Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik
qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini
2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish
3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan
huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu
4) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab
5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma
berganlik uchun:
Vatanni himoya qilish chog‘ida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi
munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish
bo‘yicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo‘lgan shaxslarning mol-mulki uchun;
uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros
qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd etilgan bo‘lsa va meros
qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan bo‘lsa;
banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta summalari,
davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ixtiro, seleksiya yutug‘i, foydali model, sanoat namunasi,
integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir
mulkiy huquqlari uchun;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ixtiro, seleksiya yutug‘i, foydali model, sanoat namunasi,
integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish
hamda ulardan foydalanish haqi summalari uchun;
6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;
7) onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha
hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;
8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan
qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
9) moliya organlari — farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
ixtisoslashtirilgan maktablaridagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro
yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;
10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok bo‘lish hodisasiga korxonalar
va tashkilotlar hisobidan sug‘urta qilingan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlari — sug‘urta puliga vorislik
huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;
Oldingi
tahrirga qarang.
11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik belgilangan
shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari to‘g‘risida guvohnoma olganliklari uchun;
(11-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi
organlari — xodimlarni tashkiliy yo‘sinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini
tasdiqlaganlik uchun;
13) 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari, 1941 — 1945-yillardagi urush frontlarida
yaralangan shaxslar va 1941 — 1945-yillardagi urush frontlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan
shaxslarning oila a’zolari, 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va
Sovet Armiyasida o‘z xizmat burchini o‘tayotganda yaralangan shaxslar, Afg‘oniston Respublikasida
baynalmilal burchini o‘tagan shaxslar, shuningdek 1986 — 1987-yillarda Chernobil AESining
zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986-yilda
Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan ko‘chirilgan (shu jumladan, o‘z
ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan bo‘lsa, ularning oila a’zolari — imtiyozlar
berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlatganligi uchun;
14) shaxslar — ularga yo‘lovchilarning majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta summalariga
hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta tovoni summalari
bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;
15) fermer xo‘jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga fermer xo‘jaligining
mol-mulki bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;
16) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaligida faoliyatni
davom ettirayotgan merosxo‘rlar — ularga dehqon xo‘jaligi mol-mulki bo‘yicha merosga bo‘lgan huquqi
to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun;
17) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy
badallarni to‘lash va kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini
amalga oshirganlik uchun;
Oldingi
tahrirga qarang.
18) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida
jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga hujjatlarning dublikatlari, ko‘chirma nusxalari, notarial
harakatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish reyestridan ko‘chirmalar berilganligi uchun.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan 18-
band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
Do'stlaringiz bilan baham: