O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining quyidagi moddalarini asos qilib olamiz.
165-modda. Tovlamachilik
Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tovlamachilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa,
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tovlamachilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 194-modda. Topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni taqdirlash
Ashyoni topib olgan hamda uni olishga haqli bo‘lgan shaxsga qaytarib bergan shaxs ana shu shaxsdan, ashyo davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tgan hollarda esa — tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan ashyoni saqlash, topshirish yoki sotish bilan bog‘liq xarajatlarni, shuningdek ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxsni topish uchun ketgan xarajatlarni undirish huquqiga ega.
Ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli bo‘lgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining yigirma foiziga qadar miqdorida mukofot talab qilishga haqlidir.
Basharti, topib olingan hujjatlar yoki o‘zga ashyolar ularni olishga haqli bo‘lgan shaxsning o‘zi uchungina qimmatga ega bo‘lsa, mukofot miqdori shu shaxs bilan kelishuv asosida, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa — sud orqali belgilanadi. Topilgan ashyoni qaytarib berishni talab qilishga haqli bo‘lgan shaxs topilma uchun ko‘pchilik o‘rtasida mukofot va’da qilgan bo‘lsa, u ko‘pchilik o‘rtasida va’da qilingan mukofotni o‘sha shartlarga muvofiq to‘laydi.
Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilma haqida xabar qilmagan bo‘lsa yoki uni yashirishga uringan bo‘lsa, mukofot olish huquqi vujudga kelmaydi.
11-Vaziyat.
Mashina boshqaruvini uddalay olmagan fuqaro M. yo‘l chetiga chiqib ketdi va u yerda turgan fuqaro K. ning avtomobiliga shikast yetkazdi.Sudya fuqaro K. ga o‘zi aybdor ekanligini, uning mashinasi taqiqlangan joyda turganligini tushuntirib, K. dan arizasini qabul qilishni rad etdi.Bunda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining quyidagi moddalarini asos qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |