Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.( 13-modda.)
Depozit sertifikatlarini va veksellarni chiqarish Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Veksellarni chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (14-modda.) Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari Qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish hamda muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlarning qiymati, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi. (15-modda.) Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Uyushgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlari tuzilganda ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil qilish qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Fond birjasida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (bundan emitent mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yig‘im to‘laydi. Bunda sotuvchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim bo‘yicha daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinadi.( 16-modda.)