Davlat boji to‘G‘risida


-modda.  Notarial  harakatlar  bajarilganligi  uchun  davlat  boji  undirishning  o‘ziga  xos



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/66
Sana16.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#378525
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
-4680944 2

20-modda.  Notarial  harakatlar  bajarilganligi  uchun  davlat  boji  undirishning  o‘ziga  xos

xususiyatlari

Oldingi

 tahrirga qarang.

Notarial  harakatlar  notariuslar  tomonidan  bajarilganligi  uchun  davlat  boji  ular  amalga

oshirilganda  undiriladi,  notarial  idoralardagi  ishlarda  mavjud  bo‘lgan  hujjatlarning  dublikatlarini,

hujjatlarning  ko‘chirma  nusxalarini,  notarial  harakatlarni  ro‘yxatga  olish  reyestridan  ko‘chirmalarni

berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi.

(20-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Davlat boji to‘lashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar bo‘yicha davlat bojini boshqa taraf to‘liq

to‘laydi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Notarius depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan

hollarda  davlat  bojining  tegishli  summalari  kelib  tushgan  puldan  ushlab  qolinadi,  ularning  qoldig‘i  esa

depozitga  qabul  qilinadi.  Ushlab  qolingan  davlat  boji  summalari  notarius  tomonidan  depozit  summalari

bankka  navbatdagi  topshirish  chog‘ida  budjetga  o‘tkazilib,  bank  kvitansiyasi  notarial  idora  ishlarida

saqlanadi.



(20-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Oldingi

 tahrirga qarang.

Notarial  idora  binosidan  tashqarida  amalga  oshiriladigan  notarial  harakatlar  uchun  davlat  boji

ikki  baravar  miqdorda  undiriladi,  bundan  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  binolarida

notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan

mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda

tasdiqlash mustasno.



(20-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-sonli


Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Bir  nechta  merosxo‘r  (shu  jumladan  qonun  bo‘yicha,  vasiyatnoma  bo‘yicha  va  merosdan

majburiy  ulush  olish  huquqiga  ega  bo‘lgan  merosxo‘rlar)  mavjud  bo‘lgan  hollarda  davlat  boji  har  bir

merosxo‘rga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi.

Voyaga  yetmagan  merosxo‘rlar  (shu  jumladan  meros  qoldiruvchilarning  bolalari  bo‘lmagan

merosxo‘rlar)  mavjud  bo‘lgan  taqdirda  davlat  boji  faqat  voyaga  yetgan  merosxo‘rlardan  ularning

merosdagi ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Agar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosxo‘rlarning arizasi bo‘yicha meros

mol-mulkning  bir  qismiga  berilayotgan  bo‘lsa,  davlat  boji  mol-mulkning  berilayotgan  guvohnomada

ko‘rsatilgan  qismi  uchun  belgilangan  stavka  bo‘yicha  hisoblab  chiqariladi.  Keyinchalik  mol-mulkning

qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji uning avvalgi guvohnoma (guvohnomalar) berilganligi

uchun to‘langan qismi chiqarib tashlangan holda mutanosib ravishda undiriladi.



(20-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Qonun bo‘yicha bir vaqtning o‘zida boshqa merosxo‘rlar mavjud bo‘lgan taqdirda, meros mol-

mulkning  bir  qismi  merosxo‘rlarga  vasiyatnoma  bo‘yicha  o‘tgan  hollarda  davlat  boji  vasiyatnoma

bo‘yicha  mol-mulkning  qismidan  alohida  hisoblab  chiqariladi,  qolgan  mol-mulkning  qismidan  esa

umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.

Qonun  bo‘yicha  va  vasiyatnoma  bo‘yicha  meros  qilib  olinayotgan  mol-mulkdan  merosning

majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan vorislik huquqi bo‘yicha o‘tayotgan butun

mol-mulkning qismidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari asosida

beriladigan  merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  takroriy  guvohnomalar  uchun  davlat  boji  umumiy

asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun to‘langan davlat boji summasi qaytarilishi yoki

soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, agar

summalar  budjetga  o‘tkazilgan  kundan  e’tiboran  fuqarolik  to‘g‘risidagi  qonunchilikda  nazarda  tutilgan

da’vo muddati tugamagan bo‘lsa, o‘tkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday

shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda ham masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi.



(20-moddaning  o‘ninchi  qismidagi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-

sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi

 tahrirga qarang.

Notarius  reyestrida  takroriy  guvohnomalar  va  shartnomalarni  qayd  qilishda  tegishli  katakchada

davlat boji qachon va qancha summada undirilganligi hamda undirish to‘g‘risidagi yozuv qayerda borligi

ko‘rsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va

shartnomalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi kerak.

(20-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-maydagi O‘RQ-619-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Kredit  tashkilotlari  tomonidan  beriladigan  sertifikatlar  va  akkreditivlarga  doir  merosga  bo‘lgan

huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining vafotidan keyin qolgan mol-

mulkka doir merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros bo‘yicha

haqiqatda o‘tayotgan mol-mulkning qismidan undiriladi.

Davlat  boji  mutanosib  ravishda  undiriladigan  notarial  harakatlar  bajarilganda  uni  hisoblab

chiqarish taraflar ko‘rsatgan summadan ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga

oshiriladi.

Jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  tegishli  uylar,  kvartiralar,  dala  hovlilari,  garajlar,  boshqa




imoratlar,  binolar  va  inshootlarni  boshqa  shaxsga  o‘tkazish  shartnomalarini  tasdiqlaganlik  uchun  davlat

boji summasi ularning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Eng  kam  va  eng  ko‘p  summa  ko‘rsatilgan  shartnomalarni  tasdiqlashda  davlat  boji  eng  ko‘p

summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.

Ayirboshlash  shartnomalari  bo‘yicha  davlat  boji  qiymati  yuqori  bo‘lgan  mol-mulkdan  hisoblab

chiqariladi.

Shartlariga ko‘ra to‘lovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan imoratlar va boshqa

inshootlar,  xonalarni  jihozlash  qiymati,  shuningdek  ijaraga  oluvchi  tomonidan  amalga  oshiriladigan

kapital  ta’mirlash  hamda  boshqa  shu  kabilarning  qiymati  hisobga  olinadigan  mulk  ijarasi  shartnomasini

tasdiqlashda  hisoblab  chiqariladigan  va  undiriladigan  davlat  bojining  summasi  amalga  oshiriladigan

xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Ijro  yozuvlarini  yozganlik  uchun  tegishli  davlat  boji  summasini  to‘lashdan  undiruvchi  ozod

qilingan taqdirda yozuv bo‘yicha qarz undirilayotgan chog‘da qarzdordan undiriladi.

(20-moddaning  o‘n  to‘qqizinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-

sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)

Oldingi

 tahrirga qarang.

Ikki  yoki  undan  ortiq  shaxs  nomidan  yoxud  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxs  nomiga  berilgan  bitta

ishonchnomani tasdiqlashda davlat boji bitta harakatga nisbatan undiriladi.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning bitta arizadagi (majburiyatdagi) imzolarini shahodatlashda davlat

boji bitta harakatga nisbatan undiriladi.

(20-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  20-maydagi  O‘RQ-619-sonli 

Qonuniga 

asosan

yigirmanchi  va  yigirma  birinchi  qismlar  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,

21.05.2020-y., 03/20/619/0622-son)


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish