Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalari1



Download 2,36 Mb.
bet142/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

22.1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalari1


Rasmda ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini chegaralash mushkul. Chunki moliyaviy qonunchilikning o‘zgarishi bilan moliyaviy nazoratning vazifalari ham o‘zgaradi va aniqlashtiriladi.
Masalan, budjet islohotlarining dastlabki bsqichlarida davlat moliyaviy resurslarini maksimal darajada iqtisod qilish asosida budjet taqchilligining o‘rnatilgan darajasini ta’minlash ustidan qattiq nazorat olib borish davlat moliyaviy nazoratining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan bo‘lsa, islohotlarning bugungi bosqichidagi davlat moliyaviy nazoratining vazifalaridan biri – ajratilgan mablag‘lardan maqsadga muvofiq samarali foydalanish, ularning iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi tarmoqlariga safarbar etilishi ustidan qat’iy nazoratni olib borishdan iborat bo‘lmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda oxirgi 10 yillar davomida budjet nazorati “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi, “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonunlar asosida amalga oshirib kelindi. Ushbu qonunlar yurtimizda budjet qonunchiligining umumiy huquqiy asoslari­ni, davlat budjetining shakllanish va tuzilish printsiplari, uni ko‘rib chiqish, qabul qilish va bajarish tartibini belgilab berdi, shu­ningdek, unda davlat budjeti daromadlarining shakl­lanishi hamda sarflanishi, davlat budjeti mablag‘lari operatsiyalari­ni amalga oshirishda hisobga­ olish va hisobot, shuningdek, nazorat printsiplari mus­tahkamlab qo‘yildi. “Davlat budjeti g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonun esa davlat budjetini g‘aznachilik asosida ijro etish tartib-qoidalarini belgilab berdi. 2014 yilga kelib bu qonunlarni takomillashtirish talabidan kelib chiqqan holda “Budjet Kodeksi” qabul qilinib, 2014 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritildi.
Ushbu Kodeksning IX bo‘limi “Budjet tizimi budjetlarining ijrosini nazorat qilish” deb nomlangan bo‘lib, unda belgilab qo‘yilishicha, “Davlat moliyaviy nazorati budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishini aniqlash, bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi”1.
Umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan ixtisoslashgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat turlarini qamrab oladi:

  • budjet-moliya nazorati;

  • soliq nazorati;

  • bojxona nazorati;

  • valyuta nazorati;

  • pul muomalasi nazorati.

Nazoratning bu turlari ichida alohida o‘rin egallaydigani budjet-moliya nazorati hisoblanadi. Budjet-moliya nazorati barcha darajadagi budjetlarning, davlatning budjetdan tashqari fondlarining shakllani­shi, davlat moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Nazoratning bu turini O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G‘aznachiligi kabi ixtisoslashgan operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Davlat moliyaviy nazorati (22.2-rasm):


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish