Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi



Download 156,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi156,82 Kb.
#197679
  1   2
Bog'liq
Davlat - Vikipediya



Davlat

Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti

boʻlib, shu jamiyat yashayotgan

mamlakat fuqarolari manfaatini himoya

qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat

chegaralarini himoya qiladi, boshqa

mamlakatlar bilan aloqada boʻladi,

qonunchilik bilan shugʻullanadi va

hokazo.


Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni

uyushtirish masalalarini hal qilish, uning

tashqi munosabatlarini belgilash



vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D.

jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra

idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil

topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya

huquqshunoslikning muhim sohasi

hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi,

rivojlanish bosqichlari, mohiyat va

vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.

D. masalasi haqidagi qarashlar,

taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy

xayot hodisalari hamma zamonlarda

alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D.

toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar

mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda

Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda

paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-




mifologik harakterda edi. Avesto

taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat,

adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga:

ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga

tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka qar-

shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning

baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir.

Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng

oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari,

koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali

insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari —

podsholar, xonlar xudoning yerdagi

soyasi, vakili hisoblanadi.

Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga,

keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy

qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda




Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy,

J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk,

Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta

hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy

D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari

muayyan darajada oʻz aksini topgan.

Aristotel qam, Forobiy ham insonlar

hayotiy zarur masalalarni yechishda va

oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat

insonga ato etgan huquqlar (dunyoga

kelish, yashash, oila qurish va hokazo)

asosida D.ga birlashadilar, deb

hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni,

tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora

qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan.

"Davlat — huquqqa rioya etish, u umum

manfaati yoʻlida tuzilgan erkin



kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy),

"D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan

koʻpchilik odamlarning birlashmasidir"

(Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden

"D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir",

deyish bilan suverenitet, suveren

hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan.

Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa

suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs

bu xususda oʻzicha tavsif berib,

suverenitet sohibi bir shaxs, davlat

boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi

mumkinligini eʼtirof etgan. U D.

zimmasiga "qoʻl ostidagilarga

tinchtotuvlikni baxsh etish, ular

xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb

yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik



xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda

tashkil topish va rivojlana borish jarayoni

oʻz yoʻli bilan kechdi.

D.ning yuzaga kelishi va tarixiy

taraqqiyoti. Dastlabki D.lar sugʻoriladigan

dehqonchilik hududlari — Misr,

Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron

hududida), Hindiston va Xitoyda bundan

3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga

keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod

etish bilan mehnat unumdorligining

keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga

sabab boʻldi. D.ning tashkil topish

jarayonida piramida shaklida bunyod

etilgan jamiyat vujudga keldi: eng

yuqorida yagona hukmdor (podshoh,




firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning

eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari

(vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin

quyi martabali amal-dorlar, piramidaning

asosini esa, qishloq jamoalari tashkil

etardi. D. oliy hukmdor sanalib, jonli-

jonsiz hamma narsalarga, barcha

fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga

egalik qilardi. Jamiyatning barqaror

tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz

yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi,

qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda

paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq yashadi.

Gʻarb davlatlari Sharq D.laridan ancha

keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez

rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi




oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini

vujudga keltirib chiqargan.

Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi

tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni

arxeologiya fani va yozma manbalar

isbotlaydi. Jumladan, Avesto,

axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va

qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli

manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning

nomlary, aholining tur-mushi, dini,

madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy

tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan

tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi

ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga

oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning

oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-




asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik

D.lar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya

podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va

Fargʻona vi-loyatlari qad. tarixning

iqtisodiy va madaniy hayotida muhim

ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida

oʻzbek xalqi ajdodlari chet el

bosqinchilari (axomaniylar, yunon-

makedonlar)ga qarshi kurash olib

bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi.

Keyingi asrlar davlatchilik tarixini

oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy,

Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy,

Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz

Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari

muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta



asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida

somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar

sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi.

12-asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar

mamlakatni markazlashtirishga hara-kat

qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul

istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi

davlatchiligi tarixining yangi bosqichi

Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy

bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha —

iqtisodiy hayot, meʼmorlik,

hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak

darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana

Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi

asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga

qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy

hayotda yangi jarayonlarni kuzatish



mumkin. 18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta

Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi,

Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo

boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik

boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar,

oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday

vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho

Rossiyasi tomonidan istilo qilinib,

Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi.

Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga

erishish va milliy davlatchilikni tiklash

uchun xalq harakatlari boshlandi,

ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu

kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi.

Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon

qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida

mana shunday murak-kab tarixni



boshidan kechirdi (qarang Oʻzbekiston

Respublikasi).

Turli xalqlar oʻz davlatchiligining

shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy

va tarixiy-madaniy vazi-yatlarga bogʻliq

holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar.

Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech

qachon yarata olmagan elatlar va

qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning

ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming

yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning

maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ

boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan

boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya

insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib

qolmay, shuningdek, davlatchilik




taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-

yaqingacha xukm surib kelgan markscha-

lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy

harakterga ega, hukmron sinflarning

qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat

rivojlana borib, pirovardida D. oʻz

qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval

"yarim davlat"ga aylanib, keyinroq

(zarurat boʻlmaganligi bois) umuman

barham topadi. Leninning "Davlat va

revolyusiya" asarida bayon etilgan bu

xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch

ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi

voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot

shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon

hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan,

aksincha tom maʼnodagi D.ning



rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib

kelgan. Zotan D. jamiyatda bar-cha

sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga

keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa

nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy

belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi

hamma uchun majburiyligi bilan

farqlanadi.

D.ning asosiy belgilari. D.ning belgilari

toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar

turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda

aholining hududiy boʻlinishi, odamlar

ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat,

soliqlar ti-zimi alohida ajratib

koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy

eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini




koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari

doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha

birlashgan butun jamiyat, aholining

yagona vakili sifatida maydonga chiqadi;

D. — suveren hokimiyatning yagona

egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan

va huquq normalarini aks et-tirgan

qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan

hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz

funksiyalarini bajarish uchun zarur D.

organlari hamda tegishli moddiy vositalar

tizimidan iborat mexanizm

(mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish

(jazolash) organlari — sud, prokuratura,

militsiya, politsiya kabilarga, oʻz

mudofaasi, su-vereniteti, hududiy

yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi



qurolli kuchlar hamda xavfsizlik

organlariga ega boʻladi (qarang Davlat

xavfsizlik organlari).

D. tiplari va shakllari. Davlatshunos

olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan

yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz.

D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va

madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga

olinadigan boʻlsa, deqqonchilik bilan

shugʻullanuvchi va sanoat bilan

shugʻullanuvchi (yoki industrial

taraqqiyotgacha, industrial va

postindustrial) D.larga boʻlinishi mumkin.

Sivilizatsiya harakteriga koʻra, D.lar

sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D.larga,

iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa,




yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan

hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi.

Hoz. zamonda fanda keng

foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha:

totalitar, avtoritar, liberal va demokratik

D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va

erkinliklari jamiyat hayotining barcha

sohalarida rasman amal qiladi, D.

ishlarida fukarolarning rasman

ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man

etilmagan hamma narsaga ruxsat etiladi,

biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni

oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Totalitar

D.da hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu

hamma narsa, inson esa — hech nima"

degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun

qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib,



boshqalar D.ni boshqarishdan

chetlatilgan. Avtoritar D.da ham

hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib,

shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida

qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat

etilganidan tashqari hamma narsa man

etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik

D. fuqarolarning D. va jamoat ishlarini

boshqarishdagi xuquklarini amalda

taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda

yordam beradi. Shaxsning huquq va

erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni

amalga oshirish taʼminlangan boʻladi.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida

qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri

taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl

qoʻyiladi (qarang Demokratiya).



D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi.

Yangi D.lar tashkil topayotganda uning

shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi

muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D.

tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli

(tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga

oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati

va boshqaruvni tuzish hamda tashkil

etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv

shaklining eng qad. va xrz. kunga qadar

rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va

respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad.

Sharq, shu jumladan, Turon zaminida

tashkil topgan D.lar shakli edi.

Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq

monarxiya vacheklangan monarxiya

koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya



D.larida D. boshligʻining hukuqi

cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz,

taxt meros sifatida avloddan avlodga

oʻtadi, D. boshligʻining ustidan nazorat

yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi.

Oʻzbekistonda D. va huquq nazariyasi

hamda tarixining fan sifatida shakllanishi

va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov,

A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish

olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan

bogʻliq. Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi

realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila

yangicha yondashuvlarni taqozo etdi.

D.shunoslik, yangi tashkil topgan

D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning

rivojlanishi, demokratik institutlar

tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi



oʻrni xolisona tadqiq qilina boshladi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi D.

mustaqilligining huquqiy asoslari va

demokratik jamiyat barpo etish

muammolari (A.A.Azizxoʻjayev),

Oʻzbekistonda D. boshqaruvi va D.

hokimiyatini tashkil etish masalalari (A.

Toʻlaganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev),

davlat hamda qonun chiqaruvchi

organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi,

vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy

va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D.

Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov),

huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev),

inson huquqlari, xalqaro huquq

(A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning

rivojlanishi (E.H.Hali-lov), oʻzbek



davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha

tadqiqotlar olib borilmoqda.

Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak

yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli

davlatdan kuchli jamiyat sari, T., 1998;

Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993;

Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-kolo

Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs,

Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992;

Aʼzamxoʻjayev A. A., Oʻzbekistan

Respublikasi davlat mustaqilligining

huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H.,

Amir Temur va uning qarashlari, T.,

1992; Davlat va ququq nazariyasi

Adabiyot



(masʼul muharrirlar: H.B. Boboyev,

H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3.,

Davlat va huquq: umumnazariy

masalalar, 2000; Saidov A., Tojixonov

U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli],

1-jild, Davlat nazariyasi, T., 2001;

Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy,

M., 1996; Avesto va uning insoniyat

taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001;

Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov

Oʻ., Norqulov N., Oʻzbekiston tarixi;

davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T.,

2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi tarixi

(eng qadimgi davrdan Rossiya

bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan

davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.

[1]



Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki

asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar

oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi

davomida paydo boʻladi. 

Insoniyat

 davlat


paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida

uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham,

huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat

bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi

kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq

qiladigan 

yovvoyillik

varvarlik



 va

tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan.

Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq

shakllangan boshqaruv organlarini

qisman oʻzgartirib qisman yangi

organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib

Davlatning kelib chiqishi



yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy

davlat hokimiyati bilan almashtiradi.

Mehnat qurollarining rivojlanishi va

takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat

taqsimoti mehnat unumdorligi oshib,

ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa

xususiy mulkshillikka va jamiyatning

mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga

olib kelgan. Shu tariqa, asosiy

mashgʻuloti xususiy mulkchilik

munosabatlarini va mulkdorlar

manfaatini muhofaza qilishdan iborat

boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan.

Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va

qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat

sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy

hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga



aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha

mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy

hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi

oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa,

davlat hokimiyatining mohiyatini

majburlash tashkil eta boshlagan.

Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan.

Oldin uning mavqei alohida shaxsning

oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi

bilan belgilansa, endilikda uning mavqei

mulkiy holatiga va davlat hokimiyati

egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab

belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi

turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U

oʻzining shakllanishi va rivojlanishida

uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan.

Eng avvalo majburlashga asoslangan



davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha

rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.

1. Teologik nazariya — davlatni xudo

yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi,

teokratik davlat tarafdorlari fikrini

aks ettiradi.

2. Patriarxal nazariya — davlat

kattalashib ketgan oiladan kelib

chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya

dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan

va Aristotel asarlarida asoslab

berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi

Davlatning kelib chiqishi

toʻgʻrisida quyidagicha

nazariyalar mavjud:



Filmerning „Patriarx“ asarida

rivojlantirilgan.

3. Shartnoma nazariyasi — XYII- XYIII

asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra

davlat-oʻzaro kelishuv asosida va

ongli tarzda birlashgan kishilar

tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma

asosida ular oʻzlarining erkinliklari

va hokimiyatning bir qismini

davlatga beradilar. Nazariyani

Grotsiy

Spinoza



Lokk


Gobbs


,

Russo, 


Radishshev

 rivojlantirgan.

4. Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib

chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir

xalqning boshqa xalqni bosib olishi

bilan davlat tashkil topgan deb




tushuntiriladi. Uning asoschilari —

Gumplovish

Kautskiy


.

5. Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi

Sharqda yirik irrigatsiya inshootlari

qurilishi jarayonida davlat paydo

boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis

olimi Vittfogelning „Sharq istibdodi“

asarida bayon etilgan.

Sinfiylik nazariyasi — davlat

jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy

manfaatlarga ega sinflarga ajralichi

tufayli kelib chiqqan deb

tushuntiradi. Asoschilari — 

Karl

Marks


F.Engels


V.I.Lenin

[2]

.

7. Tarixiy-materialistik nazariya -



Ushbu ta'limotning dastlabki


asoschilari L.Morgan, K.Marks,

F.Engels va boshqalar. Davlat

ibtidoiy jamiyatning tabiiy

rivojlaninshi, evalutsiyasi oqibatida

kelib chiqishini asoslashga intilish

mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning

dastlabki kurtaklari, hokimiyatning

siyosatlashuvi asoslari, avvalo,

ibtidoiy tuzum qa'rida, uning

obyektiv rivojlanishi sharoitida

paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning

iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat

paydo bo‘lishining moddiy asosini,

balki uning sotsial asoslarini ham

ta'minlaydi

Davlat va uning belgilari,




Davlatning mohiyatini tushunishda uch

asosiy nazariy yondashuv mavjud:

1. Ijtimoiy yondashuv;

2. Sinfiy yondashuv;

3. Siyosiy-huquqiy yondashuv.

Demak, davlat-umumiy muammolar va

ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar

va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga

soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat

sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga

kelgan, sinfiy kurash bir sinfning

boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat

qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat

jamiyatning va davlatning oʻzining

shakllari



hayotini tashkil etuvchi huquq

manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv.

Davlat butun mamlakat miqyosidagi

hokimiyatning maxsus boshqaruv va

majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha

uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va

suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy

tashkilotdir.

Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar,

guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi

faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil

etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi

asosiy institutdir. Davlat-hokimiyatning

bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali

oʻz siyosatini amalga oshiradi

[3]


.


1. Davlat hokimiyatining, yaʼni

hokimiyat va boshqaruv

apparatining, majburlash

apparatining mavjudligi.

2. Aholining hududlar boʻyicha

uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy

birliklarda yashash.

3. Suverenitet-ishki va tashqi

siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.

4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy

tuzumning mohiyatidan kelib

chiqadigan va davlat tomonidan

mustahkamlangan, ijro etilishi

umumiy majburiy boʻlgan normalar,

hulq-atvor qoidalari.

Davlatning asosiy belgilari:




5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan

davlat apparatini saqlash hamda

aholining kam taʼminlangan qismiga

yordam berishga sarflanadigan

soliqlarni toʻplash.

. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish.

Hududni qoʻriqlash, jinoyatshilikka

qarshi kurash, umumiy farovonlik

maqsadlarini amalga oshirish.

1. Ichki funksiyalar-davlat ichki

hayotini boshqarishga qaratilgan

faoliyatning asosiy yo`nalishlari:

Davlatning asosiy

funksiyalari:




a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish);

b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).

1. Tashqi funksiyalar — davlatning

xalqaro maydondagi faoliyatining

asosiy yoʻnalshilari;

a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy

faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b)

Mudofaa va xavfsizlik

[4]

.

I. Boshqaruv shakli: monarxiya va



respublika. Monarxiya mutlaq va

cheklangan shakllarda boʻladi (absolyut

va konstitutsion).

Davlatning shakllari:




Respublika prezidentlik va parlamentar

respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan,

Saudiya Arabistoni (mutlaq monarxiya)

Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya,

Shvetsiya (cheklangan monarxiya,

konstitutsion). AQSH, 

Oʻzbekiston

Respublikasi (Prezidentlik) Avstriya,

Italiya,Olmoniya (Parlamentar).

II. Davlat tuzumi shakli: — 

unitar

; oddiy,


yaxlit davlat. — 

federativ

, murakkab,

ittifoqdosh davlat. — 

konfederativ

-

maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan



davlatlar ittifoqi. Masalan, AQSH, GFR,

RF, Braziliya, Hindiston davlatlari —

federativdir. Shveysariya (1848-yilgacha),



Evropa Ittifoqi

 — 


konfederativ

.

Oʻzbekiston — unitar davlat.



III. Siyosiy rejimga ko`ra davlat shakllari.

— 

Demokratik



 (vakillik demokratiyasi,

bevosita demokratiya). — 

Antidemokratik

(

fashistik



totalitar

).

Jamiyatni boshqarish va xalq



manfaatlarini himoya qilishni amalga

oshiradigan davlat idoralari va

muassasalari tizimi. Davlat idorasi

(organi) — davlat mexanizmining

qonunga muvofiq ravishda oʻz tuzilishiga,

ijtimoiy hayotning muayyan sohasini

boshqarish boʻyisha aniq belgilangan

Davlat mexanizmi




vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat

mexanizmining boshqa qismlari bilan

uzviy aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik

hosil qiladigan tarkibiy qismidir.




Download 156,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish