Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati. Kirish. Asosiy qisim. I bob. Davlat byudjetning obyektiv zaruriyati va ni davlat asosiy funksiyalari bilan bog’liqligi. Davlat byudjetining ahamiyati



Download 155,54 Kb.
bet8/12
Sana08.02.2022
Hajmi155,54 Kb.
#435792
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati

Manba: Экономика и право: словарь-справочник. - М.: Вуз и школа. Л. П.Кураков и др. 2004.
Lekin jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini yaratishga muvaffaq bo’linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy omillarning ta’sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo’lib, ular bir-biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko’p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan modellarga ham zid keladi.
2.2 O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari. Budjet tizimi. Budjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha.

Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng ma’noda va tor ma’nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar berilgan:


Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig’indisidan, shuningdek, har bir byudjet bo’g’iniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar yig’indisidan, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig’indisidan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan 6-moddasida: “Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi”18, - deb ta’rif berilgan.
Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakat ma’muniy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar yig’indisidan iborat.
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risidagi” Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat19:

  1. Byudjet tizimining yagonaligi printsipi – byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.

  2. Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi – byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Ushbu printsipga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o’z byudjetiga ega bo’lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo’g’inini tashkil qiladi.

  3. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi – byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Bu printsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini, shu bilan birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

  4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipiga ko’ra, byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.

  5. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.

  6. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi har bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi.

  7. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu printsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.

  8. Kassaning yagonaligi printsipi byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu printsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.

  9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi.

  10. Ochiqlik printsipi davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini), byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.

Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi.
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi – daromadlar va xarajatlarni tasnif obyektlariga ko’ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan guruhlash ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat.
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslash imkonini beradi.
Byudjet tasnifi:

  • davlat byudjeti daromadlari tasnifini;

  • davlat byudjeti xarajatlari tasnifini;

  • davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.

Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining yuqorida ta’riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’na­lishlari va miqdori nazarda tutiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari o’rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti hisobiga to’g’ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning tarkibiga, o’z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;

  • viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi;

  • Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.

Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.


Download 155,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish