20) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va
uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan
foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini
boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o‘rnini
qoplash haqidagi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun
21) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun
22) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug‘urta operatsiyalari
23) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar
24) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan
shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan;
25) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
26) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab
qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
27) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning
mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi ishlar
yuzasidan;
28) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari —
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan,
shuningdek fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli
bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining
manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;
29) O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy
organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan
da’volar yuzasidan;
Oldingi
tahrirga qarang.
30) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan
samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan
vakolatlariga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar va arizalar yuzasidan;
Do'stlaringiz bilan baham: