Davlat soliq xizmati to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari



Download 143,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana07.07.2022
Hajmi143,74 Kb.
#755942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
474-I-сон 29.08.1997. Davlat soliq xizmati to‘g‘risida

5-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) soliq to‘lovchilarda moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar,
daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash, fuqarolarning
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya
badallarini kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning,
shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning tekshiruvlarini o‘tkazish;
(5-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
2) soliq tekshiruvi o‘tkazayotganda:
daromadlar olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish
obyektlarini saqlab turish bilan bog‘liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo
binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining
nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi)
saqlanadigan joylarni muhrlab qo‘yish;
soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilib olish;
hujjatlarni (ko‘chirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron
hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor
mahsulotlarning namunalarini) olib qo‘yish, bundan soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib
qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno. Soliq to‘lovchining faoliyatini
to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida
amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchidan, shuningdek soliq to‘lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi
va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar
xodimlaridan tushuntirishlar olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksida 
va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
(5-modda birinchi qismi 2-bandining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul
tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;


4) soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida
saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;
5) soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, budjetga
va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqlar summasini soliq to‘lovchi
to‘g‘risidagi, shuningdek unga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar haqidagi o‘zlarida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash;
6) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki
ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqish;
7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini
soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli
jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan nazorat qilish;

Download 143,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish