2-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
8. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslanuvchanligiga, yer osti suvlarining yaqinligi, yerning sho‘rlanish darajasi, sug‘orish tizimi mavjudligi hamda ularning funksional vazifalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Bunda, ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi e’tiborga olinishi lozim.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
9. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ularni ekish:
shaharlar va boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga biriktirilgan yo‘l va ko‘chalar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
tashkilotlarga tegishli hududlarda — ushbu tashkilotlar;
temir yo‘llar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;
tabiiy va sun’iy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari;
fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
10. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib, daraxtlar va butalarni ekish mumkin, ularni ko‘chirish ishlari yil davomida amalga oshiriladi.
11. Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirish:
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari;
fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12. Daraxtlar va butalarni butash:
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;
temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari;
fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Butashdan hosil bo‘ladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
13. Turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy ishlov berish:
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |