MASHQLAR BAJARISH
155-mashq oldingi darsdagi ko'rsatma bo'yicha bajartiriladi. Bu mashqdagi sifatlovchi aniqlovchilarni topib, ularni o'zlari bog'langan so'zlar bilan ko'chirib yozish topshirig'i beriladi. Matnda bir nech-ta sifatlovchi aniqlovchi bor, ulaming barchasini birikma shaklida ko'chirish ko'p vaqt olmaydi. Sifatlovchi aniqlovchilarning qaysi so'z turkumi bilan ifodalanayotganiga e'tibor qaratish lozim. So'z birikma-sida aniqlovchi doimo tobe so'z bo'lib, hokim so'zni belgi yoki miq-dorga ko'ra aniqlayotganiga urg'u beriladi.
156-mashq uchun o'qituvchi hayvonlar, qushlar, o'simliklar, umu-man, tabiat tasvirlangan rasm olib kirib, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga e'tibor berishi lozim.
Bu darsdagi barcha mashqlar tabiatni, atrof-muhitni ko'z qora-chig'iday asrash munosabatini rivojlantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |