Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Obama ma’muriyati boshqaruvi va byudjet tashabbuslari2



Download 2,36 Mb.
bet139/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Obama ma’muriyati boshqaruvi va byudjet tashabbuslari2. Oldingi ma’muriyatga o’xshab, Obama mamuriyati umumiy hukumat bosh qaruvidagi yangiliklar va maxsus byudjet islohotlari bilan tanishtirib chiqdi. Bular asosida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarini kamaytirish va natijalarni yaxshilashga axamiyat berildi. Yangi ma’muriyatning birinchi byudjetni qabul qilishdagi oltita boshqaruv tashabbuslari tasvirlangan:

  • PART ni yangi mehnat unumdorligini oshirish va tahlil ishlarini «Ijroga asoslangan byudjetlashtirish» va «Rejali-dasturli byudjetlashtirish» bilan almashtirish;

  • Qonunlarni tiklashni tegishli mablag’lar bilan ta’minlash;

  • Federal tizim xodimlarini o’zgartirish;

  • Sohalarni boshqarish;

  • Federal shartnomalar tuzish va sotib olishni qayta isloh qilish; va

  • Yangi texnologiyalarni amalga oshirish, oshkoralikni ta’minlash va tiniqlikni oshirish.

Federal agentliklar tomonidan (PART) da yaxshilangan byudjet ijrosini baholashni ko’rish mumkindek tasvirlangan, lekin aslida byudjet ijrosini baholashdan foydalangan holda, ijroni amalga oshirish uncha omadli bo’lmadi. Obama ma’muriyati tomonidan yaxshi ishlaydigan va ishlamaydiganlarni baholashga urg’u berilgan va rasmiy baholashlar www.performance.gov web sahifada joylashtirilgan. Yangi www.performance.gov. web sahifasida yillik va ko’p yillik strategik rejalar, agentlik dasturini yaxshilash hisobotlari va yillik agentlik hisobotlari xulosa bilan joylashtirilgan. Ilk baholash sahifasini «ijro ostida» deb tanqid qilindi. Garchi, mehnat unumdorligini oshirishni yaxshilash va tahlil chegarasida ijro yaxshilangan va prognoz taxminlarining tahlili bo’lsa-da, aslida qat’iy dasturlar bo’yicha baholashlar o’tkazish va natijalarini nashr qilishni rivojlantirish kabi muayyan tashabbuslar zarur edi.
2011-moliyaviy yilda Obama mamuriyatiga hukumatdan byudjet ijrosi bo’yicha to’liq hisobotlarni xulosa bilan qabul qilishni, har bir agentlikdan kamida o’ntadan kam bo’lmagan va to’liq ijro maqsadlari haqida savollar berishga va aniqlashga urg’u berish ta’kidlandi. Ustuvor yo’nalishlar nafaqat muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida faqatgina jarayonning samaradorlik darajasinigina emas, ta’sir ko’rsatish kuchini o’lchashga qaratilishini kerak. Federal dasturlarga haqiqiy ta’sir etuvchi baholash tadqiqotlarini hujjatlashtirishda eng munosib baholash usullaridan foydalanish kerak. Islohot yo’nalishlarining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o’zlari tanlagan maqsadlarga erishishda agentliklarga katta ma’suliyat yuklash va erishgan yangiliklarni hukumat, Kongress va xalq orasida oshkora etishdir.
2007-yilda boshlangan va chuqurlashayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga javoban rasmiy byudjet jarayonidagi bosqichlar muddatidan uzoqlasha boshladi va federal byudjet taqchilligi oshdi. Byudjet taqchilligini kamaytirish uchun byudjet islohotlari o’tkazilishi va muayyan vazifalarni bajarish uchun individual tashabbuslar haqida o’ylash kerak bo’ldi. Misol uchun, Qayta ta’mirlash ishlariga zarur bo’lgan mablag’ xarajatlarini ta’minlash uchun, (davlat va iqtisodiyot bobiga qarang) agentliklar qayta ta’mirlash ishlariga jami byudjet loyihasida ko’zda tutilgan mablag’lardan ajratilishi so’raldi. Barcha agentliklar orasida «of no-bid» yoki «sole-source» nomli kontraktlar kontrakt va kelishuvlar sonini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lib, ish bajarilishi aniq bo’lmagan miqdordagi kontraktlar kamaytirildi, bu Federal byudjet mablag’larini noto’g’ri ishlatish harakatlarini kamaytirishga qaratildi.
Yuqorida muhokama qilganimizdek, dastlabki yillarda asosiy tasdiqlangan byudjet islohotlarini amalga oshirish Obama ma’muriyati zimmasida bo’lmagan, balki GPRMA (2010) o’z ichiga olgan edi. Albatta, bu Kongress va ma’muriyatning tashabbusi emas. Bundan ko’rinadiki, GPRMA ning ko’p xususiyatlari qonunda aniq aytilmagan va byudjetni ijro etish tartibini amalga oshirish rasmiylashtirilmagan. Barcha muammolarni hal qilishmagan va to’g’ri qarorlar qabul qila olishmagan bo’lsa ham, shunga qaramasdan, byudjet ijrosidan, jumladan, byudjet ma’lumotlaridan amaliyotda foydalanish ishlari davom ettirildi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish