Oldingi
tahrirga qarang.
8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi
daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq
hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati
organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha
operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish (bundan jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini
tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno);
(5-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
8 ) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan
amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini
besh bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtincha to‘xtatib turish;
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga
asosan 8 -
band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
8 ) soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan
soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari
yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining banklardagi
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror vujudga kelguniga qadar
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilgan shart-sharoitlarni o‘z ichiga olishi
kerak.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuniga
asosan 8 -band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y.,
03/19/531/2799-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilangan tartibda:
(5-modda birinchi qismi 9-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda yuridik va jismoniy
shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan
moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror
bo‘lgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini
qo‘llash;
Oldingi
tahrirga qarang.
10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar —
yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat
daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
1
1
2
2
(5-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11) soliq to‘lovchilarning g‘ayriqonuniy ravishda olgan mablag‘larini davlat daromadiga
undirish haqida ularga nisbatan sudda da’volar qo‘zg‘atish;
12) soliq to‘lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy
undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risida talabnoma yuborish;
Oldingi
tahrirga qarang.
13) soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza,
shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza bermagan taqdirda,
soliqlarning ortiqcha to‘langan summalarini boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha soliq qarzini, penya va
jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli moliya organlariga
mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(5-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
14) O‘zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksida
belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet
tilida tuzilgan bo‘lsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish;
15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun budjetga to‘lanishi lozim
bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq
kamaytirilgan taqdirda, joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy
summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli
Qonuni
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport
vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishi va ularning
topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik
kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek
savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-256-sonli
Qonuniga
muvofiq 16-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport
vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida
huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, ular
bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga topshirish.
(5-moddaning birinchi qismi 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadirlar.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining
1—7-bandlarida
nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq
xizmati organlarining mansabdor shaxslariga,
8—15-bandlarida
nazarda tutilgan huquqlar faqat
davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning o‘rinbosarlariga,
16
va
17-bandlarida
nazarda
tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonunchilikda vakolat berilgan bo‘linmalari
mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumot va boshqa
tashkilotlarining soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni berish yuzasidan ko‘rsatadigan xizmatlari
(bajaradigan ishlari) uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |