15 -modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini uy-joy maydoni
bilan ta’minlash
Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj
deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo‘lishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik
(ijarada turganlik) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan
foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi.
(15 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
16-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishini
nazorat qilish usullarini o‘rganish va joriy etish, kadrlarni o‘qitish maqsadida hamda boshqa
masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar o‘rnatishi mumkin.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
474-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-
modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 9-10-son, 182-
modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,
37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda; 37-38-son, 280-modda; 51-son, 376-
modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son,
557-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son,
645-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
1
1
Do'stlaringiz bilan baham: |