Davlat tili haqida



Download 117,63 Kb.
bet33/68
Sana31.12.2021
Hajmi117,63 Kb.
#210269
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
ma'lumotnoma

Antonim so’zlar
Biz o’zimizni qurshab turgan olamni sezgi a’zolarimizning bosh miyamizga bergan axboroti yordamida bilib boramiz. Bilish jarayonida narsa va hodisalarni, harakat-holatlarni, belgi va xususiyatlarni bir-biriga zidlash, ularning o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Bizning butun bilish faoliyatimiz zidlashlarga asoslanadi. Shuning uchun zidlanishlarga bizning ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar katta ahamiyat berganlar. Xususan, J. Rumiyning ta’kidlashicha, har qanday “ashyo”ning qimmati ziddi bilan ayon bo’ladi, ziddi bo’lmagan narsani ta’rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Tangri nurning oshkor bo’lishi uchun qorong’i etib yaratilgan mazkur olamni mavjud ayladi. Odam ro’parasida Iblisning, Muso qarshisida Fir’avnning, Ibrohim oldida Namrudning va Mustafo qarshisida Abu Jahlning paydo bo’lishini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Ana shunday zidlanishlar tilimizda ham o’z ifodasini topgan. Zid ma’noli so’zlar doimo ikki qarama-qarshi a’zodan iborat bo’ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. M: achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga tushadi
O’zari zid, qarama-qarshi ma’nolarni bildiruvchi (ba’zan umumlashtiruvchi ma’noni ifodalovchi) so’zlar antonym so’zlar deyiladi. So’z maqomidagi antonimlar lug’aviy (leksik) antonimlar sanaladi.
Sinonim so’zlar sinonimik qatorni hosil qilsa, antonim so’zlar antonimik juftlikni hosil qiladi
Antonimik juftliklar odatda yasalish hodisasi, yangi yasama so’z hisoblanmaydi, ammo ba’zan zid ma’noli so’zlar birgalikda qo’llanilib, yangi so’z hosil qilishi mumkin; bunday holda ularga yasalish hosisasi sifatida qaraymiz
M: achchiq-chuchuk_____________________________
tun-u kun _____________________________________
issiq-sovuq _____________________________________
yosh-u qari ______________________________________
uzoq-yaqindan________________________________________

“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” (1980) Sh. Rahmatullayev, N. Mamarasul Shukurovlar tomonidan yaratilgan


Antonimlar ham sinonimlar singari bir so’z turkumiga mansub bo’ladi. Antonimlik munosabati ko’proq belgi bildiruvchi so’zlar, ya’ni sifatlarda, shuningdek, ravishda, ba’zan ot va fe’lda uchraydi. M: qorong’i – yorug’; keng – tor (Sifat); oz – ko’p; tez – sekin (ravish) muhabbat – nafrat; sadoqat – xiyonat (ot); yig’lamoq – kulmoq, kelmoq – ketmoq (Fe’l).
Antonimlar tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi
a) tub antonimlar M: keng-tor, uzun-kalta, saxiy-xasis, dono-nodon
b) yasama antonimlar M: ongli – ongsiz, o’rinli – noo’rin; yoshlik – qarilik, saxiylik – xasislik;
xunuk – chiroyli, botir- qo’rqoq ;
Antonimlar ma’no va zidlik darajasiga ko’ra 2 ga bo’linadi:
a) to’liq antonimlar M: qorong’i – yorug’, aqlli – beaql, baland – past
b) yarim antonimlar M: aka-uka, o’g’il – qiz , ota - ona
Paronim so’zlar
Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so’zlarga paronim so’zlar deyiladi. Paronimlarning shakli, aytilishi va yozilishi o’xshash, ma’nolari esa har xil bo’ladi.
Tarkibidagi tovushlar miqdori, talaffuzdagi yaqinlik bilan farqlanibm alohida-alohida leksik ma’no ifodalovchi so’zlar paronimlardir. M: arqon – arkon, diplomat – diplomant ,
Paronim so’zlar bir xil so’z turkumiga ham, har xil so’z turkumiga ham mansub bo’lishi mumkin. M: amr ______________________ amir _______________________
abzal _____________________ afzal ________________________
Paronimlarni ham tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’lish mumkin:
a) tub paronimlar. M: azm- azim, xush-hush, tub-tup, adl-adil
b) yasama paronimlar M: bo’shlik-bo’shliq, ayrilik-ayriliq, asirlik – asrlik
Talaffuzi yaqin bo’lgani uchun paronim so’zlarni bir-biri bilan almashtirib qo’yish ehtimoli bor. Paaronimlarni almashtitib qo’llash uslubiy xatoga olib keladi. M: Ot chopsa, gumburlar tog’ning darrasi. Bir harf yoki tovush bilan farq qiladigan hamma so’zlar ham paronim hizoblanavermaydi
M: vafo – jafo, bola – xola, yog’ – bog’ kabilar paronim bo’lmaydi.
Talaffuzi bir xil bo’lgan paronimlar ayrim darsliklarda omofon deb ham nomlanadi. M: adib – adip, yod – yot.
Paronim so’zlarni dublet so’zlar (leksik dubletlar) dan farqlay olishimiz kerak. Dublet so’zlar deganda ikki xil yozilish variantiga ega bo’lgan ayni bir so’z tushuniladi; bunday so’zlar imlo lug’atlarida ko’rsatiladi. M: shaxmat – shohmot, shohsupa – shosupa
Masalan:


