14-modda. Konsullik yig‘imini to‘lashdan ozod qilish
Konsullik yig‘imini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risidagi
xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lsa, chet ellik fuqarolar;
2) repatriatsiya ishlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish chog‘ida O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
3) chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga o‘zarolik asosida viza qo‘yish chog‘ida;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
mehnat staji, ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni so‘rab
olish va legallashtirish chog‘ida;
5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy
vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining
vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari
xodimlari (ularning oila a’zolari);
6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan matbuot vakillari (ularning oila a’zolari);
7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet ellik fuqarolar;
8) o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalar;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek budjet tashkilotlarining taklifiga
binoan O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi chet ellik fuqarolar, agar kontrakt shartlariga ko‘ra viza olish
bilan bog‘liq xarajatlar qabul qiluvchi tarafning zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa;
Oldingi
tahrirga qarang.
9
1
) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida
jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yo‘qolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan,
yaroqsiz holga kelgan, muayyan faktni tasdiqlaydigan hujjatlarini tiklash chog‘ida, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan ushbu
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, dublikatlari hamda ularning mavjudligi haqidagi ma’lumotnomalar
talab qilib olinganda;
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan 9
1
-
band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
10) ushbu Qonunning
11
,
12
va
13-moddalarida
nazarda tutilgan hollarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |