AQSHda boshqaruv xarajatlarining byudjetdan moliyalashtirilishi
Amerika Qo’shma Shtatlarning Qishloq Xo’jaligi Departamenti 1960 yillarning boshida «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi bo’yicha tadqiqot o’tkazdi, tadqiqotning natijalari qoniqarli bo’lmadi. «Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi mavjud bo’lgan muammolarni boshidan ko’rib chiqishni talab qiladi va shu bilan ma’muriyatning vaqtini oladi. Tizim haqiqatdan ham murakkab edi, chunki siyosiy sohaga taaluqqli ko’p dasturlarni tahlil qilishga vakolat bo’lishi kerak, ma’lumot va tahlillar aniq bo’lishiga qaramay unga ruxsat berib bo’lmaydi. Agentliklardan tashqarida ko’p tayyorlangan ish hujjatlarini qaror qabul qiluvchilar ko’rib chiqa olishmadi.1
Nol-bazali byudjetlashtirishning salbiy tomonlaridan biri bu – uning ochib-tugatiladigan byudjetning analoglaridan biri ekanligidir. Ikkala uslub (yondoshuv)da haqiqatdan uzoq bo’lgan prognozlar tayyorlanadi. Ochib-tugatiladigan byudjet tugamaydigan resurslarni prognoz qiladi. «Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi shunday pronoz qiladiki, qaror qabul qiluvchilar uchun dasturlar aniqligi etarlicha bo’ladi, ularga sarflangan vaqtni oqlaydi. Haqiqatdan ham, har qanday qonuniy vakolatga ega organ xodimlar har bir moliya yilida berilgan bir nechta dasturlarni o’chirish huquqiga ega. Shu sababli, hukumat dasturlarni har yili ishlatganidan ko’ra, «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi bir yilda dasturlarni tanlash huquqiga ega bo’lgani foydali bo’ladi, Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubidan foydalanib, ba’zi bir dasturlarni yaxshilab ko’rib chiqish mumkin, barcha qayta ko’rib chiqilgan dasturlar besh yillik davrda ishlatiladi.
1970 yillarda «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi yangi mashhurlikka ega bo’ldi.2 Georgia shtati va uning hukumatiga katta e’tibor berildi, 1977 yilda Federal hukumatga Jimmi Karter Prezident bo’layotganida «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubining yangi ko’rinishini olib keldi. Jimmi Karter ma’muriyati versiyasining uchta muhim xususiyati mavjud:
«Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubidan foydalanish federal darajada bir nechta sabablarga ko’ra tanqid qilindi. Eng ko’p eshitilgan shikoyatlar byudjet talabnomasini tayyorlashga ko’p vaqt sarflanishi va byurokratik to’siqlar mavjudligi to’g’risida bo’ldi.3 Prezident Jimmi Karter so’zlariga qaraganda, «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi turli agentliklardan har bir soliqdan tushgan mablag’larni tasdiqlashni talab qilmadi. Ma’muriyatdagilar qanday qilib agentliklar maksimum darajada daromadlar tushayotgan bir paytda minimum darajada ijtimoiy himoyalangan operatsiyalarga mablag’lar o’tkazilishidan hayron qolishdi.
«Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubida kamdan-kam hollarda zarur bo’lmagan dasturlar moliyalashtirildi, ularning hajmini o’sishi qisqartirildi yoki dasturlar ichidan ustuvor yo’nalishlar qayta belgilandi.1 Ba’zi sohalardagi tejashlar minimum darajadagi dasturiy moliyalashtirish evaziga bo’ldi, lekin bu agentliklarni g’azablantirdi. Mazkur dasturlarning ma’murlari o’zlarini jazolangandek his qilishdi, chunki ular hozirgi byudjetdan kam bo’lgan mablag’ olish bilan, dasturlarni qanday qilib to’liq moliyalashtirishni bilishdi. Mazkur tizim o’ziga byurokratiyani jalb qilayotgandek tuyuldi va bu narsa siyosiy qaror qabul qilishda kam foyda berdi. Reygan Prezident bo’lgandan so’ng, 1981 yil yanvar oyida «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubidan boshqa foydalanmaslik to’g’risida qaror qabul qilindi.
Shtatlarda va mahalliy darajalardagi tajribani, federal hukumatning tajribasi bilan solishtirsa bo’ladi. «Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubining natijalari bo’yicha katta va’dalar qilinishiga qaramasdan, mazkur uslubdan foydalanilmadi, lekin boshqa davlatlar byudjet tizimida «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubdan foydalanishni davom ettirishdi.
«Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubi 1970 yillardan amaliyotda ishlatilmadi, chunki juda ham ko’p ma’lumotlar talab qildi, bu ma’lumotlar hozirgi texnologiyalarga solishtirganda, juda ham eski texnologiyalar bilan o’rganilishi kerak. Bunday xulosa berishning sababi shunday tushuntiriladiki, hozirgi texnologiyalar oldindan byudjet islohotlarida «Nol-bazali byudjetlashtirish» uslubini salbiy tomonlarini ko’rsata oldi. Bu tadqiqotning ijobiy bo’lib ko’rinishi, byudjet to’g’risida qaror qabul qilishda dasturiy ma’lumotlardan foydalanishning o’sishi bo’ldi, lekin byudjetlashtirish jarayonida ishlamagan boshqa uslublarning ishlashini sinab ko’rishga urinish emas. Lekin, «nol-bazali byudjetlashtirish» uslubidan foydalanilmaslikning asosiy sababi bu – o’zining muhim funktsiyasining asosida nol borligidir, siyosiy xizmatlar bunday ma’noga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |