100
xarita va planlarni yaratish uchun ko‘pincha aerofotosurat-
lardan foydalaniladi. ushbu fotosuratlar asosida tuzilgan plan va
xaritalar ma’lum bir masshtabga ega bo‘ladi. masshtab deb, xari-
tadagi chiziq uzunligini joyning tegishli
chiziq uzunligiga gori-
zontal proeksiyasi nisbatiga aytiladi. sug‘oriladigan mintaqalarda
joylashgan yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining planlari odatda
1:10000, fermer xo‘jaliklarining planlari esa 1:5000 masshtablarda
tuziladi.
xarita va planlardagi joy tafsilotini (aholi punktlari, o‘simliklar,
yo‘llar, daryolar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va h.k.) hamda rang-
barang obyektlarni belgilash uchun shartli belgilardan foydalani-
ladi. barcha masshtablar uchun shartli belgilar mutasaddi tashki-
lotlar tomonidan belgilanadi hamda ular barcha xaritashunoslar
qo‘llashlari uchun majburiy bo‘ladilar.
shartli belgilar xaritani
o‘qish, ya’ni tasvirlangan joyni tushunish imkonini beradi. bar-
cha shartli belgilar to‘rtta guruhga bo‘linadi: maydon (masshtab)
li, masshtabsiz, chiziqli va izohlovchi.
Joyda katta maydonni egallagan va xaritaning masshtabida ifo-
dalanadigan obyektlar masshtabli shartli belgilar bilan tasvirlana-
di. agarda joydagi obyektni xaritaning masshtabida, o‘zining may-
daligi sababli ifodalash imkoni bo‘lmasa, unda masshtabsiz shartli
belgilar qo‘llash zarur bo‘ladi. Chiziqli shartli belgilar yo‘llar, che-
garalar, aloqa va elektr uzatish liniyalari va hokazolarni ifodalay-
di. izohlovchi belgilarda obyektlarning tavsiflari, har xil yozuvlar va
obyektlarning nomlari ko‘rsatiladi. topografik xaritalar ko‘p rang-
li qilib nashr qilinadi, jumladan, gidrografiya (daryo, ko‘llar) havo
rangda, o‘simliklar – yashil, shosseli yo‘llar – qizil, yaxshilangan
yo‘llar – sariq, relyef elementlari – jigar rangda tasvirlanadi. xari-
tani bunday bo‘yash obyektlarni o‘qishni osonlashtiradi.
umuman olganda, plan-kartografik materiallar yer ustida tas-
virga olish, aerofototasvirga olish hamda fazodan tasvirga olish
ishlari natijasida olinadi. plan-kartografik
materiallar yer ka-
dastrining asosiy talabini – yer kadastri ma’lumotlarining zaru-
riy aniq ligini ta’minlash zarur. bu esa, o‘z navbatida,
xarita-
ning masshtabiga bog‘liqdir. masshtabni tanlash konturlarning
o‘lchamlariga, yerdan foydalanish xarakteriga hamda xo‘jalik yuri-
tishning jadallashganlik darajasiga qarab amalga oshiriladi. may-
101
da konturlik sharoitida 1:10000 va 1:5000 masshtablarda tayyor-
langan plan-kartografik materiallar yer kadastri uchun maqsadga
muvofiq. Cho‘l
hududlarida, ya’ni yer massivlari yirik kontur-
lardan iborat bo‘lgan joylar uchun 1:25000 masshtabli plan-kar-
tografik materiallardan foydalanish mumkin. shaharlarda, shahar
tipidagi po s yolkalarda va qishloq aholi punktlarida yer kadastrini
yuritish, odatda, 1:2000 masshtabli plan-kartografik materiallar
zarur.
aerofototasvirga olish ishlari
yordamida olingan plan-kar-
tografik materiallar yer kadastri ma’lumotlarining, ayniqsa, yu-
qori aniqligini ta’minlaydi. aerofototasvirlarning afzallik tomon-
lari shundan iboratki, ular yer egaligi yoki yerdan foydalanishni
miqdoriy va sifat tasvirini tuzish imkonini beradi. aerofototasvir-
lar yordamida tuzilgan planlar joyning shunday xarakterli holat-
larini, ko‘rinishlarini aks ettirish imkoniyatiga egaki, yer ustidan
tasvirga olish asosida bunga erishib bo‘lmaydi. Fotoplanlar yor-
damida yer maydonlarining o‘lchamlarini, shu bilan birga, tup-
roq xillarini bir-birlariga almashish chegaralarini,
turli xil me-
liorativ, madaniy-texnik tadbirlar talab qilinadigan uchastkalar,
shuningdek, turli tabiiy o‘tlar tarqalgan uchastkalar chegaralarini
ham ajratish mumkin.
yerning sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik
kemalar uchirilishining
rivojlanishi, kosmik laboratoriyalarning vujudga kelishi munosa-
bati bilan yer yuzasini aerokosmik usullar yordamida o‘rganish
imkoniyati paydo bo‘ldi. bu usul
Do'stlaringiz bilan baham: