10-modda. Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish
Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va
qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;
2) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat
boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa
organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari,
harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan arizalar bo‘yicha;
3) nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat
organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
sudga shikoyat qilganda;
4) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar — fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi
organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning,
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
5) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari,
o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan
davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa
organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar
bo‘yicha;
7) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
beriladigan arizalar yuzasidan;
8) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
beriladigan arizalar yuzasidan;
9) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
beriladigan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha;
10) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari —
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini
buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli
bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining
manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
10
1
) O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy
organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan
arizalar yuzasidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
10
2
) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy
organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan
obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — o‘z
zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun beriladigan da’volar va
arizalar yuzasidan;
(10-modda birinchi qismining 10
2
-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
666-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
10
3
) O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy
organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan
arizalar yuzasidan;
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-maydagi O‘RQ-619-sonli
Qonuniga
asosan 10
1
, 10
2
va 10
3
-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)
11) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z huquqlari va
qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan
sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
12) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy
manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
13) taraflar — muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga
joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan;
14) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va
uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanishga doir ishlar yuzasidan;
15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab
berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
16) O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi — O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy
manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan 16-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y.,
03/21/711/0825-son)
Ushbu modda birinchi qismining
1
,
2
,
9
,
11
va
12-bandlarida
ko‘rsatilgan shaxslarning talablarini
qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning
qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |