Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
so‘nggi bir yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar infratuzilma obligatsiyalari summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa, chiqariladi.
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek davlat korxonalari tomonidan infratuzilma obligatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarishning qo‘shimcha shartlari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Birja obligatsiyalarining emissiyasi, joylashtirilishi va muomalasi Birja obligatsiyalarining emissiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda fond birjasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
To‘lash muddati bir yildan ko‘p bo‘lmagan birja obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalasi fond birjalarida amalga oshiriladi.
Birja obligatsiyalarini joylashtirish faqat birja obligatsiyalarining chiqarilishini ro‘yxatga olgan fond birjasi orqali amalga oshiriladi.