Ikki maqola va kutilmagan yangilik
O’tgan davr mobaynida, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, Eynshteyn fan bilan shug’ullanishni kanda qilmaydi. U paytlarda olimlar, turli ilmiy – ommabop jurnallarda o’z maqolalarini chop etish orqali shuhrat qozonardi.
1900 – yilda u suyuqlik bosimi to’g’risida ilmiy maqola yozdi. Bu maqolada u suv bosimini aniqlashda yangicha bir tadqiqot o’tkazadi. Oradan biroz vaqt o’tib, 1901 – yilda termodinamika, ya’ni issiqlik va boshqa energiya resurslari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik to’g’risida ilmiy tadqiqot o’tkazib, ilm – fan olamiga o’zgacha bir ruh olib kirdi. Ikkala maqolasi ham Germaniyaning eng mashhur ilmiy jurnallarida nashr qilindi. U mazkur maqolalarining chop etilishi yaxshi ish topishiga sababchi bo’lishidan umidvor edi. U yozganlarini Zurix Universitetining Termodinamika bo’limiga odktorlik ishi sifatida yuboradi. U o’zining ilmiy darajasining va imkoniyatlarining kengayishiga asosiy omil bo’lib xizmat qilishiga ishonardi. Afsuski, professor Alfred Klener unga rad javobini beradi. Qanchalik og’ir bo’lmasin u har doim Miliviyaga g’amxo’rlik qilish va u bilan imkon qadar ko’rishib turishga intiladi. Ularning samimiy aloqalariga onasi hanuz tish – tirnog’i bilan qarshilik qilishda davom etardi. U har doim o’g’liga u o’ttiz yoshga to’lganida, undan to’rt yosh katta bo’lgan Miliviya, qari kampir bo’lib qolishini aytardi. Lekin ota – nalar qanchalik qarshilik qilishmasin, ikki yosh, har qanday vaziyatda ham birga bo’lishga qaror qilishgan edi.
1901 – yil, Miliviya o’zinig homiladir ekanligini aytadi. Kutilmagan yangilik, murakkab vaziyatlarning yuzga kelishiga sabab bo’ladi. Hermanning biznesi allaqachon qulagan, Albertning vaqtinchalik ishlari ham jar yoqasiga kelib qolgandi. Shunday og’ir damlarda, Albertning Miliviya bilan bo’layotgan ishqiy munosabatlarini onasi bilib qolsa katta janjal bo’lishini u yaxshi bilardi. Albert o’z maktublarida, Miliviyaga hammasi yaxshi bo’lishiga ishontirardi va u bilan doim birga bo’lishga va’da berardi. Shu bilan birgalikda, ish qidirishdagi muvaffaqiyatsizliklarga duch kelganligini kelganligini ham tan olishga majbur edi. Hatto u, ruhiy tushkinlik natijasida har qanday ish qilishga ham hattoki mardikorlik qilishga ham tayyor edi. Unga Xudo tomonidan yetuk o’qituvchi va iqtidorli olim bo’lish uchun yetarlicha iste’dod berilgan bo’lishiga qaramasdan, tashqi muhitning tufayli, istiqbolli ishi yo’q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |