Davlat boji to‘G‘risida


-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning o‘ziga xos



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/66
Sana16.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#378525
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
-4680944 2

22-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning o‘ziga xos

xususiyatlari

Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etganlik  uchun  davlat  boji  dalolatnomalarni  ro‘yxatda

qayd etish chog‘ida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa ular berilayotganda to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini, shu jumladan xorijga chiqish uchun

pasportni,  shuningdek  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsning  yo‘l  hujjatini  berganlik  uchun,  bu  hujjatlarga

o‘zgartishlar  kiritganlik  uchun,  shuningdek  chet  ellik  fuqarolarga  yashash  guvohnomasini  hamda

fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik uchun davlat

boji  tegishli  hujjatlar  olinguniga  qadar,  fuqarolik  masalalariga  doir  arizalardan  esa  bunday  arizalar

berilguniga qadar to‘lanadi.

Oldingi

 tahrirga qarang.



Xorijdan kirish va xorijga chiqish huquqiga doir hujjatlarni, yashash guvohnomasini, fuqaroligi

bo‘lmagan  shaxs  guvohnomasini  berganlik  yoki  ularning  muddatini  uzaytirganlik,  O‘zbekiston

Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalardan

yoki  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  deb  tan  olish  to‘g‘risidagi  arizalardan,  shuningdek

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  tomonidan  xorijga  xizmat  safariga  yuboriladigan  fuqarolarning

xorijga  chiqish  huquqini  beruvchi  hujjatlardan  davlat  boji  belgilangan  tartibda  ushbu  korxonalar,

muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.

(22-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2020-yil  13-martdagi  O‘RQ-610-sonli

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 03/20/610/0299-son — 2020-yil

1-apreldan kuchga kiradi)

Xorijga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat

safarining  butun  muddatiga  safarga  borganida  davlat  boji  xizmat  safariga  yuborilganlarning  o‘zidan

undirilganligi  kabi  tartibda  va  miqdorlarda  undiriladi.  Oila  a’zolari  xorijga  xizmat  safariga  yuborilgan

shaxsning oldiga mehmon bo‘lib oddiy safarga borganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Chet  ellik  fuqarolarga  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqishga  vizalar  berganlik  uchun  davlat

boji,  har  bir  shaxsga  alohida  viza  yoki  bir  nechta  shaxsga  umumiy  viza  berilayotganligidan  qat’i  nazar,

o‘n olti yoshga to‘lgan har bir shaxsdan undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi bo‘yicha qayd etganlik va turgan joyi bo‘yicha

hisobga  olganlik,  ov  qilish  huquqiga  doir  ruxsatnoma  berganlik  uchun  davlat  boji  hujjat  berilayotganda

to‘lanadi.

Oldingi

 tahrirga qarang.


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish