Davlat boji to‘G‘risida


-bob. Davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/66
Sana16.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#378525
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
-4680944 2

4-bob. Davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari


19-modda. Sudlarda davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha arizalardan,

ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan,

sudlarning  hal  qiluv  qarorlari  ustidan  apellatsiya,  kassatsiya  va  nazorat  tartibidagi  shikoyatlardan,

shuningdek  sudlar  tomonidan  hujjatlarning  ko‘chirma  nusxalarini  berganlik  uchun  davlat  boji  quyidagi

tartibda undiriladi:

shartnomalarni  haqiqiy  emas  deb  e’tirof  etish  to‘g‘risidagi,  shartnomalarni  bekor  qilish

to‘g‘risidagi  yoki  ularning  shartlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqidagi  da’vo  arizalariga

shartnoma  to‘laligicha  yoki  uning  biron-bir  qismi  nizolashilayotganligidan  qat’i  nazar,  shartnoma  oldi

nizolari bo‘yicha arizalar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi;

qarshi da’vo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil da’vo talablari bilan

kirishganligi to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Sud  dastlabki  da’vogarni  uning  roziligiga  ko‘ra  boshqa  shaxs  bilan  almashtirganda  bu  shaxs

davlat bojini umumiy asoslarda to‘lashi kerak.

Ishdan dastlabki da’vogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat

boji, agar u dastlabki da’vogar tomonidan to‘lanmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga

mutanosib ravishda huquqiy vorisdan undiriladi.

Sudya bir yoki bir nechta birlashgan da’vo talabini alohida ish yuritish uchun ajratgan taqdirda,

da’vo  taqdim  etilganda  to‘langan  davlat  boji  qayta  hisoblab  chiqilmaydi  va  qaytarilmaydi.  Alohida  ish

yurituvga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor to‘lanmaydi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Ilgari  ko‘rmasdan  qoldirilgan  takroran  berilgan  arizalar  bo‘yicha  davlat  boji  qaytadan  umumiy

asoslarda to‘lanadi. Agar ariza ko‘rmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi kerak

bo‘lsa-yu,  lekin  qaytarilmasa,  agar  davlat  boji  budjetga  o‘tkazilgan  kundan  e’tiboran  fuqarolik

to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  da’vo  muddati  tugamagan  bo‘lsa,  davlat  boji  to‘langanligi

to‘g‘risidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin.

Davlat  boji  hisoblab  chiqariladigan  da’vo  bahosi  da’vogar  tomonidan,  belgilangan  hollarda  esa

fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual qonunchilikka muvofiq sud tomonidan aniqlanadi.



(19-moddaning  beshinchi  va  oltinchi  qismlari  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi

O‘RQ-683-sonli 

Qonuni 

tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,  03/21/683/0375-

son)

Agar  ishni  muhokamaga  tayyorlash  kunida  da’vogar  alimentlarni  undirish  to‘g‘risidagi  ishni

tugatish haqida ariza bergan bo‘lsa, bunday hollarda javobgardan davlat boji undirilmaydi.

Da’vogar tomonidan da’vo talablari kamaytirilgan taqdirda, to‘langan davlat boji qayta hisoblab

chiqilmaydi.

Da’vo  summasi  ko‘paytirilgan  taqdirda,  davlat  bojining  yetishmayotgan  summasi  da’voning

ko‘paytirilgan summasiga muvofiq to‘lanadi.

Da’vogar  davlat  bojini  to‘lashdan  ozod  etilgan  taqdirda  da’vo  qanoatlantirilsa,  davlat  boji

javobgardan (agar u davlat bojini to‘lashdan ozod etilmagan bo‘lsa) davlat daromadiga belgilangan da’vo

summasiga muvofiq undiriladi.

Da’vo birgalikda bir nechta da’vogar tomonidan bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim

etilganda,  davlat  boji  da’voning  umumiy  summasidan  kelib  chiqqan  holda  hisoblab  chiqariladi  va

da’vogarlar tomonidan ular qo‘ygan talablar ulushiga mutanosib tarzda to‘lanadi.

Da’voning  umumiy  summasidan  kelib  chiqqan  holda  davlat  boji  quyidagi  hollarda  ham

undiriladi:

da’vo da’vogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda;

da’vo  arizalarini  qabul  qiladigan  sudya  bir  turdagi  bir  necha  talabni  bir  ish  yurituviga

birlashtirganda.




Davlat  bojini  to‘lashdan  ozod  etilgan  bir  yoki  bir  nechta  da’vogar  tomonidan  bir  nechta

javobgarga  nisbatan  taqdim  etilgan  da’vo  to‘liq  yoki  qisman  qanoatlantirilganda  davlat  bojini  undirish

sudning hal qiluv qaroriga binoan har bir javobgardan belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda

alohida-alohida  amalga  oshiriladi.  Agar  bunday  da’vo  bir  nechta  da’vogar  tomonidan  bir  javobgarga

nisbatan  taqdim  etilgan  bo‘lsa,  davlat  boji  javobgardan  umumiy  belgilangan  qarz  summasidan  kelib

chiqqan holda budjetga undiriladi.

Sud boshqa shaxsni ikkinchi javobgar sifatida jalb qilgan va da’vo summasining bir qismini bir

javobgardan, qolgan qismini esa ikkinchisidan undirishga hukm qilgan taqdirda va, agar bunda da’vogar

davlat  bojini  to‘lashdan  ozod  qilingan  bo‘lsa,  davlat  boji  da’voning  qanoatlantirilgan  umumiy

summasidan hisoblab chiqariladi hamda har bir javobgardan unga belgilangan da’vo summasi miqdoriga

mutanosib ravishda budjetga undiriladi.

Davlat  bojini  to‘lashdan  ozod  qilingan  da’vogar  o‘z  talablarini  da’vo  berilganidan  keyin  ular

javobgar  tomonidan  ixtiyoriy  ravishda  to‘liq  yoki  qisman  qanoatlantirilganligi  tufayli  qo‘llab-

quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi bo‘yicha budjetga undiriladi.




Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish