus-manjur
so`g`d, moniy
mo`g`ul, uyg`ur
moniy, uyg`ur
14.Emgak ekinda qolmas. Ushbu maqol qaysi turkiy til davriga oid?
Qadimgi turkiy til
Eski turkiy til
Eski o`zbek tili
Hozirgi o`zbek tili
15.Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy-lingvistik yodgorligi bo`lgan asar qaysi?
Devon-u lug`otit turk
O`g`uznoma
Hibat-ul haqoyiq
Qutadg`u bilig
16.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi kimning nomi bilan bog`liq?
Qoshg`ariy
Bobur
Navoiy
Yusuf Xos Hojib
17.Quyidagi qaysi asar o`zida o`z davrining fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari va folklorni aks ettiradi?
Devon-u lug`otit turk
Qutadg`u bilig
Hibat-ul haqoyiq
D.Muhabbatnoma
18.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” asari aruzning qaysi bahrida yaratilgan?
Mutaqorribi musammani mahzuf
Ramali musammani mahzuf
Hazaji musammani solim
D. Hazaji musaddasi solim
19.Hibat-ul haqoyiq asari muallifi kim?
Ahmad Yugnakiy
Ahmad Yassaviy
Yusuf Xos Hojib
Qoshg`ariy
20.Sandilach so`zi qaysi turkiy til davriga oid va ma`nosi nima?
Eski turkiy tilga va sa`va degani
Qadimgi turkiy tilga va qaldirg`och degani
Eski turkiy tilga va bulbul degani
Eski o`zbek tiliga va sa`va degani
21.Ko`kramak so`zining ma`nosini toping?
na’ra tortmoq
chaqirmoq
baqirmoq
dod solmoq
22.Eski o`zbek adabiy tiliga oid so`zlarni belgilang?
1.batsiq 2.ko`kramak 3.cherik 4.ingek 5.sandilach 6.ev 7.bilig 8.art 9.elig 10.bo`gu 11.o`kush
12. qopungda 13.behbud
3,6,12,13
2,5,9,11
3,5,6,
3,5,6,8
23.Qaysi ijodkor o`zbek tilini xazina deb bildi va uni ilon-u tikanlardan tozalab berdi?
Navoiy
Yusuf Xos Hojib
Qoshg`ariy
Bobur
24.Qaysi asarda hunar va mansablardagi qo`shimchalarga alohida to`htalib o`tilgan?
Muhokamat ul lug`atayn
Hibat-ul haqoyiq
Qutadg`u bilig
Devon-u lug`otit turk
25.Qarluq-uyg`ur an`anasida yaratilgan dastlabki asarni belgilang?
Qissasi Rabg`uziy
Qissayi Yusuf
Tafsir
Merojnoma
25.G`arbiy til an`anasida yaratilgan dastlabki asarni belgilang?
Qissayi Yusuf
Tafsir
Merojnoma
Qissasi Rabg`uziy
26.Behbud so`zining ma`nosini toping?
sog`lomlik
bilmayman
kasb-hunar
D. uy
27.Huvaydo so`zining ma`nosini toping?
ayon,ravshan
tarqaldi,ketdi
jon,vujud
qamish qalam
28.Turkiy tillar oilasiga mansub bo`lmagan guruh nomi qaysi javobda berilgan?
Eroniy
Qarluq
Qipchoq
O`g`uz
29.Qoraxoniylar davrida sharqiy va g`arbiy adabiy tillar deganda qaysi tillar nazarda tutilgan?
Qarluq-uyg`ur va qipchoq-o`g`uz
Qarluq-o`g`uz va qipchoq-uyg`ur
yag`mo-tuxsi va qang`li-qipchoq
xoqoniy-uyg`ur va qipchoq-o`g`uz
30.Kim turkiy tilgrammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim sifatida e`tirof etiladi?
Qoshg`ariy
Zamaxshariy
Beruniy
Navoiy
31.So`z oxiridagi g` tovushining v tarzida talaffuz etilishi qaysi lahjada so`zlashuvchilar uchun xos?
qipchoq
o`g`uz
qarluq
shahar shevalariga mansub so`zlashuvchilar uchun
32.Hozirda o`rxun-enasoy yozuvlarining qanchasi fanga ma`lum?
700ga yaqin
750
600dan ortiq
700dan ortiq
33.Quyidagi asarlardan qaysi biri eski turkiy til davriga oid yozma yodgorlik hisoblanmaydi?
Muhokamat ul lug`atayn
Hibat-ul haqoyiq
Qutadg`u bilig
Devon-u lug`otit turk
34.Quyidagi so`zlardan qaysi biri kasb-hunar degan ma`noni anglatadi?
pesha
cherik
huvaydo
D.behbud
35.Eski turkiy til davriga oid “ko`ni” so`zining ma`nosi nima?
to`g`ri,rost
qizil
dono
hukmdor
36.Qadimgi turkiy til davriga oid “batsiq” so`zining ma`nosini toping?
g`arb
bilim
ko`p
urug`, zot
37.O`rxun-enasoy yodgorliklaridagi harflar birinchi bo`lib kim tomonidan o`qib o`rganilgan?
Radlov
Tomson
Melioranskiy
Vidzen
38.Quyidagi bayt qaysi asardan olingan?
Ko`ni bo`l, ko`ni qil, atin ko`ni,
Ko`ni teyu bilsin xaloyiq seni.
Hibat-ul haqoyiq
Qutadg`u bilig
Devon-u lug`otit turk
D.Shajarayi turk
39.Og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limini toping.
A. Fonetika
B. Grafika
C. Orfografiya
D. Punktuatsiya
40.Yozma nutqning harf tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limini toping.
A. Garfika
B. Fonetika
C. Orfografiya
D. Punktuatsiya
41. Qaysi so’zda faqat til orqa unlilar qo’llangan?
A. bola
B. beshik
C. orzu
D. erkin
42.Zamin uzra qo’shilmasida urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A. ikkinchi bo’g’inga
B. birinchi bo’g’inga
C. uchinchi bo’g’inga
D. to’rtinchi bo’g’inga
43.O’rnimdan turib, uy eshigini ochsam o’g’lim bilan o’rtog’i sovuqdan qulog’i va burni qizarib ketgan holda yig’lab turardi. Berilgan gapning necha o’rnida fonetik hodisa sodir bo’lgan?
A. 10 ta
B.12 ta
C. 8 ta
D. 6 ta
44.Qaysi so’zlarda nuqtalar o’rnida bo’g’iz undoshi qo’llanishi lozim?
A. mav…um, mo…ir
B. so…ta, sar…il
C. ba…il, mu…bir
D. mu…lis, ma…sus
45.B va p undoshlari qaysi xususiyatiga ko’ra farqlanadi?
A. tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra
B. hosil bo’lish usuliga ko’ra
C. hosil bo’lish o’rniga ko’ra
D. ovozning miqdoriga ko’ra
46.Jarangli til undoshlarning nechtasi o’z jarangsiz juftiga ega?
A. 6
tasi
B. 7 tasi
C. 8tasi
D. 5 tasi
47.Chuqur til orqa undoshlari berilgan javobni toping.
A.q, g’, x
B. g, k, ng
C.f, v, m
D. q, g’,h
48.Urg’u dastlabki bo’g’iniga tushadigan so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A. texnika, radio
B. albatta, nahotki
C. jarima, vakolat
D. reklama, antenna
49. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko’rma.
Berilgan gapda tovush o’zgarishlarining qaysi turlari sodir bo’lgan?
1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush ortishi
A. 1,2,3
B. 1,3
C. 2,3
D. 1,2
50. Xalqimiz tarixida eng uzoq davr mobaynida foydalanilgan yozuv qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A.arab yozuvi
B. uyg’ur yozuvi
C. lotin yozuvi
D. o’rxun yozuvi
51.Sanab sanog’iga yetolmadim. Berilgan gapda yuz bergan fonetik o’zgarishlar miqdori qaysi javobda to’g’ri qayd etilgan?
A. 5 ta
B. 6 ta
C. 4 ta
D. 3 ta
52.Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh sifatida talaffuz etiladi?
A. to’qson
B. ketdi
C. shanba
D. ovora
53.Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi jarangli undosh jarangsiz undosh sifatida talaffuz etiladi?
A. ketdi
B. to’qson
C. shanba
D. ovora
54.Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz etiladi?
A. shanba
B. ketdi
C. to’qson
D. ovora
55.Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi undosh qo’sh undosh sifatida talaffuz etiladi?
A. ketdi
B. to’qson
C. shanba
D. ovora
56.Qaysi qatordagi so’zlar faqat yopiq bo’g’inlardan iborat?
A. maktab, maqsad, mas’ul
B. ko’ngil, singil, dengiz
C. tulki, parvo, mavzu
D. kohin, qonun, ta’lim
57.Yopiq bo’g’inlardan biri faqat lab undoshlaridan tashkil topgan so’zni toping.
A. mafkura
B. bodomzor
C. konduktor
D. paluba
58.Qaysi so’z tarkibidagi undoshlar
hosil bo’lish usuliga ko’ra farqlanmaydi?
A. matonat
B. shaytanat
C.haqiqat
D. shijoat
59.Qaysi so’z tarkibidagi undoshlar
ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra farqlanmaydi?
A. haqiqat
B.shaytanat
C. matonat
D. shijoat
60.Qaysi fikr to’g’ri emas?
A. Ot yasovchi –ma morfemasi urg’usiz qo’shimcha sanaladi.
B. Fe’l yasovchi –la morfemasi urg’usiz qo’shimcha sanaladi.
C. Ravish yasovchi morfema –cha urg’usiz qo’shimcha sanaladi.
D. Ayiruv-chegaralov yuklamasi –gina urg’usiz qo’shimcha sanaladi.
61.Qaysi so’zlar egalik shakllari bilan turlanishi natijasida tovush tushishi sodir bo’ladi?
A. shahar, bag’ir, burun
B. qishloq, bilak, yutuq
C. mavzu, mavqe, obro’
D. idrok, huquq, ocherk
62.Qo’sh undoshlaridan biri tushirilganda o’zga ma’no ifodalovchi so’zlar berilgan javobni toping.
A. essiz, ushshoq, darra
B. tilla, jiddiy, avval
C.achchiq, issiq, qattiq
D.jarroh, katta, chaqqon
63.Urg’u ma’no farqlaydigan so’zlar berilgan javobni toping.
A. yangi, hozir, toza
B. sekin, bugun, ancha
C. uzoq, qalin, tiniq
D. behad, yayov, kecha
64.Qaysi qo’shimchalar ta’sirida asosda tovush almashishi sodir bo’lishi mumkin?
1) –iston 2) –illa 3) –imtir 4) –q
A. 3,4
B. 1,2,3
C. 1,3,4
D. 2,3,4
65.Berilgan so’zlarning nechtasi tarkibida fonetik o’zgarish(fuziya) ro’y bergan?
yig’lamoq, o’ynamoq, anglamoq, sanamoq, qiynamoq, chaqnamoq, saylamoq, ayblamoq
A. 6 tasi
B. 7 tasi
C. 5 tasi
D. 4 tasi
66.Asosga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida qanday fonetik o’zgarishlar yuz beradi?
1) tovush tushishi 2) tovush almashishi 3) tovush ortishi
A. 1,2,3
B. 1,2
C. 1,3
D. 2,3
67.“Kecha kerak bo’lding, bolalik chog’im!
Senga qo’l uzatdim, yo’q, yetolmadim.
Oshkora g’irromlik qildi o’rtog’im,
Men: bor, o’ynamayman, deb ketolmadim…”
(Erkin Vohidov)
Berilgan to’rtlikda yuz bergan fonetik o’zgarishlar miqdorini aniqlang.
A. 4 ta
B. 3 ta
C. 4 ta
D. 5 ta
68.Qor, qol, qot so’zlarining ma’nosini farqlash uchun xizmat qilayotgan tovushlar haqidagi to’g’ri fikrni toping.
A.til undoshlari
B. portlovchi undoshlar
C. jarangli undoshlari
D. shovqinli undoshlar
69.Olma eksa bog’iga har kim,
Mehmoniga ol, ye, demasmi?
“
Olma” mening mehmondo’st xalqim,
Odatiga yot so’z emasmi?
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning urg’usi haqida aytilgan to’g’ri fikrni toping.
A. 1-so’zning 2-bo’g’ini, 2-so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
B. 1-so’zning 1-bo’g’ini, 2-so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
C. har ikkala so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
D. har ikkala so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
70.Undosh tovushlar qaysi xususiyatiga ko’ra
lab, til va bo’g’iz undoshlariga bo’linadi?
A.qaysi nutq azosi ishtirok etishiga ko’ra
B. tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra
C. paydo bo’lish usuliga ko’ra
D. ovozning ishtirok etishiga ko’ra
71.Qaysi fe’llardan o’tgan zamon sifatdoshi hosil qilinsa, tovush almashishi sodir bo’ladi?
1) sog’moq 2) ekmoq 3) chiqmoq 4) o’smoq
A. 2,3
B. 1,4
C. 1,2,3
D. 2,3,4
72.Qaysi javobda til oldi jarangli sirg’aluvchi shovqinli undosh berilgan?
A. z
B. l
C. d
D. s
73.So’zlarga qaysi kelishik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida fonetik hodisa sodir bo’lishi mumkin?
1) qaratqich 2) tushum 3) jo’nalish 4) o’rin-payt 5) chiqish
A. 1,2,3,4,5
B. 1,2
C. 3,4,5
D. 1,2,3
74.Tutuq belgisi bilan ma’nosi farqlanadigan so’zlar berilgan qatorni toping.
A. sur’at, qal’a, a’yon
B. qat’iy, mas’ul, ma’lum
C. qit’a, ra’no, ta’lim
D. ta’zim, mas’ud, mash’um
75.Qaysi javobda bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadigan so’zlar berilgan?
A. sport, punkt
B. kongress, shtanga
C. kauchuk, aorta
D. ma’no, da’vo
76.Qaysi javobda o’zlashma(olinma) so’z berilmagan?
A) ko’klam
B) jirafa
C) mafkura
D) ta’lim
77.Qaysi so’zning faqat asosida fonetik o’zgarish sodir bo’lgan?
A. sarg’ay
B. buyruq
C. yig’loqi
D. o’ynoqi
78.Tilshunoslikning qaysi bo’limida so’zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllar o’rganiladi?
A.morfologiya
B. leksikologiya
C. sintaksis
D. morfemika
79.Tilshunoslikning qaysi bo’limida so’zlarning atash ma’nolari o’rganiladi?
A. leksikologiya
B. morfologiya
C. sintaksis
D. morfemika
80.Qaysi ko’makchi morfemalar grammatik shakllar sanaladi?
1) so’z yasovchi 2) lug’aviy shakl yasovchi 3) sintaktik shakl yasovchi
A. 1,2,3
B. 1,3
C. 2,3
D. 1,2
81.Tilshunoslikning qaysi bo’limlarida so’z va uning ma’nolari o’rganiladi?
A. morfologiya va leksikologiya
B. morfologiya va sintaksis
C. leksikologiya va morfemika
D. morfologiya va morfemika
82.Qaysi javobda “olmalarni” so’zining atash ma’nosi berilgan?
1) mevali daraxt 2) olma daraxti mevasi 3) ko’plik shaklidagi ot 4) tushum kelishigi shaklidagi ot
A. 1,2
B. 3,4
C. 1,2,3,4
D. 2,4
83.Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi.
Gapdagi atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar miqdori toping.
A. 3 ta
B. 4 ta
C. 5 ta
D. 6 ta
84.Ammo bola ularning savollariga javob bera olmay qolgan edi.
Gapdagi mustaqil so’zlar miqdori toping.
A. 4 ta
B. 5 ta
C. 6 ta
D. 7 ta
85.Qaysi javobda sinonim so’zlar berilgan?
A. tal’at—chehra
B. amir—farmon
C. asr—tutqun
D. a’yon—ravshan
86.Qaysi javobda antonim so’zlar berilgan?
A. do’st—dushman
B. ota—ona
C. oy—quyosh
D. kitob—daftar
87.Qaysi javobda paronim so’zlar berilgan?
A. jodi—jodu
B. ajdar—ajdarho
C. kabutar—kaptar
D. qobirg’a—qovurg’a
88.Qiyin so’zining antonimi bilan sinonim bo’la oladigan iborani toping.
A. xamirdan qil sug’urgandek
B. tomdan tarasha tushgandek
C. yog’ tushsa yalagudek
D. tulkini inlatgan tozidek
89.Berilgan sinonimik qatordagi bosh so’zni toping. ulkan—katta—buyuk—gigant
A. katta
B. ulkan
C. buyuk
D. gigant
90.Talaffuzi bir xil, imlosi biroz farq qiladigan, ammo ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladigan so’zlar qanday ataladi?
A. paronim so’zlar
B. omonim so’zlar
C. sinonim so’zlar
D. antonim so’zlar
91.Bir ma’noni ifodalovchi bir nechta so’z bu…
A. sinonim so’zlar
B. ko’p ma’noli so’zlar
C. omonim so’zlar
D. paronim so’zlar
92.Bir nechta ma’no ifodalovchi bitta so’z bu…
A. sinonim so’zlar
B. ko’p ma’noli so’zlar
C. omonim so’zlar
D. paronim so’zlar
93.Bir shaklga ega bo’lgan bir nechta so’z bu…
A. omonim so’zlar
B. ko’p ma’noli so’zlar
C.sinonim so’zlar
D. paronim so’zlar
94.So’zning nutqdan tashqarida, boshqa so’zlar ta’sirisiz ifodalaydigan ma’nosi qanday ataladi?
A. to’g’ri ma’no
B. ko’chma ma’no
C. bir ma’nolilik
D. ko’p ma’nolilik
95.Faqat to’g’ri ma’noda qo’llanadigan, ko’chma ma’noda qo’llanmaydigan so’zlar qanday nomlanadi?
A. monosemantik(bir ma’noli) so’z
B. polisemantik(ko’p ma’noli) so’z
C. uyadosh so’z
D. shakldosh so’z
96.So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi yordamida tajnis she’riy san’ati, tuyuq janri yaratiladi?
A. omonim so’zlar
B. antonim so’zlar
C. polisemantik so’zlar
D. sinonim so’zlar
97.“Taqdiringni qo’ling bilan yoz,
Mehring bilan qishni qilgin yoz.
Erkinlikning osmonida uch,
Maqsad sari qanotingni yoz”. (Hamid Nuriy)
Berilgan to’rtlikning qofiyasida qo’llangan shakldosh so’zlarning turkumini aniqlang.
A. fe’l, ot,fe’l
B. ot, ot, fe’l
C. fe’l, ot, ot
D. ot, fe’l, fe’l
98.Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilmagan?
A. Bu elda har qanday dushmanga yuzlasha oladigan botir xalq yashaydi.
B. Uning dastxati suluv edi.
C. Shahrimizda birin-ketin buyuk imoratlar qad rostlamoqda.
D. Chol yoshini yashab, oshini oshab o’z ajali bilan halok bo’ldi.
99.Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot,
handasa, tibbiyot, jo’g’rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A. arxaik so’z
B. tarixiy so’z
C. shevaga oid so’z
D. atama
100.Teatr sahnasi uchun yozilgan asarlar
dramaturgiyani tashkil etadi.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A. atama
B. tarixiy so’z
C. shevaga oid so’z
D. arxaik so’z
101.Bolalar daraxtga
shoti qo’yib, qushlar uchun in o’rnatdilar.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A. shevaga oid so’z
B. tarixiy so’z
C. arxaik so’z
D. atama
102.Shundan so’ng Qobilbobo
aminning oldiga borishiga to’g’ri keldi.
Berilgan gapda ostiga chizilgan so’z qanday so’z?
A. tarixiy so’z
B. arxaik so’z
C. shevaga oid so’z
D. atama
103.Taniqli jurnalist Abdulla Rahmonov uzoq yillar tuman
radiosida ishladi.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. metonimya
B. sinekdoxa
C. metafora
D.
vazifadoshlik
104.“Bir marta ko’rganman, faqat bir marta,
Oyning
o’rog’iga yulduz qo’nganin”. (Abdulla Oripov)
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. metafora
B. sinekdoxa
C. metonimya
D. vazifadoshlik
105.Dadam rahmatli bot-bot eslardi:”Qatag’on yillari bitta
suyagimiz rus o’lkasiga ko’chirma qilingan”.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A.metonimya
B. sinekdoxa
C. metafora
D. vazifadoshlik
106.Samolyotning har bir
qanotiga ikkitadan dvigatel o’rnatilgan ekan.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. vazifadoshlik
B. sinekdoxa
C. metafora
D. metonimya
107.Bolaligimizda “
G’uncha”ni sevib o’qirdik.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. metonimya
B. sinekdoxa
C. metafora
D. vazifadoshlik
108.Jaholat
ildiz otgan jamiyat halokatga mahkum.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. vazifadoshlik
B. sinekdoxa
C. metafora
D. metonimya
109.Yangi yil archasini rang-barang
chiroqlar bilan ham bezadik.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. vazifadoshlik
B. sinekdoxa
C. metafora
D. metonimya
110.“Shu shaldiroq
aravam bo’lmaganda, seni kontrakt asosida o’qita olmas edim”,—dedi Hotam taksichi “Matiz”inidan ko’zini uzmay.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. vazifadoshlik
B. sinekdoxa
C. kinoya
D. metonimya
111.Mana, uch kundan beri qorasoqol yelkasiga ov miltig’ini osib, bo’rilarni ta’qib qiladi.
Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan?
A. sinekdoxa
B. metonimya
C. metafora
D. vazifadoshlik
112.“So’zingni avayla—omondir boshing,
Tilingni avayla—uzayar yoshing”. (Yusuf Xos Hojib)
Berilgan baytda ma’no ko’chishining qaysi usullar sodir bo’lgan?
1) metafora 2) metonimiya 3) sinekdoxa 4) vazifadoshlik
A. 1,2
B. 1,2,4
C. 2,4
D. 1,3
113.Qaysi javobda so’zning to’g’ri ma’nosi va ko’chma ma’nosi juftligi berilmagan?
A. og’ir jarohat—og’ir kuy
B. toza uy—toza qalb
C. qattiq yer—qattiq ovoz
D.qalin mato—qalin do’st
114.“Gulshanda gullarni tebratar sabo,
Adashgan yo’lchidek daydib yurar yel”. (Erkin Vohidov) Berilgan qo’shmisrada so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turi qo’llangan?
A. ma’nodosh so’zlar
B. ziddosh so’zlar
C. shakldosh so’zlar
D. talaffuzdosh so’zlar
115.Juft so’zning qismlari o’zaro qanday so’zlardan tashkil topadi?
1) ma’nodosh so’zlardan 2) ziddosh so’zlardan 3) uyadosh so’zlardan 4) shakldosh so’zlardan
A. 1,2,3
B. 1,3,4
C. 1,3
D. 1,2
116.Qaysi so’zlardagi omonimlik har xil so’z turkumi doirasida yuz beradi?
A.taxt, hozir, ari
B. kadr, palata, chechak
C. karam, gul, chaq
D. palla, og’iz, shox
117.Qaysi so’zlardagi o’zaro paronimlik bir turkum doirasida yuz bergan?
A. sur’at—surat
B. sa’va—sava
C. qal’a—qala
D. ta’qib—taqib
118.Qaysi gapda quloq so’zining ma’nosi metonimiya asosida ko’chgan?
A. Necha marta aytishim kerak? O’zi senda quloq bormi?!
B. Eshitgan quloq nima deydi?!
C. Kaliforniya shtatida dunyodagi eng qudratli quloqlar—lokatorlar o’rnatilgan.
D. Qozonning ikki qulog’idan avaylab ko’tardi.
119.Qaysi gapda ko’z so’zining ma’nosi sinekdoxa asosida ko’chgan?
A. Uyda to’qqizta qora ko’z Sizni intiqlik bilan kutib turibdi.
B. Xolnisoning ko’zi yomon—o’sal qiladi.
C. Zamonaviy videokameralarning o’tkir ko’zi mitti jonzorlarning har bir tukini ham ilg’ay oladi.
D. Bir kuni malikaning uzugiga qadalgan ko’z yo’qolib qolibdi.
120.Quyida berilgan so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noni toping. qizil, shirin, muattar, katta
A. grammatik ma’no
B. leksik ma’no
C. uslubiy ma’no
121.Mehmon kelib, kasalning oyog’iga o’tirdi.
Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
A. metonimiya
B. metafora
C. sinekdoxa
D. vazifadoshlik
122.Tog’ etagi ko’m-ko’k maysalar bilan qoplangan.
Berilgan gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
A. metafora
B. metonimiya
C. sinekdoxa
D. vazifadoshlik
123.Qaysi javobda sinonim so’zlar berilmagan?
A. olma—anor—gilos—anjir
B. sabr—toqat—bardosh—matonat
C. hayo—nomus—ibo—iffat
D. baxt—saodat—omad—iqbol
124.Qaysi javobda paronim so’zlar berilmagan?
A. vafo—jafo
B. sayil—sayr
C. devon—dovon
D. afzal—abzal
125.Kasbiy atamalar berilgan javobni toping.
A. chala, yonbosh, halol
B. tashbeh, kesim, qit’a
C. katet, azimut, kometa
D. hujayra, ildiz, musbat
126.Qaysi javobda biri atash ma’nosiga ega bo’lgan, biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan fe’llardan tashkil topgan birlik berilgan?
A. o’tirib turmoq
B. ketib qolmoq
C. borib kelmoq
D. olib bermoq
127. So’zlarning eng kichik ma’noli qismlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang.
A. morfemika
B. morfologiya
C. sintaksis
D. frazeologiya
128.Odobli va adolatli insonning qalami baxt-saodat uchun xizmat qiladi, odamlarni yaqinlashtiradi, do’stlikni mustahkamlaydi. Berilgan gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang.
A. 7 ta
B. 6 ta
C. 5 ta
D.4 ta
129.Tepada cho’ziq oshqovoqlar quyoshning so’nggi shu’lalari bilan oltinlanar edi. Gapdagi sodda yasama so’zlarning asosi qaysi turkumlarga mansub?
A. ot, sifat, fe’l
B. ot, ravish, fe’l
C. sifat, ot, ravish
D. fe’l, ravish, sifat
130.Qaysi javobda tarkibida fonetik o’zgarish bo’lgan sodda yasama so’z qo’llangan?
A. Ko’klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.
B. Izg’irindan ko’zlar yoshlandi.
C. Bir-birimiz bilan eski qadrdonlardek suhbatlashdik.
D. Dalada mashinalar ko’paymoqda.
131.Hindubek turkiy va forsiy tillarni mukammal o’rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi ekani uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. Gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini toping.
A. 5 ta
B. 4 ta
C. 3 ta
D. 2 ta
132.So’z tarkibini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limini aniqlang.
A. morfemika
B. fonetika
C. grafika
D.
leksika
133.Qaysi fikr barcha qo’shimchalar haqida bildirilgan hukm sanaladi?
A. mustaqil holda qo’llana olmaydi.
B. so’zga qo’shimcha ma’no yuklaydi.
C. so’zga yangi ma’no yuklaydi.
D. so’zlarni bir-biriga bog’laydi.
134.Qaysi javobda qo’shimchalarning qo’llanish o’rniga ko’ra ikki turi qo’llangan?
A.sergaplik, noqonuniy
B.dehqonchilik, temirchilik
C. kitobxonlar, iliqroq
D. aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor
135.Qaysi javobda qo’shimchalarning vazifasiga ko’ra ikki turi qo’llangan?
A. kitobxonlar, iliqroq
B. dehqonchilik, temirchilik
C. sergaplik, noqonuniy
D. aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor
136.Qaysi javobda qo’shimchalarning tuzilishiga ko’ra ikki turi qo’llangan?
A. dehqonchilik, temirchilik
B. sergaplik, noqonuniy
C. kitobxonlar, iliqroq
D. aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor
136.Qaysi javobda qo’shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra ikki turi qo’llangan?
A. aqlli—aqlsiz, paxtakor—itoatkor
B. dehqonchilik, temirchilik
C. kitobxonlar, iliqroq
D .sergaplik, noqonuniy
137.Qaysi javobda so’z yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan?
A. –dosh, -ona, -lan
B. –ala, -qiz, -mtir
C. –yap, -sin, -dan
D. –cha, -lab, -ay
138.Qaysi javobda lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan?
A. –ala, -qiz, -mtir
B. –dosh, -ona, -lan
C. –yap, -sin, -dan
D. –cha, -lab, -ay
139.Qaysi javobda sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan?
A. –yap, -sin, -dan
B. –ala, -qiz, -mtir
C. –dosh, -ona, -lan
D. –cha, -lab, -ay
140.Qaysi javobda so’z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo’shimchalar ko’rsatilgan?
A.–cha, -lab, -ay
B. –ala, -qiz, -mtir
C. –yap, -sin, -dan
D. –dosh, -ona, -lan
141.Ayirmoq va qayirmoq fe’llariga qanday qo’shimcha qo’shilishi natijasida tovush tushishi sodir bo’ladi?
A.nisbat qo’shimchasi
B.zamon qo’shimchasi
C. mayl qo’shimchasi
D. shaxs-son qo’shimchasi
142.Fe’llarning munosabat shakllari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) zamon qo’shimchalari 2) shaxs-son qo’shimchalari 3) nisbat qo’shimchalari 4) mayl qo’shimchalari 5) bo’lishsizlik qo’shimchalari
A) 1, 2, 4,
B) 1, 2, 4 ,5
C) 1, 2, 3
D) 2, 4, 5
143.Ismlarning munosabat shakllari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) egalik qo’shimchalari 2) kelishik qo’shimchalari 3) erkalash qo’shimchalari 4) kichraytirish qo’shimchalari 5) bog’lamalar
A) 1, 2, 5
B) 1, 2, 4
C) 1, 2,3, 5
D) 2, 3, 5
144.Nimani eksang, shuni o’rasan. Ushbu maqolda qo’llangan sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 6 ta
B. 4 ta
C. 3 ta
D. 2 ta
145.To’qlikda ochlikni o’yla, boyiganda muhtojlikni o’yla. Ushbu maqolda qo’llangan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 6 ta
B. 5 ta
C. 4 ta
D. 3 ta
145.Lipillab yonayotgan shamning qizg’ish shu’lasida Olimxonning iztirob qalqigan kulcha yuzi qorayib ko’rinmoqda edi. Ushbu gapda qo’llangan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A) 6 ta
B) 5 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
146.Qaysi qo’shimchalar uch xil talaffuz qilinadi va uch xil yoziladi?
A. –gina, -gan
B. –day, choq
C. –boz, -bon
D. –illa, -indi
147.Qaysi javobda ma’nodosh qo’shimchalar berilmagan?
A.–kor/-dosh
B. –li/-kor
C. –ona/-larcha
D. –chi/-shunos
148.Qaysi javobda zid ma’noli qo’shimchalar berilmagan?
A. ser-/-mand
B. –li/-siz
C. bo-/be-
D. no-/-li
149.Qaysi javobda shakldosh qo’shimchalar berilmagan?
A. –gan, -ta, -jon
B. –ay, -ar, -sa
C. –in, -oq, -ma
D. –im, -dir, -ar
150.Quyidagi hukmlarning nechtasi to’g’ri?
1) So’z yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 2) Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 3) Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 4) So’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 5) So’z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi; 6) Lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar o’zaro shakldosh bo’la oladi.
A. oltitasi
B. beshtasi
C. to’rttasi
D. uchtasi
151.Ma’lumki, odatdagi tartib bo’yicha so’zning ma’noli qismlari asos+so’z yasovchi+lug’aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi shaklida o’rinlashadi. Qaysi javobda morfemalari ushbu tartib asosida joylashgan so’z berilgan?
A. anglamadi
B. isitkichlarni
C. hamkasblarimga
D. isitmalamoq
152.Qaysi javobda asosdosh so’zlar berilgan?
A. suvsa, suvchi, sersuv
B. gulning, guldir, gulim
C. sarg’ish, sarg’imtir, sariqroq
D. bordi, borsa, boray
153. Qaysi javobda tub so’z berilgan?
A.tulki
B. turtki
C. ko’chki
D. tepki
154.Qaysi javobda yasama so’z berilgan?
A. axloqiy
B. siyosiy
C. ijtimoiy
D. madaniy
155.Oyimga ko’maklashdim. Ajratib ko’rsatilgan so’z nechta morfema(ma’noli qism)dan tashkil topgan?
A. 4 ta
B. 3 ta
C. 2 ta
D. 5 ta
156.Musobaqa sizsiz o’tmaydi.
Musobaqaning g’olibi sizsiz.
Berilgan gaplarda –siz qanday qo’shimcha sanaladi?
A. so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimcha
B. shakl yasovchi va so’z yasovchi qo’shimcha
C. har ikkisi so’z yasovchi qo’shimcha
D. har ikkisi shakl yasovchi qo’shimcha
157.Bolaning xo’rsinib gapirganini ko’rgan do’sti uning bu uyda qiynalib yashaganini darrov angladi. Berilgan gapda qo’llangan yasama so’zlar miqdorini aniqlang.
A. 4 ta
B.5 ta
C. 3 ta
D. 2 ta
158.Qaysi javobda morfemalarga bo’linmaydigan so’z berilgan?
A. huquq
B. yutuq
C.buyruq
D. uzuq
159.Xatosi o’ziga ayon bo’lgach, gapira olmay g’uldirab javob berdi. Berilgan gapdagi yasama so’zlar miqdorini aniqlang.
A. 4 ta
B. 3 ta
C. 2 ta
D. 5 ta
160.Qaysi javobda so’z yasovchi va shakl yasovchi shakldosh qo’shimchalar juftligi berilgan?
A. suvsa—yozsa
B. opam—yozdim
C. qizg’ish—yozish
D. o’roq—qo’rqoq
161.Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan farqlanib turadi. Berilgan gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang.
A. 6 ta
B. 5 ta
C. 4 ta
D. 3 ta
162.Oybek domla nihoyatda ziyraklik bilan , ko’pchilik nomdor insonlarda uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg’uborlik bilan opaning gaplarini tasdiq etdi. Gapda qo’llangan yasama so’zlar va so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini toping.
A. 7 ta/7 ta
B. 5 ta/7 ta
C. 6 ta/5 ta
D. 5 ta/5 ta
163.Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi yangi ma’no hosil qiluvchi, so’zning lug’aviy ma’nosini yangilovchi qo’shimchalar miqdorini toping.
A. 2 ta
B. 3 ta
C. 4 ta
D. 5 ta
164.Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi so’zning ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklaydigan, so’zning ma’nosini biroz o’zgartiradigan qo’shimchalar miqdorini toping.
A. 2 ta
B. 3 ta
C. 4 ta
D.5 ta
165.Vahobjon boyagi qiz ko’rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. Gapdagi o’zi qo’shilgan so’zni boshqa so’zga bog’laydigan qo’shimchalar miqdorini toping.
A. 5 ta
B. 3 ta
C. 4 ta
D.2 ta
166.Qaysi javobda bir yetakchi va uch ko’makchi morfemadan tashkil topgan leksema berilgan?
A. terimchilik
B. temirchilik
C. dehqonchilik
D. kulolchilik
167.Qaysi javobda ikki asosli so’z berilmagan?
A.kasbdosh
B. xushfe’l
C.
darsxona
D. belbog’
168.–ay qo’shimchasi yordamida qanday so’zlardan fe’l yasash mumkin?
1) ot 2) sifat 3) ravish 4) fe’l
A. 1, 2, 3
B. 1, 2, 3 ,4
C. 1, 2, 4
D. 1, 3
169.Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo’shimchalar vazifasiga ko’ra qanday qo’shimchalar sirasiga mansub?
A. shakl yasovchi qo’shimchalar
B. so’z yasovchi qo’shimchalar
C. old qo’shimchalar
D. ort qo’shimchalar
170.Ozaytirma va qiyosiy daraja qo’shimchalari qo’llanish o’rniga ko’ra qanday qo’shimchalar sirasiga mansub?
A.ort qo’shimchalar
B. shakl yasovchi qo’shimchalar
C. old qo’shimchalar
D. so’z yasovchi qo’shimchalar
171.Quyida qayd etilgan qo’shimchalarning fe’llarga qo’shilish ketma-ketligini aniqlang.
1) zamon qo’shimchalari; 2) shaxs-son qo’shimchalari; 3) nisbat qo’shimchalari; 4) bo’lishsizlik qo’shimchalari.
A) 3,4,1.2
B) 1,2,3,4
C) 4, 3, 2, 1
D) 4, 2, 3, 1
172.Qaysi gapda yasama fe’l qo’llanmagan?
A .Goho otning tuyog’i silliq toshda sirg’alib ketadi
B. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv shovullab oqyapti.
C. Hamma yoq jim. Faqat pashsha g’ing’illaydi, bemor inqillaydi.
D. Yuragim hayajondan gupullab urar edi.
173.Qaysi gapda kelishik qo’shimchasini qo’llash bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan?
A. Sohibqironni bunyodkorlik sohasidagi xizmatlaridan el-u yurt minnatdor edi.
B. O’zining qadrini bilmagan o’zganing qadrini ne bilsin?
C. Kechasi Saidiyning hujrasiga Kozimbek bilan muxbir A’zamjon keldi.
D. Bilimdon o’zining bilimi tufayli ofatlardan omon qoladi.
174.Qanday hollarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari belgili qo’llanishi lozim?
1) atoqli ot tarkibida 2) olmosh tarkibida 3) sifatdosh tarkibida 4) harakat nomi tarkibida
A. 1,2,3
B. 1,2,4
C. 1,3,4
D. 2,3,4
175.Xalq tabobat… qulupnay meva… bezgak xuruj…qarshi omil sifatida tavsiya etiladi.
Ushbu gapda nuqtalar o’rnida qo’llanishi lozim bo’lgan turlovchi qo’shimchalar miqdorini toping.
A. 4ta
B. 3 ta
C. 5 ta
D. 6ta
176. Qaysi gapda sifatning ma’nosiga ko’ra faqat bir turi qo’llangan?
A. Hovli tor, devorlari baland, xuddi katta hovuzga o’xshardi.
B. Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxta kabi yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
C. Yo’llarimda zangori ko’llar, Oyna kabi tiniq va bejon.
D. Bir pasda qo’lidagi qizil gullarning muattar ifori xonani tutib ketdi.
177.Samoning zangorisimon sahnida to’lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yaltiraydi.
Gapda qo’llangan yasama so’zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? 1) aniqlovchi 2) hol 3) to’ldiruvchi 4) kesim
A. 1,2
B. 1,2,4
C. 1,3,4
D. 2,3,4
178.Qaysi gapda otlashgan sifat(lar) qo’llanmagan?
A. Sinfimizda a’lochi o’quvchilar ko’p.
B. Ilg’orlarga mukofot topshirildi.
C. Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan—dog’.
D. Yoshlar olovga yaqinroq, keksalar esa uzoqroq o’tirishdi.
179.Sifatlarning otlashishi haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri emas?
A.Har qanday sifat otlasha oladi.
B. Sifat bog’lanib kelgan ot tushib qoladi.
C. Sifat egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan o’zgarish xususiyatiga ega bo’ladi.
D. Sifat ot bajargan sintaktik vazifalarda qo’llanadi
180.–imtir qo’shimchasi yordamida qaysi sifatlarning ozaytirma darajasini hosil qilish mumkin?
1) oq 2) qora 3) sariq 4) qizil 5) ko’k 6) yashil
A. 1,2,3,5
B. 1,3,4,5
C. 1,2,3,4,5
D. 1,2,5,6
181.O’lchov so’z(numerativ)lar haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri emas?
A. O’zidan oldingi sanoq son bilan bitta so’roqqa javob bo’lsa-da, bitta sintaktik vazifa bajarmaydi.
B. O’lchov so’zlar sanoq son bilan o’lchanayotgan narsaning orasida qo’llanadi.
C. Otning va fe’lning o’lchovini ifodalaydi.
D. Ayrim o’lchov so’zlar alohida olinganda narsa(predmet) ma’nosini ifodalaydi.
182.Tup, nafar, bosh kabi so’zlar vositasida sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?
A. dona son
B. jamlovchi son
C. chama son
D. taqsim son
183.Sonning qaysi turi chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan qo’llanib, fikrning ahamiyatlilik darajasini ifodalaydigan modal so’z vazifasida qo’llanadi?
A. tartib son
B. chama son
C. jamlovchi son
D. dona son
183.–ov, -ala, -ovlon qo’shimchalari yordamida sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?
A. jamlovchi son
B. chama son
C. tartib son
D. taqsim son
184.Qaysi gapda chama son qo’llanmagan?
A. Bekatda o’n odam avtobus kutib turishardi.
B. Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo’lsa ham, qomati sambitdek tik.
C. Mashrab bilan Akmal esa o’n besh-yigirma bolaga javobgar.
D. Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib, birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi.
185.Do’mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha qo’llangan?
A. 3 ta
B. 3 ta
C. 2 ta
D. 1 ta
186.Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan?
A. Hovlimizga ko’cha eshikdan kirishda kichkina, g’ishtin uycha bor.
B. Uning jussasi kichkina bo’lsa ham, yuzlari jiddiy, boqishlari o’tkir, ovozi esa jarangdor.
C. U oltmishlarga borib qolgan bo’lsa ham, yoshlardek ikki yuzi qip-qizil, serg’ayrat va tavakkalchi odam edi.
D. Temur yuksak insoniylikka ega bo’lgan buyuk shaxs edi.
187.Qaysi gapda qo’llangan sifat belgining me’yoridan ortiq ekanligini bildirgan?
A. Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu—ona mehri.
B. Gulzorga to’kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo’lib, jigarrang tus olgan.
C. Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
D. Dunyoda do’stlikdan yoqimliroq, suyumliroq narsa yo’q.
188.Qaysi javobda og’irlikni ifodalovchi tarixiy o’lchov so’z berilgan?
A. qadoq
B. farsax
C. tanob
D. paqir
189.Qaysi gapda butun miqdorning qismini ifodalovchi son qo’llangan?
1) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan yem yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o’tdi. 2) O’zbekiston Respublikasi maydonining qariyb beshdan to’rt qismi tekisliklardan iborat. 3) Yo’lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi. 4) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
A. 1,2,3,4
B. 1,2,4
C. 1,2,3
D. 1,3,4
190.Qaysi gapda son otlashmagan?
A. Ikkala jamoa ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko’rgan ekan.
B. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar.
C. Shunday qilib, tortovlari ham piyoda yo’lga chiqishibdi.
D. Ikkinchisi ham uyg’onib ketdi, shekilli, qo’shilishib yig’lashga tushdi.
191.Ayrim sanoq sonlardan jamlovchi son hosil qilish natijasida qanday fonetik o’zgarish ro’y beradi?
A. tovush tushishi
B. tovush almashishi
C. tovush ortishi
D. tovush moslashishi
192.Baqqol amaki pakana, yuzi katta, peshonasi keng, soqoli siyrak, burni puchuq, iyagi kalta odam edi. Mazkur gapning necha o’rnida sifat qo’llangan?
A. 6 ta
B. 5 ta
C. 4 ta
D. 3 ta
193.Qaysi gapda ikki usulda yasalgan ikki yasama sifat qo’llangan?
A. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
B. Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko’p bo’lgan o’rmon.
C.Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko’rkidir.
D. Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.
194.Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida qo’llangan shaxs oti ishtirok etgan?
A.Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.
B.Qo’shiq aytganim faqatgina otamga yoqqan emish.
C. Chorvadorlikning ham o’ziga yarasha mashaqqatlari bor.
D. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob.
195.Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, dadillik baxsh etgandek bo’ldi. Gap qo’llangan yasama mavhum otlar miqdorini aniqlang.
A. 2 ta
B. 1 ta
C. 3 ta
D. 4 ta
196.Qaysi qo’shimcha yordamida umumlashtirish, kuchaytirish, hurmat kabi uslubiy ma’nolarni ifodalash mumkin?
A.–lar
B. –cha
C. –xon
D. –gina
197.–zor, -loq, -goh kabilar qanday qo’shimchalar sanaladi?
A) o’rin-joy oti yasovchi
B) narsa oti yasovchi
C) shaxs oti yasovchi
D) faoliyat-jarayon oti yasovchi
198.Qaysi javobda ot, sifat, fe’l yasovchi shakldosh(omonim) qo’shimchalar qayd etilgan?
A. –ik, -iq, -a
B. –ma, -qi, -la
C. –ay, -oq, -cha
D. –ar, -gi, -k
199.Qaysi javobda ot va sifat yasovchi shakldosh(omonim) qo’shimchalar juftligi berilmagan?
A. ko’rik—chirik
B. qalamdon—qadrdon
C. ekin—erkin
D. aravakash—mehnatkash
200.Sodda tub otlarni toping.
A. beshik, o’rik
B. chopiq, tortiq
C. yutuq, buyruq
D) qirqim, o’rim
201.Bir turdagi shaxs va narsalarning umumiy otini yoki ulardan birining nomini ifodalashiga ko’ra otlar qanday turlarga bo’linadi?
A. atoqli va turdosh otlar
B. aniq va mavhum otlar
C. sanaladigan va sanalmaydigan otlar
D. yakka va to’da otlar
202.Qaysi qatorda bosh harflar imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan?
A.Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi
B.Buxoro viloyati hokimligi
C. O’zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi
D. Samarqand chinni zavodi
203.Qaysi javobda qismlari turli turkumga mansub so’zlardan tashkil topgan qo’shma otlar berilgan?
A.boychechak, ko’rsichqon, oqsoqol
B. qo’lqop, belbog’, tilxat
C. shakarqamish, oybolta, temiryo’l
D. toshbaqa, asalchoy, tuyaqush
204.Qaysi javobda tarkibi asos+ot yasovchi+ot yasovchi shaklida bo’lgan yasama ot berilgan?
A. temirchilik
B. terimchilik
C. dehqonchilik
D. suvoqchilik
205.Qismlaridan biri mustaqil holda qo’llanmaydigan juft otni aniqlang.
A. kiyim-kechak
B. chang-to’zon
C. o’yin-kulgi
D. ashqol-dashqol
206.Qaysi javobda nisbiy sifatlar qayd etilgan?
A. to’lin, uzviy, og’zaki
B. qimmat, qattiq, eski
C. aqlli, sergap, erkin
D. qora, xushbo’y, achchiq
207.Ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar berilgan javobni toping.
A. –kash, -oq, -ma
B. –zor, -loq, -liq
C. –kich, -indi, -xon
D. –paz, -im, -ot
208.Qaysi javobda chama son hosil qiluvchi qo’shimchalar qayd etilgan?
A. –tacha, -lab, -ala
B. –ovlon, -lab, -tadan
C. –lab, -larcha, -tacha
D. –larcha, -inchi, -ala
208.Har qanday sanoq sonlardan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo’lmaydi?
A. jamlovchi son
B. taqsim son
C. tartib son
D. dona son
209.Qaysi javobda maydon o’lchovini ifodalovchi tarixiy so’z berilgan?
A. tanob
B. botmon
C. dahsar
D. farsax
210.Qaysi gaplarda sonning ikki ma’no turi qo’llangan?
1) Bitta qovunning narxi o’n ming so’m turadi. 2) Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. 3) Poyezddan tushgan yigirma-o’ttiz yo’lovchi tarqalib, bekatda ikki kishi qoldi. 4) Birinchi kun gazlamaning ikkidan bir qismi sotildi.
A. 1,2,3,4
B. 1,2,4
C. 1,3,4
D. 2,3,4
211. To’qson sonidan sonning qaysi ma’no turini hosil qilib bo’lmaydi?
A. jamlovchi son
B. tartib son
C. taqsim son
D. dona son
212.Qaysi gapda o’lchov so’z qo’llanmagan?
A. Bir mahal Abdullajon polizdan ikkita qirqmani uzib chiqdi.
B. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt piyola choy ichdi.
C. Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi.
D. Hali o’ngga, hali so’lga birilib, ikki soat, uch soat yo’l yurdik.
213.O’lchov so’z(numerativ)larga chiqish kelishigi qo’shimchasini qo’shish bilan sonning qaysi ma’no turi hosil qilinadi?
A.taqsim son
B. chama son
C. tartib son
D. jamlovchi son
214.Qaysi gapda qismlari mustaqil holda qo’llanmaydigan juft sifat qo’llangan?
A.Ba’zan alg’ov-dalg’ov shamol esib turar edi.
B. Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan.
C. Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas—nodonlar ishi.
D. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning bahaybat gavdasi ko’rinib qoldi.
215.Mavhum otlar qaysi qatorda berilgan?
A. ovunch, o'kinch
B.jamol, chiroy
C.gul, iz
D. bulut, chana
216. .Mahmud Koshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asari necha bo`limdan iborat?
A. 2
B. 3
C. 4
D. 5
217. “Istara” so`zi qaysi tildan olingan?
A. fors
B. arab
C. hind
D. sof turkcha
218.1995- yilda “O`zbek tilinig imlo lug`ati qaysi olimning muharrirligida nashr etildi?
A.Hojiyev
Sh.Shoabdurahmonov
E.Bematov
N.Rahmonov
219. Dastlabki etimologik lug`at qaysi olimning ko`p yillik mehnati natijasida dunyoga keldi?
Sh.Rahmatullayev
E.Bematov
A.Hojiyev
N.Rahmonov
220.. 5-jildli O`zbek tilining izohli lug`atida nechta so`z va so`z birikmalari mavjud?
80 mingta
50 mingta
100 mingta
120 mingta
221. “Men bu kitobni maxsus alifbe tarzida hikmatli so`zlar,saj`lar, maqollar ,rajazlar va nasr deb atalgan parchalar bilan bezadim” Qaysi tilshunos olim ushbu fikrlarni qayd etgan?
A. Mahmud Qoshg`ariy
B. Mahmud Zamahshariy
C. Alisher Navoiy
D. Ahmad Taroziy
222.Lug`at tuzuvchi lug`at tuzuvchilarning ishini tashkil etish tilshunoslikning qanday bo`limi sanaladi?
A. Leksikografiya
B. Leksikokologiya
C. Leksemalogiya
D. Semasiologiya
223.Qaysi so`zlar umumxalq ishlatiladigan so`zlarga kiradi?
A.daftar, qalam, bulut
B.danap, shoti, gul
C.odam, ichak, yog`
D.doira, rubob, childirma
224. Tilimizda ishlatiladigan olampanoh, padari buzrukvor, volidai muhtarama kabi leksemlar qanday ataladi?
jargo
tarixiy so`zlar
vulgarizm
arxaik so`zlar
225.Onomastikaning o`rganish sohasini noto`gri berilgan qoidasini toping.
A. nomlarning kelib chiqish tarixini o`rganadi
B. nomlaning kelib chiqish sabablarni o`rganadi
C. geografik obyektlarning nomlarini o`rganadi
D. hayvonlarning nomlarni o`rganadi
226. O`zbek tilshunosligining onamastika bo`limi bilan maxsus shug`ullangan olim kim?
E.Bematov
A.Hojiyev
N.Rahmonov
Sh.Shoabdurahmonov
227.O`zbek xalqi qadimda omonim so`zlardan foydalanish asosida qanday janrlarni dunyoga kelishiga sababchi bo`lgan ?
A. tuyuq
B. ruboyi
C.
askiya
D. tuyuq va askiya
228. Qaysi so`zlar fors-tojik tilidan olingan?
A. kissa, buqa, oftob
B. gul, chechak, novvos
C. novvos, so`ri, to`n
D. cho`ntak, sop, muqova
229. “Tulki qiziga to`y berdi” iborasining ma`nosi nima?
laylak qor yog`ib yer qor bo`lmasa
qishda quyosh chiqib ketmoq
yozda qor yog`moq
yozda yomg`ir yog`moq
230.Qulog`i ding bo`lmoq iborasining ma`nosi nima?
A. poylamoq
B. arazlamoq
C. xafa bo`lmoq
B. hushyor bo`lmoq
231.almisoqdan qolgan iborasining ma`nosi nima?
A. eski
B. esdalik
C. meros
D. yangi
232. Qulog`idan kun ko`rinadi. Iborasining ma`nosi nima?
ozg`in
ishi yurishgan
xafa
baxtli
233. Do`ppisi yarimta iborasining ma`nosi nima?
A. beg`am
B. tashvishli
C.xursand
D. xafa
234.Barqaror birikmalarni toping. 1. metonmiya 2. maqol 3. ertak 4. matal 5. masal 6. ibora 7. aforizm 8. so`z birikmasi
A. 2,4,6,7
B. 2,3,5,6
C. 2,3,4,7
D. 3,5,8
235.Quyidagi so`zlardan qaysi biri neologizmlar deyiladi?
A. audit, sammit, konsalting
B. hokimlik, vazir, devonxona
C. pioneer, komsomol, rayon
D. xokkey, limonzor, kompyuterchi
236. Sheva so`zining adabiy muqobili noto`g`ri keltirilganiga qaysi bandda misol berilgan?
o`jak - sigir
inak - sigir
govmish - sigir
uy - sigir
237.Po`stagini qoqmoq. Iboraning man`osi nima?
A. ayovsiz tanqid qilmoq
B. ruhan ezilmoq
C. do`pposlamoq
D. tayoq bilan savalamoq
238.Barqaror birikmlar lug`atini tuzushni o`rganuvchi soha qanday ataladi?
A. paremiologiya
B. parameografiya
C. lekiskografika
D. leksikologiya
239. Sof turkiy so`zlar berilgan qatorni toping.
A. quyosh, qog`oz
B. echki, ishon
C. kinoya, halovat
D. hikmat, tarozi
240.Qaysi atama umumxalq tilidan ma`nosi maxsuslashtirish orqali olingan?
A. ildiz
B. qosh
C. kasr
D. palla
241. Qaysi bandda berilgan so`z izohli lug`atlarda omonim so`z sifatida berilmaydi?
A. ot (harakat)
B. ot (hayvon turi)
C. ot (ism, nom)
D. barchasi omonim sifatida izohlanadi.
242. 1) damini kesmoq; 2) gap tegmoq; 3) ko` zga ko` rinmoq; 4) katta gap. Berilgan frazeologik iboralardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega?
A. 1, 2, 3
B. 2, 4
C. 1, 2
D. 1,2, 3, 4
243.Kovushini to`g`rilab qo`yish kerak.Iborasining ma`nosi
tartibga chqirish kerak
do`pposlash kerak
sharmanda qilish kerak
ishdan bo`shatish kerak
244.Bolta tushguncha kunda dam oladi. Gap qanday birlik?
A. maqol
B. matal
C. aforizm
D. ibora
245.Qimirlagan qir oshar. Ushbu gap qanday birlik hisoblanadi?
A. matal
B. maqol
C. aforizm
D. ibora
246. To`rtko`z, Bo`ribosar so`zlari sanaladi?
A. zoonim
B. gidronim
C. toponim
D. antroponim
247. Qaysi nomlar insonlarning urf odatlari natijasi tufayli paydo bo`lgan?
O`roqvoy, Teshavoy
Xoldor, Anor
Umid, Go`zal
Odina, Juma
248. Qaysi nomlar insonlarning orzu umidlari natijasi tufayli paydo bo`lgan?
Umid, Go`zal
Odina, Juma
O`roqvoy, Teshavoy
D.Xoldor, Anor
249. Qaysi nomlar insonlarning tashqi belgisi natijasi tufayli paydo bo`ldi?
A. Xoldor, Anor
B .O`roqvoy, Teshavoy
C. Umid, Go`zal
D. Odina, Juma
250. Hududiy chegaralangan so`zlar qanday so`zlar ga nisbatan aytiladi?
shevalar
argolar
jargolar
varvarizmlar
251.qoida, sur`at, sehr so`zlari qaysi tildan o`zlashgan so`zlar?
A. arab
B. fors
C. mug`ul
D. uyg`ur
252.Ibora qo`llanmagan gapni aniqlang.
Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz.
Uni qo`lga oluvchi kishilarimiz nihoyatda pixini yorgan bo`lmog`i shart.
Kishilikning dushmanlari yer bilan yakson bo`lur.
Tengqurlarim ichida yuzim yorug` bo`ldi.
253.O`zbek tili leksikasining dialektal so`zlarni faollashtirish yoii bilan boyishi-ga qaysi bandda misol berilgan?
A. mengzamoq
B. shirkat
C. uyali telefon
D. pudratchi
254.Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo`llanadigan so`zlar qanday nomlanadi?
A. uslubiy xoslangan so`zlar
B. qo`llanish doirasi chegaralanmagan so`zlar
C. jargolar
D. neytral so`zlar
255. Soyaga qarab to`n bichma maqolidagi to`n bichmoq iborasining ma`nosi qaysi qatorda to`g`ri izohlangan?
A. baho bermoq
B. andaza olmoq
C. rag`batlantirmaslik
D. xato ish qilmoq
256.Baland oxurdan yem yemoq iborasining ma`nosi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A. hayot darajasi, maishati yuqori bo`lmoq
B. gerdaymoq
C. katta ketmoq
D. katta maqsad sari intilmoq
257.Qaysi iboralar og`ziga tolqon solmoq iborasi bilan mazmunan yaqin? 1) mum tishlamoq; 2) lom-mim demaslik; 3) og`ziga qoqmoq; 4) og`ziga qatiq ivitmoq; 5) og`izga olmaslik; 6) damini chiqarmaslik
A. 1, 2,4, 6
B. 1, 2, 6
C. 1, 2, 5, 6
D. 1, 2, 3, 6
258.Qo`yi mingga yetdi iborasining ma`nodoshini toping.
behad sevinmoq
maqsadiga erishmoq
o`zligini unutmoq
boyib ketmoq
259. Quyidagi qaysi birliklarning shakliy ifodasi bilan mazmuni o`rtasida bog`liqlik yo`q?
ibora
tasviriy ifoda
so`z birikmasi
ibora va tasviriy ifoda
260 .Lug`at turlarining qaysi birida davlat so`zi "Davlat - jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilof`tarzida ifodalanishi mumkin?
A. izohli lug`atida
B. imlo lug`atda
C. tarjima lug`atida
D. sinonim so`zlar lug`atida
261. Internet so`zining ma`nosini qaysi lug`at orqali bilib olish mumkin?
A. izohli lug`at
B. ingliz tili lug`atida
C. o`zbecha - inglizcha lug`at
D.imlo lug`ati
262.So`zlarning borliqdagi malum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma`nolari hisoblanadi?
A. lug`aviy ma`nolari
B. grammatik ma`nolari
C. morfologik ma`nolari
D. so`zlarning ko`chma ma`nolari
263. "Allaqachon hammaga ma`lum bo`lib ulgurgan narsani yangilik deb e`lon qilish" ma`nosidagi ibora qaysi qatorda berilgan?
Amerika ochmoq
sichqonning ini ming tanga bo`lmoq
quloqqa quymoq
qo`riq ochmoq
264.Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping.
A. andava, sog`moq, yigirmoq
B. ildiz, mato, kasr
C. fermer, tangens , xosila
D. kollej, reyting, ega
265. dono ,kamtar so`zlari qaysi tildan olingan?
A. fors
B. arab
C. mug`ul
D. uyg`ur
266.Eskirgan so`zlarni toping .
A .paraji, charx, tillaqosh
B. g`or, o`ra, chuqurlik
C. qit`a, chax, chig`iriq
D. baynalmilal, vazirlik ,qalam
267.Atamashunoslik sohasida qilingan qaysi o`zgarish bugungi kun uchun ham adabiy me`yor hisoblanadi? 1.telefon o`rniga durovoz so`zini qo`llash; 2.radio o`rniga ovoznigor so`zini qo`llash; 3. institut o`rniga oliygoh so`zini qo`llash.
3
1,2,3
2,3
Hech biri hozirda adabiy me`yor emas.
268.Bilaman tarifing so`zga sig`maydi, Go`zallik haqida so`z sotmoq bekor. Berilgan parchada barqaror birikmlalar soni nechta?
A. 2
B. 1
C. 3
D. 5
269. O`z yog`iga o`zi qovrilmoq iborasining man`osi nima?
A. ruhan azob chekom
B. tashvishga tushmoq
C. darg`azab bo`lmoq
D. achchigi chiqmoq
270.Qaysi ibora omonim hisoblanadi?
dam bermoq
boshida yong`och chaqmoq
yuragia g`ulg`ula solmoq
og`zi qulog`ida bo`lmoq
271. Burni ko`tarilgan iborasining man`osi nima?
A. manman
B. uddaburon
C. olg`ir
D. zukko
272.Qaysi qatorda tasviriy ifoda tog`ri berilgan? 1. Charm qo`lqop ustasi 2. Salomatlik posbonlari 3. G`azal mulkining sultoni 4. Hayotimiz qomusi 5.kumush choyshab 6. Zangori olov 7. Ko`ksaroy oromgo`hi 8. Uzoq o`lka
1,2,3,4,5,6
3,4 ,6,7
1,3,4,5
1,3,4,7,8
273. Shevalardagi takya, huvnon vayop so`zlari adabiy tilda qanday ataladi?
A. do`ppi, xonim, kanal
B. yostiq, non, anhor
C. non, tuxum, dushman
D. kallapo`sh, o`rama, kanal
274.Qaysi qatorda neologizmlar berilgan?
A. institut, kompyuter, ekvator
B. viza, fermer, aeroport
C. boj, vazir,
vasiqa
D. telefon, balans, hakam
275.Qaysi atama umumxalq tilidan maxsuslashtirish yo`li bilan qabul qilingan?
A. ildiz
B. dallol
C. ildiz vazir
D. durovoz
276. Qaysi gapda efemizm ishlatilgan.
dunyodan ko`z yummoq , dunyodan rixlat etmoq
uylandi, kasal bo`ldi
ko`ngli xira , qovog`ini soldi
og`zi qulog`ida, do`ppisi yarim
277. Qaysi qatorda tabu qo`llangan?
A. kal, biy, gul
B. mengzamoq, qiyoslamoq, tenglashmoq
C. ikkiqat, bojxona, vazir
D. diler, skaner, monitor
278. Olinma so`zni aniqlang.
A. choy
B. suvsizlik
C. ov
D. barchasi
279. . Berilgan gaplarning qay birida tasviriy so`zlar mavjud?
G`azal mulkining sultoni kim?
Ekinning qoni suv ekan, G`azal mulkining sultoni kim?
Ko`zyoshlarim duv- duv to`kildi.
Ekinning qoni suv ekan.
280. Qaysi ibora olg`ir so`ziga to`g`ri keladi?
A. uchar
B. o`pkasi yo`q
C. qo`li uzun
D. tog`ni ursa talqon qiladi
281. l)etmak; 2) zangi; 3) zambur; 4) inak; 5) g`o`z; 6) o`jak; 7) gashir. Ushbu sheva so`zlaridan nechtasi jonli predmetni anglatadi?
A. 5 tasi
B. 4 tasi
C. 3 tasi
D. 2 tasi
282. Faqat argo so`zlari berilgan qatorni aniqlang.
yakan (pul), manzirat (mulozamat)
kolxoz (chiptasiz), novcha (aroq)
qaychi (taftishchi), jondor (bo`ri)
oy (pul), olampanoh (shoh)
283.Ochatqi, tirraqi, log`ar so`zlarining ma`nodoshi qaysi bandda berilgan?
ozg’in
o’jar
yoqimsiz
xasis
284..«...» degan tuyaga mador. Maqolda tushirib qoldirilgan so`z qaysi?
Ha
Bo`ta
Chu
Bor
285. Qaysi so`zning frazeologik ma`nosi tarkibida zid ma`noli so`zlar ishtirok etadi?
sho`x
qaysar
eski
pismiq
286. Shakldoshlar nutqda bitta ma`no bilan ishtirok etadi. Qaysi bandda mazkur qoidadan chetlanish kuzatiladi?
A."Munojot" kuyidan kuydi dillarimiz
B.Otam to`yimda ot sovg`a qildilar.
C.Bemorni palataga joyladilar.
D.Men changni yoqtirmayman.
287.O`zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskirgan so`zni aniqlang.
qozi
alloma
riyoziyot
oblast
288. Yomon xotin olganning dovi uyida. Ostiga chizilgan so`zning ma`nosi qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan?
A. botirlik, mardlik
B. urush, janjal
C. talab, da`vo
D. dod, faryod
289. Tojik tilidan o`zlashgan so`zlarni toping. l)muomala; 2)donishmand; 3)taxt; 4)ruxsat; 5)qoida; 6)sur`at; 7)xo`roz
2,3,4, смт7
3,4
l,3,5,6
1,3,4,7
290.Turli tillardan o`zlashgan so`zlar o`zaro sinonim bo`lishi mumkinmi?
o`zlashma so`zlar qaysi tildan olinganligidan qat`i nazar, o`zaro sinonim bo`la oladi
o`zlashma so`zlar faqat o`zbekcha so`zlar bilangina o`zaro sinonim bo`lishi mumkin
bir til doi rasidagina o`zaro sinonim bo`lishi mumkin
faqat arab va fors-tojik tillaridan olingan so`zlargina o`zaro sinonim bo`la oladi.
291. Sinonimlar ichidan asl turkiy so`zni toping.
Ko’k
osmon
samo
falak
292.Ovi yurgan iborasining ma`nodoshi…
A. bozori chaqqon
B. boshiga baxt qushi qo`ngan
C. og`zi qulog`ida
D. yelkasiga olaxurjun tushgan
293. Barmog`ini tishlab qolmoq iborasining sinonimi qaysi qatorda?
A. hayratlanmoq
B. chidamoq
C. afsuslanmoq
D. g`azablanmoq
294. Qaysi qatordagi iboralar belgi bildiradi?
quling o`rgilsin, yurak-bag`ri hun, parvoyi falak
dili siyoh, bosh og`rig`i, bahri-dilni ochmoq
istarasi issiq, ruhini ko`tarmoq, tili achchiq
tili qisiq, kayfi buzuq, kulini ko`kka sovurmoq
295. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo`llangan?
Qizga o`zbek qishlog`ining oq ko`ngil va bag`ri keng odamlari juda yoqdi.
Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo`q.
Ikki g`arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
O`g`lidan ko`ngli to`q bo`lgach, yan nimanidir qidirmoqqa tevaragiga alanglab qaramoqqa boshladi.
296. Angob, loya, betlik, qolip, so`g`a so`zlari qanday so`zlar?
A kasb-hunarga oid so`zlar
B.shevaga oid so`zlar
C. atamalar
D. jargonlar
298.Qimmat so`zining antonimi bilan sinonim bo`la oladigan iborani toping.
A. suv tekin
B. oshig`i olchi
C. mehri baland
D. bozori chaqqon
299. Quyidagi iboralardan qaysi biri ruhiy holat natijasini ifodalaydi?
ko`zlari yashnamoq
ko`z tikmoq
qo`li egri
dumini tugmoq
300. Quyidagi gapda nozik so`zining qaysi ma`nosi ifodalangan? Bu juda nozik ish, ehtiyotkorlik lozim.
A. qaltis
B. mo’rt
C. nazokatli
D. ingichka