Mavzu: a + b ifodaning qiymatini topish
Dars tipi: bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma hosil qilish, malakalarini
shakllantirish.
Dars uslubi: og'zaki savol-javob, amaliy ish, kitob va darslik bilan ishlash.
Dars jihozi: koptok, kartochkalar, darslik.
Darsning maqsadi:
1. Ta'limiy:
a) harfli ifodalar bo’yicha misollar tuzish va uni yechishni o’rgatish,
tenglamalar yechish, qoldiqli bo’lish, uch xonali sonlarni bo‘lish va ko’paytirish
mavzuni mustahkamlash, misol va masala yechish ko’nikmalarini hosil qilish;
b) masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.
2. Tarbiyaviy:
a) o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, olgan bilimlarini
amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi:
a) mustaqil ishlash ko’nikmasini rivojlantirish, hamkorlikda ishlashga
o’rgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni
boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini
(maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa,
o‘z fikrini himoya qila olish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga hozirlik ko’rish;
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Matematik diktant:
1. 894 dan 903 gacha bo'lgan sonlarni yozing.
2. 6 yuzlik va 8 o'nlik; 5 yuzlik va 4 o'nlik 1 birlik; 7 yuzlik va 8 birlikdan
iborat sonni yozing.
3. Yig'indini bitta son bilan almashtiring:
300 + 70 + 4 900 + 5 100 + 40
4.
Javoblarini ayting:
a) 9 • 6 3•8 7•8 64•8 32•4
6•7 1•9 24 : 6 27 : 9 54 : 6
b) 70 • 5 20•9 4•90 250 : 5 40•4 10•8 3•60 420 : 6 540:6
I.
Mustaqil ish:
5. Tenglamalarni yeching:
6 • x = 720 630 : x = 7 4 • x = 160 420 : x = 6
X=720: 6 x=630:7 x=160:4 x= 420:6
X=120 x=90 x= 40 x= 70
III. Yangi mavzu bayoni.
980-misolni yechish orqali a + b ifodaning qiymatini topish qoidalari
tushuntiriladi. Har bir o'quvchi bu qoidalami yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
Agar a=200, b= 300 bo’lsa, a+b ifodaning qiymatini toping.
200+300=500
981-misol mustaqil yechiladi. 0‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
a+b=123+234=357
a+b= 236+312= 548
a+b=258+425=683
IV.Mustahkamlash.
982-masalaning yechilishi:
1) ertaklar kitobi - 18 -4 = 72 (ta);
2) badiiy kitoblar - 12 • 9 = 108 (ta);
3) hammasi -72 + 108 = 180 (ta).
983-topshiriq mustaqil bajariladi.
984-topshiriqdagi boshqotirma topshirig'ini o'quvchilar uyda bajarib ko'rishga
harakat qilishlari mumkin.
V.Uyga vazifa: 985- topshiriq va 986-masala uyga berilib, ularni bajarish
bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.
986-masalaning yechilishi:
1-usul: 1) ikkinchi haftada o'qidi - 68-2= 136 (sahifa);
2)
ikki haftada o'qidi - 68 + 136 = 204 (sahifa).
2-usul. 68 + 68 • 2 = 68 + 136 = 204 (sahifa).
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.