Axborotdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini rivojlantirishning global tendentsiyalari.
Mamlakatimizda samarali axborot siyosatini olib borishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratmoq joiz:
Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi ularning samarali faoliyatini ta’minlaydi. Bunday samarali faoliyat tabiiyki, mamlakatimizda mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi;
Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi jurnalistlarning ijodiy erkinligi, mavzu tanlash va fikr berishdagi mustaqillikda namoyon bo‘lib, ular ijodiy salohiyatining to‘liq ro‘yobga chiqishi hamda samarali professional faoliyatida muhim omil bo‘lib hisoblanadi;
OAVda milliy manfaatlarga zid, davlat mustaqilligiga hamda hududiy yaxlitligimizga zarar keltiradigan axborot ta’siri, chunonchi zo‘ravonlik, millatlararo va dinlararo adovatni targ‘ib qilish, real voqelikni noto‘g‘ri va buzib ko‘rsatilgan axborotlar ham bu sohadagi xavf-xatarning o‘ziga xos ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘ladi;
Targ‘ibotda murakkab, chalkash, sun’iy fikrlardan foydalanish uning ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Targ‘ib etiladigan mavzu mazmuni naqadar sodda, aniq va tabiiy bo‘lsa, uning ta’siri shunchalik samarali bo‘ladi;
Insonda shunday xususiyat ustuvorki, u ko‘proq hissiy-emotsional ta’sirga moyil bo‘ladi, shuning uchun uning aql-idroki bilan bir qatorda his-tuyg‘ulariga ham murojaat qilish ko‘proq samara beradi;
Targ‘ib etiluvchi matn mazmuni chuqur o‘ylangan, mantiqiy jihatdan izchil, bir qismi ikkinchisini o‘zaro to‘ldirib keladigan, ijodiy yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi uning samaradorligini oshiradi;
Targ‘ibotdagi o‘ziga xos usul bu – takrorlash bo‘lib, ammo ushbu omil ham me’yoridan oshgach, ta’sirchanligini yo‘qotadi;
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizda samarali axborot siyosatini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin egallab, shuningdek, milliy xususiyatlar targ‘iboti, jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, ular qalbiga mustaqillik mas’uliyatini singdirish, umumiy fuqarolik mentaliteti bilan uyg‘unlikda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Jamiyatda g‘oyaviy - mafkuraviy faoliyat ana shunday umumiy, yaxlit tizim shakliga keltirilgandagina siyosiy jihatdan mukammallik kasb etadi.
Prezident SH.M.Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “Albatta, biz Internet va boshqa zamonaviy axborot manbalarining o‘rni va ahamiyatini inkor etmaymiz. Bugungi hayotimizni Internetsiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. SHuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Internet tizimi orqali ma’naviy targ‘ibot ishlarini, jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirishi zarur. Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz1.
Do'stlaringiz bilan baham: |