Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari reja



Download 27,12 Kb.
bet1/2
Sana05.07.2022
Hajmi27,12 Kb.
#742149
  1   2
Bog'liq
DAVLAT BYUDJETI STATISTIKASINING ASOSIY KATEGORIYA VA KO


DAVLAT BYUDJETI STATISTIKASINING ASOSIY KATEGORIYA VA KO`RSATKICHLARI

Reja

  1. Davlat byudjeti statiskasining vazifalari

  2. Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriyalari va ko'rsatkichlari



  1. Davlat byudjeti statiskasining vazifalari

Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjetining o’rni va ahamiyati kattadir. Moliyachi iqtisodchilarning xisob-kitoblariga qaraganda bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti moliya resurslari tarkibida 40%, mamuriy-buyrukbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi.
Byudjet “Budget” so’zidan olingan bulib byudjet, chemodan, pul bilan tuldirilgan xalta va boshka ma’nolarda ishlatilgan. Byudjet-daromadlar va sarflar rejasi, ya’ni moliya rejasidir. Bu reja xar bir shaxs, oila, xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tuman, shaxar, viloyat va davlat miqiyosida tuzilishi mumkin. Davlat byudjeti davlatning markaziy moliya rejasidir, xukumat ixtiyoridagi yirik markazlashtirilgan pul jamgarmasidir. Davlat byudjetida barcha asosiy moliya institutlari: sarflar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat byudjeti davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’risidagi qonunida “Davlat byudjeti-davlat pul mablaglarini (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamgarmasi bo’lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq, maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yunalishlari va mikdori nazarda tutiladi”, deyilgan. O’zbekiston Respublikasida yagona byudjet tizimi shakillantirilgan. U ikki bo’gindan iborat, bo’lib, davlat byudjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston respublikasi va maxalliy byudjetlar (viloyat, shaxar, tuman) ni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamgarmalari jamlanadi. Uzbekiston Respublikasida barcha buginlardagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul kilish va ijrosini hisobga olish milliy valyutada so’mda amalga oshiriladi. Faqat 1992-1996 yillarda valyuta tushum (qarz)larini hisobga olish va xukumatning valyutada kiladigan operatsiyalarini qoplash uchun xorij valyutasida mustaqil byudjet ham tuzilgan. Keyinchalik,1996 yildan boshlab, yagona va yig’ma, sumda baxolanadigan byudjetga o’tilgan. Yagona byudjet tizimining elementlari davlat byudjeti statistikasining o’rganish ob’ektlaridir.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya, soliq) siyosatining mazmuni va yo’nalishini belgilovchi byudjetning asosiy ko’rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir. Bu vazifani quyidagicha aniqlashtirish mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat byudjeti tasniflarida, ko’rsatkichlari tizimini tuzish, ularni xisoblash va baxolashda xalqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2. Davlat byudjetining asosiy vazifalari: yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartiblashtirish va rag’batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliya bilan ta’minlash, mamlakatning markazlashtirilgan pul jamgarmalarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif berish;
3. Davlat byudjetining daromadlari, sarflari va defitsiti (profitsiti)ni umumiy summalarini xisoblash;
4. Davlat byudjeti daromadlari va sarflarining tarkibi, tarkibiy tuzilishini o’rganish;
5. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarini o’rganish;
6. Davlatning ichki va tashqi qarzining ko’lamini baxolash;
7. Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va axolini turmush darajasiga ta’sirini o'rganish va boshqalar (masalan, byudjet tashkilotlari shoxobchalari, xodimlari soni, sarf xarajatlari va boshqalar);
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish,xalkaro tashkilotlarga XVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqdim qilish, MXT va to’lov balansini tuzish uchun zarur bo’lgan birlamchi ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish (guruxlash,va umumlashtirish) bilan shug’ullanmoqda. Davlat byudjeti statistikasi amaliyotiga xalqaro standartlarni qo’llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushunchalari, qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda.

Davlat budjeti - davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi. Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy param etlarini baholashdan iborat:


— davlat budjeti darom adlari va xarajatlarining umumiy hajmini, xarajatlar hajmini darom addan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha, darom adlar hajmini xarajatlar hajm idan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;
— davlat budjeti darom adlari va xarajatlari tarkibi;
— budjet defitsitini moliyalashtirish manbalari;
— davlatning ichki qarzlari hajmi;
— soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k. Davlat budjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, budjetning darom adlari va xarajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi. Budjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:
— soliq tushumlari
— majburiy, o’rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to'lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.);
— soliq bo’lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korxonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.);
— o'rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar). Budjet xarajatlari bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o'rganiladi:
— umumiy xarakterga ega bo’lgan davlat xizmatlari;
— jamoa va ijtimoiy xizmatlar;
— iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan davlat xizmatlari;
— boshqa funksiyalar.
Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi:

  1. Joriy xarajatlar (tovar va xizmatlar xarajatlari, foizlarga toMovlar, subsidiyalar va joriy transfert to’lovlari).

  2. B. Kapital xarajatlar (asosiy kapitalni va zaxiralarni hosil qilish uchun tovarlar sotib olish, yerni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).

Budjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, shuningdek, ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Davlatning aralashuvi natijasida amalga oshirilgan qayta taqsim lash jarayonlarining hajmini budjetning daromad qismini yalpi ichki m ahsulotga nisbati ifodalaydi. Budjetning darom adlari va xarajatlarini statistik o‘rganish dinam ika qarorlari asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo’lgan omillarni statistik baholaydi. Jumladan, soliq tushum lariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
— soliq bazasining o ‘zgarishi;
— soliq stavkasining o ‘zgarishi.
Soliq bazasi o ‘zgarishining soliqni absolut o ‘sishiga ta ’sirini quyidagi formula bo'yicha aniqlash mumkin: Us Д S ij X Ко; - ASoj X K oi soliq hajmini absolut o‘sishi quyidagicha aniqlanadi: U|<=A Sij x Kij - Д Sij x Koi; bunda, S i; So; — i ko'rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi; K H Koj — i ko'rsatkich bo'yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi. Shu ikki omil hisobiga o'sgan soliqlarning absolut summ asi, soliq daromadlarining umumiy o'sishiga teng bo'ladi. Analitik maqsadlarda asosiy ko'rsatkichlar bilan birga boshqa ko'rsatkichlar ham qo'llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni budjetni tashkil bo'lishiga va xarajatlariga ta’sirini baholaydilar. Masalan, budjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan xarajat turlari orasidagi bog'lanishni, shuningdek, yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo'yicha
daromadlar summasi orasidagi bog'lanishni o'rganish uchun elastiklikning em pirik koeffitsiyentlaridan foydalanish mumkin: E=AU/AX x X /U ; bunda, E — elastiklik koeffitsiyenti (omil «X»ning l%ga o'zgarishi natijasida yakuniy ko'rsatkich «U»ning o'zgarish darajasi); ДХ — «X» omilining o'sishi; AU — «U» yakuniy ko'rsatkichning o'sishi.
Davlat byudjeti statistikasida ishlatiladigan eng muhim toifalardan biri bu umumiy davlat sektoridir. Sektorning ta'rifi daromadlari va xarajatlari davlat byudjetida aks ettirilishi kerak bo'lgan institutsional bo'linmalar - davlat tashkilotlari va muassasalarini yaratishga imkon beradi. Davlat boshqaruvi sektoriga faoliyati davlat boshqaruvi funktsiyalarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan bo'linmalar kiradi. Ushbu funktsiyalar bozordan tashqari xizmatlar ko'rsatish orqali davlat siyosatini olib borish va daromad va boylikni qayta taqsimlashdan iborat. Qoida tariqasida, qayta taqsimlash iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi bo'linmalarga soliq solish, shuningdek, pensiya, nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalar berish orqali amalga oshiriladi.
Umumiy hukumat tarkibiga tovarlar va xizmatlarni sotishda keng miqyosda ishtirok etadigan (masalan, bozor narxlarida sotish maqsadida tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradigan davlat korxonalari) yoki jamoat korporatsiyalari kiradi. Umumiy davlat sektori funktsiyalariga valyuta zaxiralarini boshqarish va pul-kredit siyosatini yuritish kabi pul-kredit organlari tomonidan amalga oshiriladigan ba'zi funktsiyalar, har qanday bank funktsiyalari (talab qilinadigan depozitlar, muddatli va jamg'arma depozitlarini olish) kirmaydi. Tahlil qilish maqsadida ushbu faoliyat boshqa moliya institutlari faoliyati bilan birlashtirilib, alohida sektorni tashkil etadi.

Download 27,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish