Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Dunyo mamlakatlarida davlat byudjetining boshqaruv xarajatlarining o’ziga xos xususiyatlari



Download 2,36 Mb.
bet137/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

20.2. Dunyo mamlakatlarida davlat byudjetining boshqaruv xarajatlarining o’ziga xos xususiyatlari.


Boshqa mamlakatlarda byudjetlashtirishda byudjet ijrosi hisob-kitoblaridan foydalanish odatiy hol. Yangi Zellandiyada, 1990-yil o’rtalarida, byudjet ijrosi ma’lumotlarining katta miqdoriga tayanib, resurslarni taqsimlash tizimini takomillashtirish zarurligi aytildi. AQSh va ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy va fiskal inqiroz 2007-yildagi iqtisodiy inqiroz sababli boshlangan, mazkur bobning boshida aytilganidek, ular davlat byudjet ijrosi samaradorligiga e’tiborini qaratdilar. Buyuk Britaniyada mahalliy hukumatlar 1990-yilda ijro menejmenti tashabbuslarini boshdan kechirdi. Hukumat tomonidan «Ijroning eng yuqori indikatorlari» (the Best Value Performance Indicators) deb nomlangan ma’lumotlar majmui ishlab chiqildi. 2008-yilda «Milliy indikatorlar majmui» nomli yagona majmua tayyorlandi. 2011-yilda mahalliy hukumatlar uchun Yagona ma’lumotlar ro’yxati ko’rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, Viktoriya, Avstralian shtatida mahalliy hukumat boshqaruvchilarining 50,0%i byudjet islohotlari orqali rejalashtirish ishlarini yaxshi tomonga o’zgartirdilar va 47,0%i resurslarning taqsimlanishiga ta’sir qildi1. Singapurda byudjet ijrosi ma’lumotlaridan keng foydalanildi va natijaviy ko’rsatkichlarning ahamiyati oshdi. Shunga qaramasdan, Singapur byudjet to’g’risida qaror qabul qilishda byudjetlashtirish uslubini ishlatayotganda dastur ma’lumotidan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishga va unga byudjet ma’lumotlarini bog’lashga harakat qilmadi. Kanada, Angliya, va Amerika Qo’shma Shtatlarda hukumatlar tadqiqotlarga ko’ra, byudjet ijrosi hisobotlaridan strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda foydalanilganligi aniqlandi. «The OECD Journal on Budgeting» jurnali mundarijasini o’rganib chiqib aytish mumkinki, byudjet ijrosini baholashni amalga oshirish, byudjetlashtirish, byudjet ijrosi yoki shunga o’xshash mavzular Polsha (2011), Turkiya (2010), Litva (2010), Moldava (2010), Xitoy (2010) va Fillipin (2010) da ikki yil ichida nashr etilgan maqolalarda mavjud.2
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Kanadadagi boshqaruv sohasidagi islohotlar, jumladan, byudjet islohotlari «Yangi davlat boshqaruvi» (the New Public Management ) deb nomlandi. Vaqt o’tgan sari, bu harakat Evropaga tarqaldi, ayniqsa Avstraliya, Germaniya va Shvetsariyada rivojlantirildi. «Yangi byudjet boshqaruvi» Amerika Qo’shma Shtatlariga etib keldi, hatto boshqa davlatlarda hech qanday ma’no-mazmun bermasa ham, «Yangi byudjet boshqaruvi» dan foydalanish ko’paygan yoki kamaygan bo’lsa ham, Amerika Qo’shma Shtatlari olimlari tomonidan «Yangi byudjet boshqaruvi» nimani o’zgartirishini tushunishga harakat qilindi. Masalan, bahslarga ko’ra ba’zi olimlar tomonidan «Yangi byudjet boshqaruvi» keraksiz deb e’lon qilindi. Shu o’rinda aytish kerakki, «Yangi byudjet boshqaruvi» byudjet islohotlaridan kengroq tushunchadir. Odatda «Yangi byudjet boshqaruvi» juda ko’p boshqa o’zgarishlar va yangiliklarni o’z ichiga oladi, jumladan xususiylashtirishda rahbarlar uchun moslashuvchanlikni oshiradi.3




    1. Download 2,36 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish