Mo'min-musulmonlar va mushriklar o'rtasidagi munosabat haqida so'zlab bering.
Muhammad (s.a.v.) Ummani qanday tashkil etdilar?
Sana: __________________ Kun: ________________ 20___ - 20___ - o’quv yili. Fan: Tarix. Sinf:___________________
Mavzu: ISLOM TA'LIMOTI, MAROSIM VA BAYRAMLARI.
DARSNING MAQSADI:
Ta`limiy- Islom ta'limotining asoslari..Islom dinining ta'limoti uning muqaddas kitobi Qur'oni karimda bayon etilgan.
Tarbiyaviy- Unga ko'ra, islom ta'limotining asosini imon, islom va ehson tashkil etadi. Imon (e'tiqod, ichki ishonch) 7 aqidaga asoslanadi. Bular: 1) Allohga; 2) farishtalarga; 3) payg'ambarlarga; 4) Muqaddas kitoblarga; 5) oxiratga; 6) taqdirga; 7) o'lgandan keyin tirilishga ishonishdir.
Rivojlantiruvchi- Alloh taolo tarafidan o'zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg'ambarlar rasul deb ataladilar.
DAVLAT TA`LIM STANDARTI.
1. Alloh — dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va kelajakda yuz beradigan barcha voqea va hodi- salar, dunyoning tugashi va oxiratgacha Alloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo'ladi. Allohni hech kim bor qilgan emas, u o'zidan-o'zi bordir. Alloh birdir, yakkadir, yolg'izdir. Uning sherigi, tengdoshi, o'xshashi, o'g'li, qizi, ota- onasi, qarindoshi, er yoki xotini yo'q. U o'lmaydi, uxlamaydi. U biluvchidir, u bilmaydigan biror ish yo'q. U xohlovchidir, har ishga qodirdir, ko'ruvchidir, eshituvchidir, so'zlaguvchidir, ya'ni Qur'ondagi barcha oyatlar Allohnikidir. Alloh bo'ldirguvchidir, tarbiya qiluvchidir, to'g'rilik qiluvchidir. Allohda hech qanday ayb va kamchilik yo'qdir. Uning turadigan joyi, oldi, orqasi, o'ng yoki chapi, yuqori va pasti yo'q. U hamma yerda hozir. Alloh yemaydi, ichmaydi, kasal bo'lmaydir.
Farishtalar — Alloh taoloning nihoyatda itoatli hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko'ziga ko'rinmaydigan bandalaridir. Ular doimo Alloh taoloning buyurgan ishlarini bajaradilar, uning buyrug'idan aslo chiqmaydilar. Ularda erlik, xotinlik, yeyish-ichish, uxlash kabi xususiyatlar yo'q. Farishtalarning mashhurlari — Jabroil, Mikoil, Isrofil va Azroillardir. Ular o'zlari xohlasalargina insonlar ko'ziga har xil suratda ko'rinishlari mumkin.
Payg'ambarlar — Alloh taolo tarafidan bandalariga din hukmlarini o'rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, to'g'ri va itoatli bandadirlar. Ular Alloh taolo amridan chiqmaydilar, gunoh qilmaydilar. Ular odam bolalaridan chiqadilar. Payg'ambarlar Alloh taolo tarafidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga yetkazadilar, bandalarni haq dinga va yaxshi ishlarga va'z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur'onda 28 payg'ambarning ismlari zikr etilgan. Payg'ambarlar 2 xilga bo'linadilar: a) rasullar; b) nabiylar.
Alloh taolo tarafidan o'zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg'ambarlar rasul deb ataladilar.
O'zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg'ambarlar esa nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo'lolmaydilar, rasullarning har biri, ayni paytda, nabiy ham hisoblanadilar. Barcha payg'ambarlardan 8 nafariga alohida kitob va shariat berilgan (Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Isova Muhammadga). Payg'ambarlarning oxiri va barchadan afzali Muhammad alayhissalomdir, undan keyin boshqa payg'ambar kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |