Darsning maqsadi. Ta`limiy-Bugungi barkamol avlod barcha bilimlar qatdri dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardorbo'lmog'i lozim. Siz «Dunyo dinlari tarixi»


Qur'on haqidagi fikrlarni Bibliya haqidagi fikrlar bilan taqqoslang va so'ng ularning o'xshash va farqlari haqida o'z fikringizni ayting



Download 179,32 Kb.
bet31/44
Sana23.07.2022
Hajmi179,32 Kb.
#843791
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
10-sinf DUNYO DINLARI TARIXI

Qur'on haqidagi fikrlarni Bibliya haqidagi fikrlar bilan taqqoslang va so'ng ularning o'xshash va farqlari haqida o'z fikringizni ayting.

  • Islom marosimlari haqida so'zlab bering.

  • Islom bayramlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

    Bir-biriga zid fikrlar yuzaga kelib qolgan. Endi, davrlar o`tishi bilan hadislar tanlanib, tartibga solina boshlangan. Natijada, olomda «Sahih», ya'ni «Ishonarli to'plam» va «G'ayri Sahih», ya'ni «Ishcjharsiz to'plam» hadislari vujudga kelgan.

    YODDA TUTING:


    Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar «Ishonarli» deb e'tirof etilgan.
    Hadisni yetkazgan kishilar o'rtasida qandaydir uzilish ro'y bergan bo'lsa, bu hadislar «Yaxshi» (Hasan), agar hadisni yetkazganlar orasiga hurmatga va ishonchga loyiq bo'lmagan odamlar kirib qolgan bo'lsa, bunday hadislar «lshonchsiz» deb hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida ushbu hadisni yetkazgan kishilarning nomlari (bunda Muhammad (s.a.v)ning hikmatli so'zlarini shaxsan eshitgan odamlarning nomigacha sanab ko'rsatilgan), ikkinchi qismida esa, hadisning mazmuni keltirilgan.
    III.Yangi mavzu ba`yoni:
    Ishonarli hadislarning 6 ta to'plami vujudga kelgan. Bulardan ayniqsa — «Sahihi Buxoriy» eng ko'p darajada e'zozlanadi. Yurtdoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870- yillar) 600 mingdan ziyod hadis to'plagari^va uning 7275 tasini «Ishonarli» deb topgan. Bu to'plam hozirda 4 jildda o'zbek tilida nashr etilgan.Shialarda hadislarni to'plash o'ziga xos xususiyati bilan ajra- lib turadi. Ularning to'plamlari «Axbor» (xabarlar) deb ataladi. Ular o'zlarining imomlarinigina va avval boshdan Alini hamda uning avlodlarini qo'llab-quvvatlagan arboblarni nufuzli hisoblaydilar. Aliga va uning avlodlariga qarshi kutashgan shaxslardan eshitgan hadislarni inkor etadilar.Muhammad al-Qumiy va Muhammad al-Qulayniy tomonidan (X asr) tuzilgan hadislar to'plami shialar uchun eng obro'Ii to'plamlar bo'lib hisoblanadi. Vatandoshlarimiz — buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy.. Islom olamida eng yetuk va mashhur. muhaddis Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy 810- yilning 20- iyulida Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi shayx Ismoil ibn Ibrohim o'z davrining ilmli odamlaridan edi. Biroq unga o'g'lining qanday inson bo'lib yetishishini ko'rish nasib etmagan.Imom al-Buxoriy go'dakligidayoq otadan yetim qolib, onasi qo'lida voyaga yetgan. Aql-idrokli, o'tkirЈzehnli bo'lgan Imom al-Buxoriy 10 yoshidanoq arab tili va hadis kitoblarini astoydil o'qigan va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan.825- yilda u onasi va akasi bilan haj safariga borgan. 6 yil Hijozda yashab, hadis ilmidan astoydil saboq olgan. So'ngra o'z bilimini yanada oshirish maqsadida Damashq, Qohira, Basra Kufa va Bag'dod kabi shaharlarda yashab, mashhur olimlardan hadis, fiqh ilmidan tahsil ko'rgan. Ilmiy bahslar va munozaralarda qatnashgan.863—868-yillarda Nishopurda yashagan va madrasada hadis ilmidan dars bergan. Ikki buyuk bobolarimiz — Imom al-Bu­xoriy va Imom at-Termiziylarning — birinchi uchrashuvi ana shu shaharda yuz bergan.Imom at-Termiziy al-Buxoriyni o'z ustozi deb atagan. O'z navbatida, al-Buxoriy ham shogirdi va safdoshi at-Termiziy salohiyatiga yuksak baho berib: «Sen mendan bahra topganingdan ko'ra, men sendan ko'proq bahra topdim», — degan ekanlar. Imom al-Buxoriy zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan g'oyatda shuhrat qozongan. Manbalarda uning 300 mingdan ortiq hadisni yod bilgaraigi qayd qilingan.Buxoroga qaytgach, u ham ijod bilan, ham hadis ilmidan saboq berish bilan shug'ullangan. Biroq tez orada hasadchilar chaquvi tufayli al-Buxoriy bilan Buxoro amiri o'rtasida ixtilof kelib chiqadi. Natijada, al-Buxoriy Samarqandga ko'chishga majbur bo'ladi. .Imom al-Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog'ida 62 yoshida vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.Imom al-Buxoriy merosi va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Imom al-Buxoriydan boy va qimmatliilmiy meros — 20 dan ortiq asar qolgan.. Ularning ichida «Al-Jome' as-sahih» (Ishonarli to'plam) va «AI-Adab al- mufrad» (Adab durdonalari) eng mashhurlaridir.


    Download 179,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish