Joriy yilning 1-martidan boshlab daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga subsidiyalar berishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan



Download 0,62 Mb.
bet1/9
Sana28.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#715620
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
202202161025926482.docx


Joriy yilning 1-martidan boshlab daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga subsidiyalar berishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Quyida biz subsidiya oʻzi nima ekanligi, kim berilishi va arzon uy-joylar haqida tushuntirish bermoqchimiz.
Subsidiya oʻzi nima?
Subsidiyalar — daromadi yuqori boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablagʻlardir.
Boshlangʻich badal — bu birlamchi bozordagi (yaʼni, yangi qurilgan) uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan pullar. Shahar va qishloq joylarda ularning qiymati har xil boʻladi.
Subsidiya, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha foizlarni qoplash uchun ham berilishi mumkin.
Bunda qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga,
Shaharlarda (shu jumladan, Toshkent shahrida ham) esa — dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida;
Toshkent shahrida birinchi besh yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun — 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Har bir hududda quriladigan uy-joylar sonidan kelib chiqib, yil davomida ajratiladigan subsidiyalar miqdori haqida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi hamda tegishli hokimliklari tomonidan ommaviy axborot vositalarida maʼlumot beriladi.
Subsidiya olish uchun arizani Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda berish mumkin.
Subsidiya olish uchun arizalar 2020-yil 1-oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Subsidiyalar kimga beriladi?
Eslatib oʻtamiz, mazkur mablagʻlar faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolariga ajratiladi.
Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Agar fuqaro mehnat migranti boʻlganda, uning nomidan oila aʼzolari ham ariza berishi mumkin.
Subsidiya va arzon uylar — bir xil tushunchami?
Eʼtibor bering! Subsidiyalar uylarni BOZOR NARXIDA xarid qilishga beriladi. Yaʼni, subsidiya bilan arzon uy-joylar ikki bir biriga umuman aloqasi yoʻq boʻlgan toifadagi tushunchalar.
Shuningdek, subsidiyalarga tegishli Farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilgani yoʻq! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritilmagan.
Arzon uy-joy uchun NAVBATlaringiz DXMlar orqali oʻzgartirilmaydi. Ushbu masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim.
Subsidiya olishda ballar... bu nima?
Subsidiya — bu boʻyicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablagʻi beriladi degani emas. Buning uchun bir qator talab va holatlarga javob berish lozim.
Subsidiya berilishi uchun avvalambor masʼul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar boʻyicha ball beradi.
Masʼul organlar — ichki ishlar boʻlimi, moliya boʻlimi, davlat soliq inspeksiyasi, bandlikka koʻmaklashish markazi, kadastr korxonasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman (shahar) hokimliklari, ishtirok etuvchi tijorat banklari. Bularning hammasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni haqqoniy ekanligini tekshirish uchun kerak.
Ijtimoiy mezonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball toʻplash uchun mezonlarga talabgor va (yoki) uning oilasining daromadi (shahar va qishloq joylari uchun alohida koʻrsatkichlar belgilangan), turar joy maqomi (ijara yoki shaxsiy mulk), ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlar (mehnat migrantlari, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, yolgʻiz ayollar va hokazo), shuningdek, oilada nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar inobatga olingan.










Joriy yilning 1 martidan boshlab daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga subsidiyalar berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Subsidiya o‘zi nima, u kimlarga beriladi, olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi va shu kabi boshqa savollarga Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatchisi Abror Maxsudov javob berib o‘tdi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish