Mavzu:Testlar ustida ishlash
Ta'limiy maqsad – O’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni takrorlash. nutqda o’rinli foydalanish
ko’nikmalarini rivojlantirish;
Tarbiyaviy maqsad –do’stlik, hamkorlik tuyg’ularini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad - o'quvchilarning og’zaki va yozma savodxonlik malakasini rivojlantirish.
Darsning jihozi:Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami kompyuter, qo‘llanma.
Darsning turi: takrorlovchi
Darsning usuli: test
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism
2.testlar bilan ishlash
4. Mustahkamlash
5. Dars yakuni va uyga topshiriq
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.testlardan namunalar:
1. Bugungi kunda yer yuzida qancha til bor?
A) 2976 ta C) 5000 ta
B) 7000 dan ortiq D) 4000 dan ortiq
2. O’zaro zid ma’noli sifatlar berilgan qatorni toping.
A) sodda, kamtar C) achiq, shirin
B) o’qidi, o’qimadi D) top-tob
3. O’zbek xalqi azaldan ajoyib xususiyatli, mehrli, oqibatli xalq bo’lgan. - gapida uyushiq bo’laklar qanday vazifada kelgan?
A) aniqlovchi C) to’ldiruvchi
B) ega D) hol
4. Minnatdorman, bolam, katta yigit bo’ling!- Gapidagi undalmani aniqlang.
A) Minnatdorman C) Yigit
B) Bolam D) Katta
5. Biz bog’da olma terdik. – gapidagi aniqlovchini toping.
A) bog’da C) biz
B) olma D) to’g’ri javob yo’q
6. Men bugun rasm chizaman. Qaysi qatorda gap bo’laklarga to’g’ri ajratilgan?
A) ega, hol, to’ldiruvchi, kesim C) ega, kesim, to’ldiruvchi, hol
B) hol, ega, to’ldiruvchi, kesim D) kesim, to’ldiruvchi, hol, ega
7. Qaratqich aniqlovchi qanday so’roqqa javob bo’ladi?
A) kim? , nima?, qayer? C) kimning?, nimaning?, qayerning?
B) qanday?, qanaqa?, qaysi? D) kimni?, nimani?, qayerni?
8. Men sizni quyosh deb atayman, oyijon! –gapida undalma qaysi?
A) men C) quyosh
B) oyijon D) sizni
9. Gap tarkibida ma’lum bir so’roqqa javob bo’lib, ma’lum bir sintaktik vazifani bajaruvchi so’z yoki so’zlar birikmasi nima deyiladi?
A) so’z turkumlari C) ellipsiya
B) inversiya D) gap bo’laklari
10.Qaysi gap aniqlovchi, ega, to’ldiruvchi, kesim shakliga mos keladi?
A) Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga. B) O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.
C) Baland binolar yo’lni to’sib turibdi. D) Yosh kelsa ishga keladi.
11. Sanalayotgan bo’laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so’zga nima deyiladi?
A) umumlashtiruvchi so’z C) undalma
B) uyushiq bo’lak D) uyadosh so’z
12. Mayli, qo’shiq ayta qolinglar, - dedi tulki. –gapidagi kirish so’z qaysi?
A) dedi C) mayli
B) tulki D) qo’shiq
13. Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usmon Azimov // barcha taniqli shoirlarning asarlari bor. Ushbu gapda // o’rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta C) hech qanday
B) tire D) vergul
14. Undalmali gapni aniqlang.
A) Fazliddin, she’rni juda zo’r yodlading. B) Furqat darsda yana gaplashib o’tiribdimi?
C) Gulshoda tanlovda g’olib chiqdi. D) Ehtimol, sizga xabar berar?
15. Alisher Hirotda, Mashadda ko’p yil tahsil ko’rdi. Gapda qaysi gap bo’lagi uyushib kelgan?
A) ega C) to’ldiruvchi
B) hol D) kesim
16. Kirish so‘z bilan ifodalangan gap berilgan qatorni toping.
A) Sobir, buyoqqa chiq, ammamlar keldilar. B) Aslo qaynonangni aldama, qizim..
C) Men senga aytsam, bugun ketamiz. D) Chamasi, bir soatlar bo‘ldi.
17. Ko’chirma gap qo’llangan gapni aniqlang.
A) “Afsus , endi ilojim yo’q”,-dedi onam.
B) Ba’zida qo‘ylar ma’rar, ba’zida ularga qo‘zilar ham qo‘shilib qo‘yar, nimadandir bezovta bo‘lishayotganga o‘xshardi. C) Goh qilgan ishlaringni eslab, kuyinib ketasan, kishi.
D) Dam radiodan taralayotgan musiqa ovozi tutib ketar, dam samolyot shovqini kuy ohanglarini xuddi bahor yomg‘irlarining shiddatidek biroz o‘z domiga tortar ... yana kuy davom etardi.
18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizing bu yil maktabga bordi-a? C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?
B) Afsuski, bu noto‘g‘ri. D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim
19. Topishmoq javobini toping: Og'izdan chiqquncha seniki, og'izdan chiqqani elniki.
A) til C) ilm
B) so'z D) kitob
20. O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berildi?
A)1989-yil 21-dekabr C) 1991-yi1 21-oktabr
B) 1989-yil 21-noyabr D) 1989-yil 21-oktabr
21. X va H harflarining imlosi qaysi qatorda noto'g'ri berilgan?
A) hushyor, saxiy, harakat C) har kim, hukm, xat
B) maxsulot, taht, hayol D) xulosa, hurmatli, hukm
22. Bosh haflarning qo'llanishida xatoga yo'l qo'yilgan qatorni toping.
A) O'zbekiston - yer yuzining jannati.
B) Farg'ona vodiysining yaypan, nursuq, qudash degan qishloqlari bor.
C) U bizning jonajon Vatanimizdir. D) "Tong yulduzi"ga obuna bo'ling.
23. Qaysi qatordagi gapda imlo xato bor?
A) San'at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. B) Chap yoni bilan turmoq.
C) Urish, noming o'chsin jahonda... D) Besh asrkim nazmiy saroyni, Titratadi zanjirband bir sher
24. Shakldosh so'zlar berilgan qatorni toping.
A) ot, o’t, soz C) bor, ziyo, stol
B) gul, bog', ona D) oz, kitob, yoqa
25. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi?
A) qo'shib C) chiziqcha bilan
B) ajratib D) qo'shib yoki ajratib
Do'stlaringiz bilan baham: |