1. Abad-doimiy,Obod-farovon

2. Adib-yozuvchi, Adip-magiz, to’n chetiga tikiladi.

3. Azim-ulkan, Azm-qatiy qaror,

4. ayrilik-ayribob farqlovchilik. ayriliq-judolik.

5. Asil-tabiiy, haqiqiy, Asl-asos, asl, nusxa.

6. Xiyla-ancha, Hiyla-nayrang, firib.

7. Bazo’r-zo’rga,Bahuzur-bemalol

.8. Borlik- mavjudlik, Borliq-dunyo.

9. Yod-xotira, es. Yot-begona,Yod-meditsinada ishlatiladigan modda.

10. Yonilg’i-gaz, kerasin. Yoqilg’i-o’tin, ko’mir.

11. Yoriq-darz ketgan, Yorug’-ravshan.

12. Jayron-kiyik turi, Jiyron-qizg’ish tusli ot.

13. Jodi- beda poyasini maydalaydigan asbob, Jodu-sehrli, afsunkor.

14. Ziyrak-hushyor, Zirak-sirg’a.

15. Ko’y-ishq, Kuy-ohang. 16. Ma’tal-intizor, Matal-maqol.

17. Urish-urmoq. Urush-jang, kurash.

18. Raso- aqli raso, dono. Rosa-juda, nihoyatda.

19.ahl-1xil kasbga oid odamlar. ahil-totuv, inoq.

20.mashoq- o’rilmay qolgan bug’doy, mashshoq-sozanda.

21. nasha-narkotik o’simlik, nash’a-hayf zavq.

22. otalik-belgi oti, otaliq-yordam ko’rsatish, himoyaga olish.

23. she’r-poetik, sher-hayvon.

24. qayd-belgilab olish, qayt-qusmoq.

25. qurt-hashorat, qurut-suzma.

26. uxlamoq-uyquda bo’lmoq, uhlamoq-ho’rsinish.

27. Abro’ - qosh. Obro’ - hurmat, e’tibor, nufuz. 28. Ganj 1 Oltin, kumush; javohir; xazina. 2. ko’chma Boylik, mol-mulk, davlat; qadr-qimmatli narsa. Ganch - Alebastrning bir turi; suvoq, naqsh uchun ishlatiladigan qurilish materiali. 29. Afzal - Yaxshi, a’lo, ortiq. Abzal - Ot-ulovni minish yoki aravaga qo’shish uchun zarur bo’ladigan asboblar majmui. 30. Adip - To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz. Adib - Adabiy asarlar ijodkori


Uyadosh so’zlar
Tilimizda barcha so’zlar ongimizda ma’lum bir uyaga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so’zlarning xotirada oson saqlanishi va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. Bir mazmuniy uyaga birlashgan so’zlar uyadosh so’zlar deyiladi.
Uyadosh so’zlar bir turdagi narsa, belgi, voqea-hodisa, harakat-holat ma’nolarini ifodalaydi.
M: oq, qizil, sariq, qora, binfsharang; olma, anor, nok, behi, uzum; ko’ylak, chopon, kostyum, yubka, shim
Uyadosh so’zlarni sinonim so’zlardan farqlash kerak. Sinonimlar bir tushunchaning turli qirralarini ifoda etadi. Uyadosh so’zlar esa bir-biriga yaqin tushunchlarni ifoda etadi.
M: qamar, oy (sinonim so’zlar), qmar, shams (uyadossh so’zlar)

Download 117,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish