22.2-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining amalga oshirilishi1 respublika darajasida – O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada – Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga – printsiplarga amal qilish alohida ahamiyatga ega. Budjet Kodeksining 172-moddasi bilan davlat moliyaviy nazoratining quyidagi printsiplari belgilab berilgan (22.3-rasmga qarang):
22.3-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining printsiplari2
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi;
davlat moliyaviy nazoratining mustaqilligi;
davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi;
davlat moliyaviy nazoratining xolisligi.
Budjet nazoratining turlari, shakllari va usillari
Budjet Kodeksining 173-moddasida davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari belgilab berilgan. Unga ko‘ra, davlat moliyaviy nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
22.4-rasm.Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari1
taftish;
tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish);
o‘rganish.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagilardir:
dastlabki nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi;
joriy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy nazorat – moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng maxsus vakolatli davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
1) tekshirish hujjatlarining hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat – tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni tekshirish;
tanlov asosidagi nazorat – muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini tekshirish;
2) nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat – moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tekshirish;
mavzuli nazorat – moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini tekshirish;
muqobil nazorat – operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga olgan tekshirish.
Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining nazariyasi va amaliyotida uning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan budjet nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (6-rasm):
Dastlabki moliyaviy nazorat turli darajadagi budjetlar loyhalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash; daromad va xarajatlar smetasi, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shaklidir. U moddiy va moliyaviy resurslarni noratsional ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi. Dastlabki moliyaviy nazorat chog‘ida qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari, ko‘zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligi aniqlanishi mumkin.